Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1788-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1788-5, 03.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16-son, 300-V-son qarori (roʻyxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 19-bandidagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha boʻlimiga (shuʼbasiga)” degan soʻzlar “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-sentabr,
2017-49-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-sentabr,
23/10-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 10/17/1788-4/0025-son)