OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISh AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 320-5]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1997-yil 31-martda (roʻyxat raqami 320, 1997-yil 2-aprel) tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-mart,
2019-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1.2-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.”.
2. 2.9-bandning toʻqqizinchi xatboshisidan, 2.13-bandning oʻninchi xatboshisidan, 2.16-bandning oʻninchi xatboshisidan “va muhrini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 3.1 va 3.2-bandlardagi “Markazning” degan soʻz “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 3.7-bandi oltinchi xatboshisidagi rus tilidagi matnida “Sentra” degan soʻz “registriruyuщego organa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 4.5-banddan “va muhr bilan tasdiqlanadi (yuridik shaxslar uchun)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 5.2-banddagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 5.4-banddagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)