30.03.2019 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori hamda mamlakatimizda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan tadbirlar o‘tkazishning g‘oyaviy-badiiy saviyasini, ta’sirchanligini kuchaytirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr rejissyorlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining Madaniyat vazirligi muassisligidagi “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi negizida “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasini (keyingi o‘rinlarda teatr-studiya deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar teatr-studiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi va ta’sirchanligini kuchaytirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr ijodkorlarini amaliy tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr san’ati sohasida malakali yosh rejissyorlar, aktyorlar, dramaturglar, notiqlik san’ati bo‘yicha mutaxassislarni izlab topish va ularning mahoratini oshirish maqsadida professional truppa hamda havaskorlik jamoasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktyorlik san’ati va rejissyorlik bo‘yicha teatr va san’at muassasalarining ijodiy xodimlari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari uchun amaliyot kurslari (ijodiy ustaxona) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi teatrlarning yosh iste’dodli aktyorlari va boshqa ijodiy xodimlari uchun doimiy ravishda trening, mahorat darslari, teatr san’ati bilan bog‘liq o‘quv-tajriba mashg‘ulotlari hamda maxsus loyiha bo‘yicha tajriba spektakllari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyati, festival, ko‘rik-tanlov, teatrlashtirilgan shoular, ma’ruzalar, madaniyat, san’at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi shtatlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar teatr-studiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyaning spektakl, tomoshalar namoyishi va gastrol faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, teatr-studiyaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar uning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, teatr-studiya “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatr-studiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, Markaz-1 mavzesi, 9-uy manzilida joylashgan binoning bir qismini (248 kv.m.) teatr-studiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda mazkur obyektni belgilangan tartibda topshirsin, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda undan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda teatr-studiyaning yangi tahrirdagi ustavining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarining tajriba-amaliyot darslarini teatr-studiyada tashkil etish hamda teatr-studiyada tahsil olayotgan iqtidorli yosh rejissyor va aktyorlarning Toshkent shahrida yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli yotoqxonalarda zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 20-fevraldagi 43-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 8-9-son, 80-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHTATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tarkibiy bo‘linmalar va lavozimlarning nomi

Shtat birligining soni

Ma’muriy boshqaruv xodimlari

1.

Direktor

1

2.

Bosh muhandis

1

3.

Bosh hisobchi

1

Badiiy boshqaruv xodimlari

4.

Badiiy rahbar

1

5.

Truppa rahbari

1

Badiiy xodimlar

6.

Sahnalashtiruvchi rejissyor

2

7.

Rassom

1

8.

Ovoz rejissyori

1

9.

Libos (kostyum) bo‘yicha rassom

1

Ijodiy xodimlar

10.

Drama artistlari

20

Mutaxassislar

11.

Yuriskonsult

0,5

12.

Kadrlar bo‘yicha inspektor

0,5

13.

O‘qituvchi

10

Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

14.

Ishlab chiqarish va xizmat xonalari farroshi

*

15.

Qorovul (oxrannik)

*

16.

Yuk avtomashinasi haydovchisi

*

17.

Yengil avtomashina haydovchisi

*

18.

Avtobus haydovchisi

*

19.

Chiroq ustasi

1

20.

Butafor

1

21.

Sahna mashinisti

3

22.

Pardoz ustasi (grimer-postijer)

1

23.

Liboschi (kostyumer)

1

24.

Kiyim bichuvchi (zakroyshik)

1

25.

Ish yurituvchi (deloproizvoditel)

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Binolarning ichki qismi, shu jumladan ishlab chiqarish va xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.m tozalash maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr-studiyani kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi lavozimi mavjud bo‘lgan foydalanilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorining 1-ilovasidagi “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi” so‘zlari “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda) rus tili matnidagi 2-ilovasida “Teatra-studii “Diydor” rejisserskogo i akterskogo masterstva” so‘zlari “Gosudarstvennogo uchrejdeniya “Molodejnogo eksperimentalnogo teatra-studii “Diydor”” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/266/2859-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)