Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2019 20.02.2012 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DIYDOR” REJISSYORLIK VA AKTYORLIK MAHORATI TEATR-STUDIYASI” DAVLAT MUASSASASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-sonli ““Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda teatr sanʼatini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar oʻtkazishning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, taʼsirchanligini kuchaytirish, ijodiy faoliyatda ishtiyoq va isteʼdodga ega boʻlgan yoshlarni roʻyobga chiqarish, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori isteʼdodli teatr rejissorlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tizimidagi “Diydor” teatr-studiyasi davlat korxonasi negizida “Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda “teatr-studiya” deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar teatr-studiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy, badiiy-estetik ruhiyatini yuksaltirish, tafakkurini boyitish, mustahkamlash, ularning sanʼatga boʻlgan muhabbatini kuchaytirish, oʻzbek milliy teatr sanʼati tarixiy asoslari va yutuqlarini yoshlar qalbiga chuqur singdirish, jahon andozalari asosida zamonaviy, malakali taʼlim-tarbiya berish, respublikamizda madaniy-maʼrifiy, ijodiy-badiiy sohalarda erishilayotgan yutuqlarni teatr sanʼati orqali targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr, teatrlashtirilgan ommaviy tadbir rejissorlari va aktyorlarining yangi avlodini voyaga yetkazish, ularni kashf etish hamda maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, sohadagi ilgʻor uslublarni milliy ruh bilan uygʻunlashtirilgan holda teatr sanʼatiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, gastrollar, koʻrik-tanlovlar, taniqli sanʼatkorlar bilan uchrashuv va anjumanlar, rejissor va aktyorlar uchun mahorat darslari va teatr sanʼatidan saboq beruvchi oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish, jahon madaniyati va sanʼatining yorqin namunalari bilan tanishtirish orqali ularni barkamol insonlar boʻlib kamol topishlariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda teatr-studiyasining shtatlar jadvalini “Diydor” teatr-studiyasiga ajratilgan shtat birliklari va mablagʻlari doirasida qayta ishlab chiqishni va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyaning ustavini ishlab chiqishni hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va malakali mutaxassislar bilan taʼminlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti talabalarining tajriba-amaliyot darslarini teatr-studiyada tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-studiyada tahsil olayotgan iqtidorli yosh rejissor va aktyorlarning Toshkent shahrida yashashlari uchun vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar yotoqxonalarida zarur shart-sharoitlar yaratishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Teatr-studiyasi “Diydor” teatr-studiyasi” davlat korxonasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi teatr-studiyani Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan hamda xoʻjalik hisobidagi faoliyat tushumlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 80-modda)