Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)” 2014-yil 16-apreldagi OʻRQ-366-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-son qonunlari)
(Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)” 2014-yil 16-apreldagi OʻRQ-366-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-son qonunlari)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “Fuqarolar yigʻinining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)” 2014-yil 16-apreldagi OʻRQ-366-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-sentabr,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-sentabrdagi 261-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilayotgan qoʻshimcha
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga quyidagi mazmundagi IV1 bob qoʻshilsin:
“IV1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar tayyorlash va kiritish tartibi
321. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan yoxud tashabbus tartibida taʼminlanadi.
322. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqiladi.
323. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ushbu loyiha qabul qilinishining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati;
milliy va xorijiy tajribaning tahlili;
moliyalashtirish hajmi va manbalari boʻyicha zarur hisob-kitoblar;
tashkil etilayotgan organning asosiy vazifalari, funksiyalari, faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslari (tuzilmasi, xodimlarining, shu jumladan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni), tugatilayotgan organning funksiyalarini qayta taqsimlash va boshqa masalalar boʻyicha tahliliy materiallar.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasini kelishish va kiritish, shuningdek uni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish ushbu Reglament talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
324. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi taklif, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqiladi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullangan taqdirda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritiladi.
325. Taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 479-modda)