1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish boʻyicha onlayn-maydoncha ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olgan chet ellik yuqori malakali va malakali mutaxassislar daromadlaridan toʻlanadigan soliqlar summalari boʻyicha muntazam kameral nazorat olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar daromadlaridan toʻlanadigan soliq summasining tegishli toifadagi mutaxassislar uchun belgilangan ish haqiga (mukofotga) muvofiq emasligi aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish zarurati haqida yozma murojaatlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun kulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandiga muvofiq biror-bir ruxsat berish tartib-taomilidan oʻtmagan xolda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida keladigan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olgach, ularga kirish vizalarini berish hamda uzaytirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek, chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalarni berish (uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi iltimosnomalariga koʻra. turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha boʻlgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar taʼsischilariga uch oygacha boʻlgan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arboblariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassis — roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro tan olingan 1000 oliy taʼlim muassasalari reytingiga kiradigan oliy taʼlim muassasasini bitirgan, talab qilingan mutaxassislik yoki diplomidagi mutaxassislik boʻyicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi boʻlib, uni Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 60 ming AQSH dollari ekvivalentidagi summadan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi (mukofot puli) olishni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mutaxassis — oliy maʼlumotga, talab qilingan mutaxassislik yoxud diplomidagi mutaxassislik boʻyicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi boʻlib, uni Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 30 ming AQSH dollari ekvivalentidagi summadan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi (mukofot puli) olishni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib boradigan yuridik shaxs yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet ellik jismoniy shaxs, shu jumladan uning qonuniy vakili ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma — ish beruvchiga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish huquqini beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqnoma — chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandosh — Oʻzbekistonda tugʻilib, xorijga chiqib ketgan va xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan, Vataniga maʼnaviy va madaniy daxldorlik tuygʻusini saqlab qolgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan doʻstona madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishga intiladigan shaxs, shuningdek, etnik va til boʻyicha mansubligiga koʻra xamda madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbek yoki qoraqalpoq deb hisoblaydigan va Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqani qoʻllab-quvvatlashni istaydigan xorijda yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini ruxsatnoma olmay jalb qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni, shuningdek, Prezident maktablari, oliy taʼlim muassasalarida ishlash uchun oʻqituvchilar va mutaxassislarni jalb etishda ish beruvchining ruxsatnoma olishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnoma ish beruvchiga unda koʻrsatilgan son va mutaxassisliklar (lavozimlar) uchun bir yil muddatga beriladi. Bunda ish beruvchi tomonidan soʻralayotgan chet el fuqarolarining soni va mutaxassisligi (lavozimlari) uning ishchi kuchiga boʻlgan amaldagi ehtiyojiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasdiqnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma va tasdiqnoma berish tartib-taomilini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashki mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududiy mehnat organlari tasdiqnomalar berish uchun oʻz xulosalarini Agentlikka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmatlari markazlari, Agentlik hamda hududiy mehnat organlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) albatta qoʻllagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik vositasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik ish beruvchilarga ruxsatnomalarni va chet el fuqarolariga tasdiqnomalarni ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha beradi (uzaytiradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar olish uchun ish beruvchilarning taqdim etilgan hujjatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va ular boʻyicha xolis qaror qabul qilishni taʼminlash maqsadida Agentlik rahbarining buyrugʻi bilan Agentlik xodimlari orasidan 7 kishidan koʻp boʻlmagan tarkibda komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalarni berish (uzaytirish) yoki berishni (uzaytirishni) rad etish toʻgʻrisidagi qaror komissiya tomonidan uning aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va komissiya majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsatnomalarni berish (uzaytirish) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda ruxsatnoma olish uchun ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) yoki xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun onlayn-maydonchada (keyingi oʻrinlarda onlayn-maydoncha deb ataladi) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ish beruvchi nomidan, YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat etilganda esa ish beruvchining oʻzi arizani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ish beruvchi — jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari pasportining nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchidan mazkur bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish beruvchi arizani toʻldirib, unga zarur hujjatlarni ilova qilgach, oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP va onlayn-maydoncha ish beruvchilarni ruxsatnoma olish uchun ERI boʻlishi shartligi haqida oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari ish beruvchilar joyning oʻzida ERI olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlashi shart.

14. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summalari quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy xisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Agentlikning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish beruvchilarda ERIning yoʻqligi yoki uni olishdan bosh tortish, arizada ishonchsiz maʼlumotlarni koʻrsatish, shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimni toʻlamaslik arizani qabul qilishni rad etish uchun asoslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish beruvchi oʻz arizasi koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda uni qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza ish beruvchi tomonidan qaytarib olinsa, ariza koʻrib chiqilmaydi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat ichida arizani Agentlikka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat etilganda ariza avtomatik tarzda Agentlikka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan soʻralayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga YIDXP yeki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin bir soat ichida ushbu qarorni ish beruvchiga unga oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada ishonchsiz maʼlumotlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan soʻralayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari mehnat shartnomasi boʻyicha ishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar va tasdiqnomalar olmay qabul qilingan holatlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ish beruvchi ruxsatnoma berish toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin besh ish kuni ichida ruxsatnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summalari quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Agentlik bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan keyin besh ish kuni ichida ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlanmasa, ish beruvchi ruxsatnoma berish uchun umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlangandan keyin bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunda uni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelgandan keyin bir soat ichida ruxsatnomani unga oʻz muhrini qoʻygan holda ish beruvchiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — yuridik shaxs tugatilsa — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilganda ~ qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, yangi yuzaga kelgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda aynan bitta harakat va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat boʻlganda, uning qayta tuzilishi, shuningdek, qoʻshilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs — ish beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs — ish beruvchi vafot etsa, belgilangan tartibda mehnat layoqati cheklansa, mehnatga layoqatsiz deb topilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining ish beruvchilarga berilgan koʻrsatmalarida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar ish beruvchi tomonidan sud belgilagan muddatda bartaraf etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnoma olish uchun belgilangan tartibda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan yigirma ish kuni oldin murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tasdiqnomalarni berish (uzaytirish) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ish beruvchi tasdiqnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tasdiqnomani elektron shaklda olish uchun YIDXP yoki onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ish beruvchi nomidan, YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat etilganda esa ish beruvchining oʻzi arizani ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga elektron shakldagi hujjatlar ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilardan mazkur bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maʼlumotlar rasmiylashtirilib, arizaga kiritilgach, shuningdek, zarur hujjatlar ilova qilingandan soʻng ish beruvchi arizani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP va onlayn-maydoncha ish beruvchilarni tasdiqnoma olish uchun ERI boʻlishi shartligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari ish beruvchilar joyning oʻzida ERI olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summalari quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Agentlikning bank xisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ish beruvchilarda ERIning yoʻqligi yoki uni olishdan bosh tortish, arizada ishonchsiz maʼlumotlarni koʻrsatish, shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlamaslik arizani qabul qilishni rad etish uchun asoslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ish beruvchi oʻz arizasi koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda uni qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza ish beruvchi tomonidan qaytarib olinsa, ariza koʻrib chiqilmaydi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat ichida uni Agentlikka hamda tegishli hududiy mehnat organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat etilganda ariza avtomatik tarzda Agentlikka xamda tegishli hududiy mehnat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hududiy mehnat organi ariza kelgan kundan boshlab besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh ish joylari uchun mahalliy ishchi kuchi borligini hisobga olib, chet el fuqarolarini jalb qilish maqsadga muvofiqligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali Agentlikka chet el fuqarolarini jalb qilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan jalb qilinayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga YIDXP yeki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat xizmatlari markazi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin bir soat ichida ushbu qarorni ish beruvchiga unga oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada ishonchsiz maʼlumotlarni koʻrsatish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududiy mehnat organining chet el fuqarolarini jalb qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilinayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) ishchi kuchiga ish beruvchining ehtiyojiga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilinayotgan chet el fuqarolari mehnat shartnomasi boʻyicha ishga belgilangan tartibda tasdiqnomalar olmay qabul qilingan holatlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnoma berishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ish beruvchi tasdiqnoma berish toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin besh ish kuni ichida tasdiqnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim toʻlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida.
(38-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnoma berish uchun yigim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnoma berish uchun yigʻimlar summalari quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Agentlikning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tasdiqnoma berish toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan keyin besh ish kuni ichida tasdiqnoma berish uchun yigʻim toʻlanmasa, ish beruvchi tasdiqnoma berish uchun umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agentlik tasdiqnoma berish uchun yigʻim toʻlangandan keyin bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnomani rasmiylashtiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agentlik tasdiqnoma rasmiylashtirilgan kunda uni YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin bir soat ichida ushbu qarorni ish beruvchiga unga oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tasdiqnomaning amal qilishi quyidagi xollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi tasdiqnomaning amal qilish muddatini toʻxtatish haqida ariza bilan murojaat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — yuridik shaxs tugatilsa — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilganda — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, yangi yuzaga kelgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda aynan bitta harakat va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat boʻlganda, uning qayta tuzilishi, shuningdek, qoʻshilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs — ish beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs — ish beruvchi vafot etsa, belgilangan tartibda mehnat layoqati cheklansa, mehnatga layoqatsiz deb topilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining chet el fuqarolariga berilgan koʻrsatmalarida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar chet el fuqarolari tomonidan sud belgilagan muddatda bartaraf etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tasdiqnoma berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqnomaning amal qilish muddati tugagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tasdiqnomaning amal qilish muddati uni olish uchun belgilangan tartibda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi tasdiqnomaning amal qilish muddati tugashidan yigirma ish kuni oldin murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ish beruvchilarga tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun mehnat shartnomalari amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Bunda yuqori malakali va malakali mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrindoshlik boʻyicha ishlash uchun tasdiqnoma olmay oʻrindoshlik asosida ishlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa chet el fuqarolari uchun tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ish beruvchilar chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilinsa, uch ish kuni ichida Agentlikka majburiy tartibda ishdan boʻshash toʻgʻrisidagi buyruqlar nusxasini taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ruxsatnomalar va tasdiqnomalar dublikatlarini qayta rasmiylashtirish va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalarni qayta rasmiylashtirish quyidagi jihatlar hisobga olingan holda, ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizaga ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgartirilganini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi, bunda boshqa hujjat va maʼlumotlarni ilova qilish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani Agentlik tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma berish uchun yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil etadi.
(46-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar dublikatlari quyidagi jihatlar hisobga olingan holda, ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar olish uchun belgilangan tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish toʻgʻrisidagi arizaga biror-bir hujjat yoki maʼlumotlarni ilova qilish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish toʻgʻrisidagi arizani Agentlik tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil etadi.
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani berish, shuningdek, ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yigʻimlar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Agentlikning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mehnat organlarining xorijdan ishchi kuchini jalb qilishni tartibga solish va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mehnat organlari ichki mehnat bozorini himoya qilish maqsadida ish beruvchilarning ushbu Nizom talablarini bajarishi yuzasidan monitoring olib boradi, shuningdek, tarmoq va hududiy real ehtiyojlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan chet el fuqarolari sonini tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat mehnat inspeksiyasi deb ataladi) va uning hududiy boʻlinmalarining inspektorlari tomonidan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar, shu jumladan Agentlik axboroti, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari mavjud boʻlganda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari inspektorlari chet el fuqarolarini ishga joylashtirish qonuniyligini va mehnat qilish sharoitlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari inspektorlari nazoratni tashkil etish uchun Agentlik tomonidan ish beruvchilar toʻgʻrisida, shuningdek, Agentlik beradigan ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar borligi hamda ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi haqida taqdim etgan maʼlumotlarni toʻplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar taqdim etilgan ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar shartlariga, shuningdek, mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda ushbu Nizom talablariga rioya etishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori talablariga chet el fuqarolarining kasb va malakasi mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tekshiruvlar natijalari haqida Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlariga, keyinchalik esa Agentlikka axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari joylarga chiqqan holda, ish beruvchilar faoliyatini tekshirishga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yuqori malakali va malakali mutaxassislar daromadlaridan toʻlanadigan soliqlar summalarini har chorakda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda taqqoslash dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ish beruvchilar va (yoki) chet el fuqarolari taqdim etilgan ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar shartlarini, ushbu Nizom talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzganligi aniqlansa, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida mehnat organlari tomonidan tegishli koʻrsatmalar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmalarda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddatlari, ularni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqt koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar amal qilishi mehnat organlari tomonidan ish beruvchilar va (yoki) chet el fuqarolariga berilgan koʻrsatmalarda koʻrsatilgan muddatlarda aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilmagan hollarda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Davlat xizmatlari markazlari, Agentlik hamda hududiy mehnat organlari oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida ish beruvchilar va chet el fuqarolari toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar olgan ish beruvchilar va (yoki) chet el fuqarolarining arxiv ishlari bir yil davomida saqlanadi. Bunda ushbu davr ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalarning amal qilish muddati tugagan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ish beruvchilar va chet el fuqarolari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ish beruvchi
1. Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP yoxud onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi.
1. Xohishga koʻra
2. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlaydi.
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Agentlikka ariza yuboradi.
1. 1 soat davomida
2. YIDXP yoki onlayn-maydoncha
2. Avtomatik ravishda
3-bosqich
Agentlik
1. Ish beruvchi tomonidan soʻralayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi;
15 ish kuni ichida (ariza tushgan kundan)
2. Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat etilganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish uchun yigim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi.
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar kelgandan keyin ushbu qarorni ish beruvchiga unga oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
1 soat davomida
5-bosqich
Ish beruvchi
Ijobiy xabarnoma kelgandan soʻng ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlaydi.
5 ish kuni davomida
6-bosqich
Agentlik
1. Ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlangandan keyin ruxsatnomani rasmiylashtiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
1 ish kuni davomida
2. Ruxsatnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali yuboradi.
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ish beruvchiga ruxsatnomani oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
1 soat davomida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomalarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ish beruvchi
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP yoxud onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi.
1. Xohishga koʻra
2. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlaydi.
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Agentlik hamda tegishli hududiy mehnat organiga ariza yuboradi
1. 1 soat davomida
2. YIDXP yoki onlayn-maydoncha
2. Avtomatik ravishda
3-bosqich
Hududiy mehnat organi
1. Ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi borligini hisobga olib, chet el fuqarolarini jalb qilish maqsadga muvofiqligini oʻrganadi.
5 kun davomida (ariza tushgan kundan)
2. Agentlikka YIDXP yoki onlayn* maydoncha orqali chet el fuqarolarini jalb qilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron shaklda xulosa yuboradi.
4-bosqich
Agentlik
1. Ish beruvchi tomonidan jalb qilinayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga mos kelishini oʻrganadi.
15 ish kun davomida (ariza tushgan kundan)
2. Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat etilganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, tasdiqnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tasdiqnoma berish uchun yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi.
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan keyin ushbu qarorni ish beruvchiga unga oʻz muhrini qoʻygan holda beradi.
1 soat davomida
6-bosqich
Ish beruvchi
Ijobiy xabarnoma kelgandan soʻng tasdiqnoma berish uchun xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim toʻlaydi.
5 ish kuni davomida
7-bosqich
Agentlik
1. Tasdiqnoma berish uchun yigim toʻlangandan keyin ruxsatnomani rasmiylashtiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
1 ish kuni davomida
2. Tasdiqnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali yuboradi.
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Tasdiqnomani unga oʻz muhrini qoʻygan holda ish beruvchiga beradi.
1 soat davomida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________ (sana)
______________________ (raqam)
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma olish uchun ariza I. Ish beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida axborot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR:
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
I. Ish beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida axborot:
1. Toʻliq nomi;
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. Asosiy faoliyat turlari:
4. Shtat jadvaliga koʻra xodimlar umumiy soni, shundan chet ellik xodimlar soni
5. STIR:
6. MFO:
7. Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi:
8. Bank hisobraqami:
9. Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi:
10. Joylashgan joyi (pochta manzilga), shu jumladan ishlab chiqarish, filial va boshqalar manzillari:
11. Telefon raqamlari, shu jumladan tashkilot rahbarining raqami:
12. Elektron pochta manzili:
II. Soʻralayotgan chet el fuqarolarining soni va mutaxassisliklari toʻgʻrisida axborot:
1. Soʻralayotgan chet el fuqarolarining cheklangan soni:
2. Soʻralayotgan chet el fuqarolarining mutaxassisligi (lavozimlari):
Ish beruvchining ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashki mehnat migratsiyasi agentligi
Agency for external labour migration under the Ministry of employment and labour relations o f the Republic of Uzbekistan
Xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun
RUXSATNOMA
LICENSE
___son
20___yil “___ ”_______
Ish beruvchi__________________________________________________________________________________ (yuridik shaxs uchun: nomi, manzili; jismoniy shaxs uchun: F.I.O, pasport maʼlumotlari, uy manzili)
Berilgan muddati ________________________________________dan _______________________________gacha
Date of issue
(sana, oy. yil)
(sana, oy. yil)
Jalb qilinadigan chet el fuqarolarining cheklangan soni ____________________________________________, The maximum number of attracted foreigners
shundan quyidagi kasblar boʻyicha: ____________________________________________________________________________________________
by profession
Agentlik ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________ (sana)
______________________ (raqami)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish uchun ariza I. Ish beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida axborot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR:
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
I. Ish beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida axborot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. Asosiy faoliyat turlari:
4. Shtat jadvaliga koʻra xodimlar umumiy soni, shundan chet ellik xodimlar
5. STIR:
6. MFO:
7. Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi:
8. Bank hisobraqami:
9. Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi:
10. Joylashgan joyi (pochta manzili), shu jumladan ishlab chiqarish, filial va boshqalar manzillari:
11. Telefon raqamlari, shu jumladan tashkilot rahbarining raqami:
12. Elektron pochta manzili:
II. Jalb qilinadigan chet el fuqarolari toʻgʻrisida axborot:
1. Chet el fuqarosining F.I.O.:
2. Tugʻilgan yili:
3. Fuqaroligi:
4. Pasport seriyasi va raqami:
5. Maqomi:
6. Mehnat shartnomasi amal qilish muddati:
Ish beruvchining ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish uchun arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet el fuqarosining ushbu Roʻyxatga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
5. Chet ellik xodimni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;
6. Rahbarning ushbu Roʻyxatga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha majburiyatlari;
7. Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalari tomonidan OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;
8. Chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar **.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hujjat viza rejimi oʻrnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari bor boʻlsagina taqdim etiladi. Bunda kirish vizalarining faqat quyidagi turlarini qabul qilishga yoʻl quyiladi: “E “ mehnat vizasi, “V-1 “ va “V-2 “ ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turpdagi vizalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Hujjatlar yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislar maqomini olish zarurati boʻlgandagina taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish uchun arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxatiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosining SOʻROVNOMASI
1. F.I.O. (pasport boʻyicha);
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. Tugʻilgan joyi va Yili:
4. Fuqaroligi:
5. Jinsi (erkak/ayol):
6. Maʼlumoti, mutaxassisligi:
7. Bildirilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik boʻyicha ish tajribasi:
8. Oxirgi ish joyi (tashkilot nomi, lavozimi):
9. Ish beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (tashkilot nomi, faoliyat turi):
10. Taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi:
11. Taxmin qilingan lavozim:
12. Oʻzbekiston Respublikasida avval boʻlganligi haqida maʼlumot:
13. Viza raqami va turi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtish muddatlari (bor boʻlsa):
14. Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili:
15. Telefon raqami:
16. Elektron pochta manzili:
Ish beruvchining ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish uchun arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxatiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAJBURIYAT
Men, _____________________________________________________________________________, ish beruvchi
(tashkilot nomi)
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishib chiqdim va quyidagilarni oʻz zimmamga olaman: a) vizasining muddati tugagan yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida 3 kundan ortiq muddat davomida roʻyxatdan oʻtmagan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari uchun tasdiqnoma olish uchun hujjatlar taqdim etmaslik; b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomaga ega boʻlmagan chet el fuqarolarini ishga olmaslik; v) chet el fuqarosi nomiga boshqa ish yurituvchiga berilgan tasdiqnoma asosida chet el fuqarosini ishga olmaslik, malakali va yuqori malakali mutaxassislar oʻrindoshlik boʻyicha ishga qabul qilinadigan hollar bundan mustasno; g) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini bir hafta muddatda tasdiqnoma muddati tugashidan oldin ishdan boʻshatilgan chet el fuqarolari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish va bunday tasdiqnomalarni bekor qilish uchun hujjatlar taqdim etish; d) vakolatli organlarga yolgʻon axborot taqdim etmaslik; e) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etmaslik va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini bir hafta muddatda chet el fuqarolari tomonidan huquqbuzarliklar boʻlgani, ularga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlik toʻgʻrisida xabardor qilish; j) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda (tashkilot toʻgʻrisida qisqa maʼlumotlar, arizalar, soʻrovnomalar, pasport maʼlumotlari va hokazolarda) boʻlgan har qanday oʻzgarishlar haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini bir hafta muddatda xabardor qilish; z) berilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomaning amal qilish muddati tugagan boʻlsa yoxud tashkilot tugatilgan boʻlsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini bir hafta muddatda xabardor qilish. Men, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur majburiyat buzilgan taqdirda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomaning (tasdiqnoma) amal qilishi tugatilishi mumkinligi haqida ogohlantirildim.
Ish beruvchining ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik na mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashki mehnat migratsiyasi agentligi Agency for external labour migration under the Ministry of employment and labour relations of the Republic of Uzbekistan MEHNAT FAOLIYATI HUQUQINI BERADIGAN TASDIQNOMA CONFIRMATION FOR TNE EMPLOYMENT
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq fuqaro______________________________________________________________________
quyidagida ishlash huquqi berilmoqda: ___________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxs uchun — nomi va manzili, jismoniy shaxs uchun — FNO, pasport maʼlumotlari va manzili)
_____________________dan________________________ gacha
Chet el fuqarosining maqomi: __________________________________________________________________
(yuqori malakali, malakali mutaxassis, vatandosh, xodim)
Tasdiqnoma _____________________________________________sifatida koʻrsatilgan ish beruvchida kasbiy
faoliyat uchun haqiqiydir
(kasbi, lavozimi)
Berildi______________________
Agentlik ERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olgan jismoniy shaxslar — chet el fuqarolarining daromad soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni birgalikda taqqoslash DALOLATNOMASI
Jismoniy shaxslar daromad soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqqoslovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxsi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olgan jismoniy shaxslar — chet el fuqarolarining daromad soligʻi boʻyicha 20 yil “___” dagi 20___ yil “___” gacha boʻlgan davr uchun 20___yil “___” holatiga koʻra hisob-kitoblashi birgalikda taqqosladi.
Ushbu hujjat
varaqda tuzildi
T/r
Chet-el fuqarolari F.I.O.
STIR/ID
Malaka (yuqori malakali, /malakali)
Ruxsatnoma/ tasdiqnoma olishda taqdim etilgan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Soliq organidan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Farqlar (“+”; “-”)
Birgalikda taqqoslash natijalari
Hisob-kitoblarni birgalikda taqqoslash natijasida quyidagi farqlar aniqlandi:____________________________________________________________________
Soliq organining hisob-kitoblarni taqqoslovchi mansabdor shaxsi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi mehnat faoliyati toʻgʻrisida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tijorat tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2000-y., 8-son, 127-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda) 1-ilovaning 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y, 5 17-son, 199-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-yil, 44-son, 507-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHG, 2014-y., 11-son, 126-modda) 5-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda) ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; 08.01.2021-y., 09/21/5/0010-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)