25.02.2019 yildagi PQ-4210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, masʼul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini oʻz ichiga olgan tegishli maʼlumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qoʻllash boʻyicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda — Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirilsin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborotlar maʼlumot bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiisteʼmol qilishga undovchi usullarni qoʻllash taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti maʼmuriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni yigʻish uchun haqiqiy “mijoz” koʻrinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita obyektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy boʻlmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi va tavsiyaviy koʻrinishga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar Internet tarmogʻida quyidagilarni oʻz ichiga olgan “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalini yaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni oʻrganish va eʼlon qilish muddatlarini koʻrsatgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar indikatorlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasiga oid axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reytinglar yoʻnalishlari boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida toʻliq va aniq maʼlumotlar, shu jumladan statistik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reytinglar boʻyicha turli ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro reyting metodologiyasi boʻyicha onlayn oʻqitish resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangilash boʻyicha masʼul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida eʼlon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alohida reytinglar uchun masʼul boʻlgan tadqiqot institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va qonunchilik talablarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan tegishli reytinglar metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mayga qadar tegishli reytingda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishi tendensiyalari haqidagi maʼlumotlarni, baholanayotgan yoʻnalish boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborotlar maʼlumot bazasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralar xodimlarini baholash metodologiyasi bilan tanishtirish, ularda reytinglar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha seminar-treninglarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda xalqaro reytinglarni tuzuvchilar, shuningdek xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni oʻrnatish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadqiqot institutlariga hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda va grantlar, shu jumladan xorijiy grantlarni jalb etishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi oʻrnini, shu jumladan tadqiqot institutlarining maʼlumotlari va oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash boʻyicha har yili “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritalari” loyihalarini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning natijalari toʻgʻrisidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” tomonidan monitoringni oʻtkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, obyektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida oʻtkazilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4210-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xalqaro reyting nomi

Masʼul tadqiqot institutlari

1.

Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of economic freedom), tuzuvchi — Meros jamgʻarmasi (The Neritage foundation)

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

2.

Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global competitiveness index), tuzuvchi — Jahon iqtisodiy forumi (World economic forum)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

3.

Biznes yuritish (Doing business), tuzuvchi — Jahon banki (The World bank)

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi

4.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

5.

Huquq ustuvorligi indeksi (The Rule of law index)

Toshkent davlat yuridik universiteti

6.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption perceptions index), tuzuvchi — Transparency international

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi

7.

Inson kamoloti indeksi (Numan development index), tuzuvchi — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (United Nations Development Programme)

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi

8.

Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi (The Democracy index), tuzuvchi — The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

9.

Erkin matbuot indeksi (Worldwide press freedom index), tuzuvchi — “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti (Reporters Without Borders)

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

10.

Logistika samaradorligi indeksi (Logistics performance index), tuzuvchi — Jahon banki (The World bank)

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi

11.

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (The UN E-Government development index), tuzuvchi — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (The United Nations)

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi Inxa universiteti

12.

Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity Indicators), tuzuvchi — Jahon banki (The World bank)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi

13.

Sanoat raqobatbardoshligi indeksi (Global Manufacturing Competitiveness Index)

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi

14.

Investitsiyalarni tartibga solishning cheklanganligi indeksi (FDI Regulatory Restrictiveness Index), tuzuvchi — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development)

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

15.

Innovatsiyalar global indeksi (The Global Innovation Index), tuzuvchi — INSEAD xalqaro biznes-maktabi, Kornel universiteti (Cornell University), Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO)

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi

16.

Davlat boshqaruvi sifati (Governance Matters), tuzuvchi — Jahon banki (The World Bank)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

17.

Budjet ochiqligi (Open budget index), tuzuvchi — Xalqaro budjet hamkorligi (International budget partnership)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 07/19/4210/2666-son; 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son; 15.01.2021-y., 07/21/4951/0033-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)