20.02.2019 yildagi 148-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlarining sohaga oid boʻlmagan aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlarining sohaga oid boʻlmagan aktivlaridan, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan yanada samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarida maxsus tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2938-son qaroriga muvofiq “Shoʻrtan GKK” MChJ tomonidan Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarini (keyingi oʻrinlarda sogʻliqni saqlash muassasalari deb ataladi) qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari yakunlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qaroriga muvofiq “Shoʻrtan GKK” MChJ tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida “Qorabayir otchilik majmuasi” UK bazasida qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha majmua foydalanishga topshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-fevraldagi PQ-4194-son qaroriga muvofiq “Qorabayir otchilik majmuasi” qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha majmuani “Shoʻrtan GKK” MChJ tasarrufidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufiga oʻtkazish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning “Shoʻrtan GKK” MChJ tomonidan belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga balans qiymati boʻyicha bepul asosda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi “Qorabayir otchilik majmuasi” UK bazasidagi qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha majmuani “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ustav kapitalida davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga baholash qiymatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ikki oy muddatda tegishli ravishda ushbu bandda qayd etilgan sogʻliqni saqlash muassasalari va qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha majmua belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan berilayotgan sogʻliqni saqlash muassasalari va qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish boʻyicha majmuaning qiymati yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashda tomonlarning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi 2019-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga beriladigan sogʻliqni saqlash muassasalarini saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur mablagʻlar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab ularni saqlash xarajatlari uchun zarur budjet mablagʻlari har yili ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Shoʻrtan GKK” MChJning “Qurilish-montaj va taʼmirlash boshqarmasi” shuʼba korxonasi hamda uning subpudrat tashkilotlari — “Alrut Build” MChJ, “Porloq Taraqqiot Qurilish Servis” MChJ va “Qashqadaryo Maxsus Qurilish Dizayn” shuʼba korxonasi tomonidan Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida 2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha olib kelingan tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va mebel (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelingan tovarlar — tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va mebeldan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelingan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda bojxona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.N. Xasilov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-fevraldagi 148-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shoʻrtan GKK” MChJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga bepul asosda beriladigan Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Sogʻliqni saqlash muassasalarining nomi

Bajarilgan ishlar

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va tashkil etilgan oʻrin fondi

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali

1 ta yangi binoni qurish, mavjud 3 ta binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 120 ta.

2.

Akademik Y.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali

2 ta yangi binoni qurish, mavjud 6 ta binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Endokrinologiya kasalliklarni davolash.

Oʻrin fondi — 150 ta.

3.

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi

3 ta yangi binoni qurish, mavjud 1 ta binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Yuqumli kasalliklarni davolash.

Oʻrin fondi — 220 ta.

4.

Gʻuzor tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya boʻlimi

Tuman poliklinikasini kapital taʼmirlash, endokrinologiya boʻlimini tashkil etish.

Endokrinologiya kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 20 ta.

5.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya va kardiologiya boʻlimi

Tuman poliklinikasini kapital taʼmirlash, endokrinologiya va kardiologiya boʻlimlarini tashkil etish.

Endokrinologiya va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 40 ta.

6.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya va kardiologiya boʻlimi

Ikki qavatli yangi binoni qurish, endokrinologiya va kardiologiya boʻlimlarini tashkil etish.

Endokrinologiya va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 40 ta.

7.

Koson tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya boʻlimi

Tuman poliklinikasini kapital taʼmirlash, kardiologiya boʻlimini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 20 ta.

8.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya boʻlimi

Tuman poliklinikasini kapital taʼmirlash, kardiologiya boʻlimini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 20 ta.

9.

Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya boʻlimi

Tuman poliklinikasini kapital taʼmirlash, endokrinologiya boʻlimini tashkil etish

Endokrinologiya kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 20 ta.

10.

Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya boʻlimi

Ikki qavatli yangi binoni qurish, kardiologiya boʻlimini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

Oʻrin fondi — 20 ta.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 09/19/148/2644-son)