18.02.2019 yildagi PQ-4194-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini ommalashtirish uchun shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mazkur sport turi bo‘yicha yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etildi, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha majmualar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida Axaltaka zotli va sport otlarini yetishtirish va ko‘paytirish ot zavodini qurish, shuningdek, Toshkent shahrida “Markaziy ippodrom” aksiyadorlik jamiyatini Xalqaro ot sporti federatsiyasi talablarini inobatga olgan holda rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, respublikada yilqichilik va ot sportining yanada rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator hal etilmagan masalalar mavjud. Jumladan, ot sporti klublari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yaxlit tizimi mavjud emasligi o‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, iqtidorli chavandozlarni aniqlash va tanlab olish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnik baza va ot sporti infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan, ot sporti bilan shug‘ullanish va ushbu sport turini ommalashtirish uchun sport bazalari va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ot sporti bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalarda yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AJning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini (keyingi o‘rinlarda — bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha “Qorabayir otchilik majmuasi” UKni “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ tasarrufidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJ majmualarini, ular ta’minotini moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda va yillik xarajatlari ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Federatsiya) bilan majburiy kelishish sharti bilan, Federatsiya tarkibiga kiritish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri va Federatsiya bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda aniq yer uchastkalari va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari hududida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga topshirish uchun ularning ro‘yxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish istagini bildirgan salohiyatli tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy investorlarni (keyingi o‘rinlarda — tashabbuskorlar) aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yer uchastkalari va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini tashabbuskorlarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun, shu jumladan ularning bir qismida yoki alohida ajratilgan hududda bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab, qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarining qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini dastlabki mustahkamlash, jumladan, texnika, anjomlar va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport otlarini sotib olish bo‘yicha xarajatlar, shuningdek, bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini keyinchalik mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga muvofiq tashkil etilgan bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining balansiga o‘tkaziladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarining joriy faoliyatini tashkil etish (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal xizmatlar, sport otlariga ozuqa va dori-darmonlar sotib olish hamda boshqalar bo‘yicha xarajatlar) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari va sport yakka kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining ot sporti bo‘linmalari faoliyatini tashkiliy-metodik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Federatsiya bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AJning mazkur qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tashkil etilayotgan bolalar-o‘smirlar ot sporti maktabi hamda Farg‘ona shahar sport yakka kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining ot sporti bo‘linmasi o‘quvchilari keyinchalik bepul foydalanishlari uchun “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJning Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish majmualariga sport otlarini tegishlicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Kvarts” AJning mablag‘lari hisobidan sotib olish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda ot sporti klublarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga bepul foydalanish uchun zarur binolar va inshootlarni taqdim etish choralarini ko‘rsin, zarur hollarda mazkur bandni amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi Federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan xayriya yordami ko‘rinishidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Federatsiya:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini malakali mutaxassislar, zarur o‘quv-metodik adabiyotlar bilan jamlash, shuningdek, o‘quv-mashq jarayonini lozim darajada tashkil etish uchun o‘quv binolarini jihozlashning zarur chora-tadbirlarini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda 2019-yilda ot sporti bo‘yicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalarini o‘tkazish, shuningdek, keyinchalik Sport va jismoniy-ommaviy tadbirlar kalendar rejasiga kiritish uchun mazkur sport turi bo‘yicha xalqaro turnirlarda ishtirok etish rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmat ko‘rsatish tartibini, jumladan, mazkur xizmatlar hajmini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Markaziy ippodrom” AJning qurilish-montaj ishlarini yakunlash, shuningdek, keyinchalik ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatishi uchun moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Federatsiya bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ippoterapiya uslubi yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu qaror doirasida tashkil etiladigan bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari ta’minoti hamda ularni moddiy-texnik jihozlash, shu jumladan, sport otlarini parvarishlash uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi 2019-2020-yillarda Federatsiya ko‘magida ot sporti maktablari hamda klublarini tashkil etish va o‘z tasarrufida bo‘lganlarini takomillashtirish choralarini ko‘rsin, shuningdek, idoraviy mansub yilqichilik va sport bazalarini ularda yoshlarni ot sporti bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida barcha uchun ochiq bo‘lgan seksiyalar hamda to‘garaklarni tashkil etgan holda modernizatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar va mutaxassis-yilqichilar tayyorlash o‘quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirishni ta’minlasin, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3057-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi PQ-4194-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3057-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish majmuasi (“Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ)” blokidagi “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ” so‘zlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi” bloki bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish majmuasi (“Kvarts” AJ)” bloki bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 30 nafar.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2019-y., 07/19/4194/2635-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)