Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 18.02.2019 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, rasmiy tadbirlarni tarjima bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari matnlarini va boshqa hujjatlarni tarjima qilish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida Tarjimonlar byurosi (keyingi oʻrinlarda Tarjimonlar byurosi deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Tarjimonlar byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradigan davlat muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlari xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha boʻlinmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish boʻyicha koʻnikmalari rivojlantirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida ogʻzaki va yozma tarjima boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarjimonlar byurosiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar asosida ogʻzaki va yozma tarjima boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur holatlarda, mutaxassislarni, shu jumladan yuridik yoki boshqa tor ixtisoslik boʻyicha maxsus malakalar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar matnlarini tarjima qilish uchun, soha boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini Tarjimonlar byurosiga, mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Belgilansinki, Tarjimonlar byurosining boshqaruv xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparatida tegishli lavozimlar uchun belgilangan ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosiga ikkita yengil avtotransport vositasi uchun limit nazarda tutiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-shartnoma asosida tarjimonlik xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan kirimlar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlar, davlat va xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tarjimonlar byurosi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarjimonlar byurosi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tarjimonlar byurosi xodimlari ish haqini toʻlash va uning faoliyati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan mablagʻ ajratsin va kelgusi yillarda mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab eng katta boʻlgan xorijiy tillar boʻyicha mutaxassis tarjimonlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini, shuningdek, Tarjimonlar byurosi xodimlarini kasbiy rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarning dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda Tarjimonlar byurosini toʻldirish uchun mutaxassis-tarjimonlarni yuqori malakali gid-tarjimonlar, shu jumladan, yurisprudensiya, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi terminologiya boʻyicha bilimga ega mutaxassislar orasidan tanlov asosida ajratib olish tartibini ishlab chiqsin va tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-fevraldagi 140-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Bosh yuriskonsult

Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tillari boʻlimi

12

OAV bilan aloqalar va marketing boʻlimi

2

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari tillari boʻlimi

6

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

2

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

2

Sharqiy Osiyo mamlakatlari tillari boʻlimi

6

Ishlar boshqaruvchisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarning cheklangan umumiy soni — 35 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni — 6 nafar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-fevraldagi 140-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining (keyingi oʻrinlarda Tarjimonlar byurosi deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tarjimonlar byurosi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tarjimonlar byurosi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarjimonlar byurosining rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi, qisqartirilgani — Tarjimonlar byurosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Byuro perevodchikov pri Ministerstve inostrannix del Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Byuro perevodchikov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Bureau of Interpreters under the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Bureau of Interpreters.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tarjimonlar byurosi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga, milliy, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolanadigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha boʻyicha boshqa oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlarining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha boʻlinmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida ogʻzaki va yozma tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tarjimonlar byurosi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy tadbirlarni xorijiy tillarni, tarjima qilish texnikasi va nazariyasini erkin biladigan, yurisprudensiya, iqtisodiyot, tarix, din, madaniyat va boshqa sohalardagi terminologiya boʻyicha bilimga ega, shuningdek, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va amalga oshirilayotgan tashqi siyosatdan xabardor boʻlgan yuqori malakali tarjimonlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida sinxron va izchil ogʻzaki va yozma tarjimani taʼminlash boʻyicha doimiy tayyorlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilayotgan oliy va yuqori darajadagi xalqaro tadbirlar mavzusiga tarjimonlarni oldindan tayyorlash orqali talab katta boʻlgan xorijiy tillarga sifatli tarjimani taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosining texnik jihozlanganligini zamonaviy talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tizimli tahlil qilib boradi hamda sinxron tarjimani amalga oshirish uchun zarur kompyuter va dasturiy taʼminot, multimediya va audiouskunalar hamda boshqa texnik vositalar darajasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini taʼminlashga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat Rahbariyatining, vazirliklar va idoralarning chet el auditoriyasiga yoʻllanadigan murojaatnoma va nutqlarining sifatli tarjimasini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarining yozma tarjimasini amalga oshiradi, shuningdek, ular matnlarining autentligini belgilashda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga asosan, koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar matnlarining davlat tiliga yozma tarjimasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha boʻyicha boshqa oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha boʻyicha boshqa oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va oʻqituvchilari orasidan tarjimonlarni tayyorlash uchun oʻquv kurslari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va soha boʻyicha boshqa oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari va oʻqituvchilarini, ularning koʻnikmalarini oshirish maqsadida, xalqaro tadbirlarning tarjima jarayoniga jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalariga, boshqa manfaatdor muassasalarga ogʻzaki va yozma tarjima qilishning zamonaviy shakllari va usullarini amaliyotga joriy etish masalasida uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarni oʻqitishning interfaol vositalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlarining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha boʻlinmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tarjimonlar byurosi xodimlarining, ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarida ishlash uchun yuborilayotgan xodimlarning chet tillarni bilish koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tizimli asosdagi tadbirlar va oʻquv kurslarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy stajirovkaga yuborish, ogʻzaki va yozma tarjima qilish nazariyasi hamda texnikasi boʻyicha xorijlik ekspertlar ishtirokidagi master-klasslar, amaliy tilshunoslik sohasidagi ilgʻor taʼlim muassasalari bilan birgalikda malaka oshirish oʻquv kurslari va treninglarni oʻz ichiga olgan Tarjimonlar byurosi xodimlarini kasbiy rivojlantirish boʻyicha doimiy dasturni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash, ularning samarali ishi va doimiy asosda malakasini oshirish borasida qulay sharoitlar yaratish boʻyicha choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida ogʻzaki va yozma tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalarga asosan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga ogʻzaki va yozma tarjima boʻyicha keng koʻlamli pulli tarjimonlik xizmatlari koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning loyihalari asosida ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini davlat va xorijiy tillarga tarjima qilish, muzokaralar jarayonida tarjimani, bosma va media materiallarning tarjimasini hamda hujjatlarning sertifikatlangan tarjimasini taʼminlash, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlarini qonuniy rasmiylashtirish va hujjatlarni notarial tasdiqlash uchun tarjima (apostil) qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.
(7-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tarjimonlar byurosining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tarjimonlar byurosi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tarjimonlar byurosi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha treninglar va master-klasslar tashkil qilish uchun belgilangan tartibda yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy malakasini rivojlantirish, yangi tajriba va bilim olish maqsadida Tarjimonlar byurosi xodimlari uchun xorijiy stajirovkalar tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ilmiy xodimlari hamda mutaxassislarini shartnoma asosida Tarjimonlar byurosi faoliyatiga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha pulli asosda turli xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, Tarjimonlar byurosi faoliyatining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mol-mulk sotib olish;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tarjimonlar byurosi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tarjimonlar byurosini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosining direktori oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh boshqarma boshligʻiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tarjimonlar byurosining direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, Tarjimonlar byurosiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy va sifatli tarjimonlik xizmatlari koʻrsatish uchun yuqori malakali tilshunoslar va tarjimonlarni samarali jalb qilish maqsadida kadrlar siyosatini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga Tarjimonlar byurosi faoliyatining samaradorligini oshirish, shu jumladan, talab katta boʻlgan tillar roʻyxatiga va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmalari bilan samarali hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy davlatlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Tarjimonlar byurosi nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosining shtatlar jadvalini va uning taʼminoti boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning funksional vazifalarini va Tarjimonlar byurosining boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlarining malakasini va kasbiy darajasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, belgilangan tartibda ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi nomidan faoliyatni, shu jumladan xoʻjalik faoliyatini yuritadi, shartnomalar tuzadi, Tarjimonlar byurosi xodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga Tarjimonlar byurosining diplomatik xizmat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida xizmat vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan xodimlariga diplomatik darajalarni berish toʻgʻrisida hamda xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali chet ellarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Tarjimonlar byurosi direktori bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi direktorining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda, Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor oʻrinbosari oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor oʻrinbosari va xodimlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalari asosida faoliyat olib boradilar.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tarjimonlar byurosi xodimlari Tarjimonlar byurosi direktorining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim boshligʻi, bosh yuriskonsult va bosh buxgalter oʻz maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmasining boʻlim boshligʻiga, tarjimon — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining bosh mutaxassisiga, ularga nisbatan mehnatga haq toʻlashning, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirishning tegishli shartlarini qoʻllagan holda, tenglashtiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tarjimonlar byurosi xodimlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylik tartiboti va xizmat doirasida foydalaniladigan hujjatlarni, shuningdek, ularga Tarjimonlar byurosidagi faoliyati davomida maʼlum boʻlgan konfidensial xarakterdagi axborot va maʼlumotlarni oshkor etmaslik talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining ish yurituvidagi hujjatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, ularning toʻliq hajmda sifatli saqlanishini taʼminlash hamda xavfsizlik, shu jumladan yongʻinga qarshi tartibotga rioya qilish, Tarjimonlar byurosining mulkidan lozim darajada foydalanish va saqlashni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tarjimonlar byurosi tarjimani taʼminlaydigan boʻlimlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tarjimonlar byurosi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tarjimonlar byurosi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, pulli asosda tarjimonlik xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan kirimlar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tarjimonlar byurosi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlariga nisbatan davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mukofotlash, moddiy yordam va ustamalar sharoitlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlarining ish haqi rasmiy maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa toʻlovlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonlar byurosi xodimlarining maoshlariga mukofot pullari, ustamalar va moddiy ragʻbatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar Tarjimonlar byurosi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq toʻlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 28-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tarjimonlar byurosi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻziga tegishli boʻlgan butun mol-mulki bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tarjimonlar byurosini qayta tashkil qilish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 09/19/140/2630-son; 21.01.2021-y., 09/21/28/0057-son)