Qarshi nasos stansiyalari kaskadi ishonchliligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini mukammal tiklash-ta’mirlash (III Faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2977-son qarorida:
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “2018-yilning 1-martigacha” so‘zlari “2020-yilning 1-iyuligacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III Faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4170-son qarori 2-ilovasi 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.