1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 22-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda xalqaro shartnomalarning oʻz qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, tugatiladi va ularning amal qilishi toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimida
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahdlashuvchi tomon — xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qatʼi nazar, ushbu xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt (boshqa subyektlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlar — bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlish huquqi boʻlib, bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomani imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
denonsatsiya — Oʻzbekiston Respublikasining oʻzi tuzgan xalqaro shartnomani tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda rad etishi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish usullaridan biri;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.11 (Кучини йукотган) Depozitariy]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariy — xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi oʻziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon — xalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratifikatsiya yorligʻi — xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan rozilikni ifodalovchi maxsus hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilot — oʻzining taʼsis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti boʻlish huquqiga ega boʻlgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma ishtirokchisi — xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va oʻzi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan bir nechta hujjatdan iborat boʻlishidan, shuningdek oʻzining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash — xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega boʻlishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan boʻlsa, bildirish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish — xalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha shart — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish chogʻida qilingan har qanday taʼrifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti boʻlib, u orqali xalqaro shartnoma muayyan qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini oʻzgartirish istagi ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili va boshqa ahdlashuvchi tomonning tili Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga koʻra oʻzga til Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnomaning matni qaysi tilda tuzilgan boʻlsa, oʻsha til mazkur shartnomaning matnida koʻrsatilib, matnda uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 1-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyektlar bilan oʻzaro munosabatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyektlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va ularni tugatish masalalari boʻyicha oʻzaro munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari nomidan oʻz vakolatlari doirasida — idoralararo shartnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqidagi tashabbus taklifi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqidagi tashabbus taklifi bilan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga koʻra davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifi kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbus taklifiga quyidagi materiallar davlat tilida yoki zarur hollarda, boshqa tillarga tarjima qilingan holda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaning dastlabki loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matni yoxud ularning asosiy qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaning loyihasiga yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomaga qoʻshimcha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga mos boʻlgan tushuntirish xati.
LexUZ sharhi
Qarang: Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagiuslubiy koʻrsatmalarning 64-bandi(roʻyxat raqami 3273, 2020 yil 30iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalaga doir tushuntirish xati
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalaga doir tushuntirish xatida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligining va amaliy ahamiyatining asoslanishi, shu jumladan uning tuzilishidan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi batafsil axborot hamda xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solish talab etiladigan masalalar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi va (yoki) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, xalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarning yoki boshqa oqibatlarning baholanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirish xati xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu organ rahbari tomonidan (uning yoʻqligida — birinchi oʻrinbosari tomonidan) imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar darajasida ishlab chiqish xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan manfaatdor davlat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalarning 67-bandi (roʻyxat raqami 3273, 2020-yil 30-iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, ekspertlar darajasida ishlab chiqish davomida xalqaro shartnoma loyihasini tuzish va koʻrib chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilish uchun manfaatdor davlat organlarining vakillari, mutaxassislar hamda mustaqil ekspertlardan iborat boʻlgan idoralararo ishchi guruh tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar ikki yoki undan ortiq davlat organlarining vakolatiga kirsa, barcha takliflarni umumlashtirish, xalqaro shartnoma loyihasini maromiga yetkazish va uning davlat tilidagi yoki zarur boʻlgan hollarda, boshqa tildagi matnini tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan davlat organining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakunlariga koʻra xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza oʻtkazilganidan soʻng xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tomoni bilan xalqaro shartnoma loyihasining yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi toʻgʻrisidagi masalaning keyingi ishlab chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy qarori olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organining rahbari xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomaning loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matni ekspertlar darajasida ishlab chiqilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida majburiy huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza chogʻida xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik texnika talablariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini rasmiylashtirish amaliyotiga muvofiqligi tekshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilidagi yoki zarur hollarda, boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga mos boʻlgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi natijalari qiyosiy jadval tarzida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrib chiqilayotgan masala mavzusiga oid boshqa zarur materiallarni talab qilib olishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagiuslubiy koʻrsatmalarning 70, 78-bandlari(roʻyxat raqami 3273, 2020 yil 30iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining boshqa turdagi ekspertizasi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, lingvistik, shuningdek boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar darajasida ishlab chiqishda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlarning xulosalari tavsiya xususiyatiga ega boʻladi va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa turdagi ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa davlat organlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnoma tuzish haqidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa davlat organlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni yoki ularning asosiy qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga mos boʻlgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlarining xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Tashqi ishlar vazirligining oʻzlari oʻtkazgan huquqiy ekspertiza natijalariga doir xulosalari.
LexUZ sharhi
Qarang: Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagiuslubiy koʻrsatmalarning 73-bandi(roʻyxat raqami 3273, 2020 yil 30iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo shartnomalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnoma
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalarni imzolash vakolatlari ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagiuslubiy koʻrsatmalarning 10-bobi(roʻyxat raqami 3273, 2020 yil 30iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Vakolatlarni koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat rahbari sifatida xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi hamda xalqaro huquqqa va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi, vakolatlarini koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻz vazifalariga koʻra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasi boshligʻi xalqaro shartnoma matnini qabul qilish maqsadida diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki mazkur xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida vakolatlarini koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining rahbari oʻz vakolati doirasida vakolatlarini koʻrsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligi xalqaro shartnomani imzolash, notalar, xatlar yoki xalqaro shartnomani tashkil etuvchi boshqa hujjatlar almashish, xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish, unga qoʻshilish orqali yoki ahdlashuvchi tomonlar kelishib olgan boshqa har qanday usulda bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Qonun talablarini hisobga olgan va xalqaro shartnoma qoidalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish usulini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar boʻyicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari oʻzgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini talab etadigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi xalqaro shartnomalarni tuzish chogʻida muzokaralarda ishtirok etuvchi tomonlar kelgusida ularni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida kelishib olgan boʻlsa, oʻsha xalqaro shartnomalar xuddi shunday tarzda ratifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari boshqa xalqaro shartnomalarni ham ratifikatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar, shuningdek xalqaro kafolat shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun ahdlashuvchi tomonlar belgilaydigan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki, agar shartnoma boshqa davlat organlarining vakolatiga kiradigan masalalarga daxldor boʻlsa, ular bilan kelishilgan holda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ratifikatsiya yorligʻi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunga asosan ratifikatsiya yorligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorligʻining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlash uchun topshirish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorliqlarini almashish yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariyga topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yoxud uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni tasdiqlash va qabul qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari oʻtkazilishi nazarda tutiladigan xalqaro shartnomalarni tasdiqlash va qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan xalqaro shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo shartnomalarga nisbatan — oʻz nomidan bunday shartnomalar imzolangan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi shartnomalar ratifikatsiya qilinmasa va ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshirilsa, oʻsha shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning yoki uning qismining vaqtincha qoʻllanilishi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro shartnomada xalqaro shartnoma yoki xalqaro shartnomaning bir qismi u kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan vaqtincha qoʻllanilishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida bu haqda kelishuvga erishilgan boʻlsa, ushbu xalqaro shartnoma yoki uning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan vaqtincha qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qoʻllash toʻgʻrisidagi yoxud vaqtincha qoʻllashni tugatish haqidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq hamda xalqaro shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligi bildirilganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qoʻshimcha shartlar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarni imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki ularga qoʻshilish chogʻida shartnoma shartlariga va xalqaro huquq normalariga rioya etilgan holda qoʻshimcha shartlar qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qoʻshimcha shartlar qanday tartibda qoʻyilgan boʻlsa, xuddi shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga boshqa ahdlashuvchi tomon qoʻygan qoʻshimcha shartni qabul qilish yoki unga qarshi eʼtiroz bildirish xalqaro shartnomaning oʻzidagi shartlarga va xalqaro huquq normalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan organ (mansabdor shaxs) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining shartlariga hamda xalqaro huquqqa muvofiq ularning ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning xalqaro shartnomalar tuzishga oid qismidagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomalarning oʻzida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda yoki ularning ishtirokchilari oʻrtasida kelishib olingan boshqa tarzda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kuchga kirishi uchun ushbu shartnomalar shartlariga yoki xalqaro huquqqa muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligi bildirilishi zarur boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining bunday roziligi ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan usullarda ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini prolongatsiya qilish (muddatini uzaytirish)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining oʻzida belgilangan shartlarga muvofiq yoki ularning ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra prolongatsiya qilinishi (muddati uzaytirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini prolongatsiya qilish (muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasining ushbu xalqaro shartnomasini imzolash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan xalqaro shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida hamda boshqa manbalarda, shu jumladan tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari eʼlon qilinadigan rasmiy manbadir. Qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini eʼlon qilishning boshqa rasmiy manbalari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autentik matnlari chet tillarda tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat tilida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini xalqaro tashkilotlarda roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yoki u bilan kelishilgan holda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatdan oʻtkaziladigan idoralararo shartnomalarini tegishli xalqaro tashkilotlarda ushbu tashkilotlarning amaldagi qoidalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish bunday shartnomalar qaysi davlat organlarining nomidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri va ularning saqlanishi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va ularning elektron nusxalarini saqlashning yagona davlat tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari haqidagi, shu jumladan ularning rekvizitlarini va axborot-maʼlumotnoma tusidagi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasarrufida boʻladi va u Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish hamda ularning asl nusxalarini va depozitariy tomonidan rasman tasdiqlangan nusxalarini saqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilayotgan xalqaro shartnomalarning asl nusxalari (tasdiqlangan koʻchirma nusxalari, rasmiy tarjimalari) ular imzolangan (depozitariydan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari, rasmiy tarjimalari olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga saqlash uchun topshiriladi, ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalari esa, ular kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining asl nusxalari mazkur shartnomalar qaysi davlat organlari nomidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlat organlarida saqlanadi, ushbu shartnomalarning tasdiqlangan koʻchirma nusxalari esa, ular imzolangan (depozitariydan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari, rasmiy tarjimalari olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va boshqa manfaatdor davlat organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Depozitariy vazifalarini amalga oshirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.11 (Кучини йукотган) Depozitariy]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifalarini, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar Oʻzbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama idoralararo shartnomalari depozitariysining vazifalari, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar Oʻzbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, ushbu shartnomalar qaysi davlat organlarining nomidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro huquq normalariga muvofiq ogʻishmay va majburiy tarzda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatini qabul qilish zarur boʻlgan hollarda, manfaatdor davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi normalarini implementatsiya qilish masalalari boʻyicha tegishli hujjat qabul qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda takliflar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻradi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi uchun javobgarlik oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va mansabdor shaxslarni oʻz vakolatlari doirasida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan, Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli boʻlgan huquqlarga rioya etilishini taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining boshqa ishtirokchilari tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar ikki yoki undan ortiq davlat organlarining vakolatlariga kirsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirish oʻz zimmasiga yuklatiladigan davlat organini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda yozma shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olishning, inventarizatsiya qilishning va ularning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring qilishning elektron maʼlumotlar bazasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari har yili 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yil davomidagi bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq axborot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organlarining axborotini oʻrganish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishi holati samaradorligiga baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini tegishli tarzda taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-martga qadar boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga umumlashtirilgan axborotni tegishli takliflar bilan kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inventarizatsiya qilish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inventarizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olishning, inventarizatsiya qilishning va ularning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring qilishning elektron maʼlumotlar bazasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari hamda boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan birgalikda shartnomalarning yagona tarzda hisobga olinishini taʼminlash va ularning huquqiy maqomini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini rejali asosda inventarizatsiyadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻrovnomasi asosida ikki haftalik muddat ichida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inventarizatsiya qilish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amal qiluvchi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, ularni prolongatsiya qilish (muddatini uzaytirish) va qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inventarizatsiya qilish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi uning boshqa ishtirokchilari tomonidan buzilgan taqdirda koʻriladigan choralar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlar uning boshqa ishtirokchilari tomonidan buzilishi holati aniqlangan paytdan eʼtiboran bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi. Zarur boʻlgan hollarda, bunday buzilishga olib kelgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlar uning boshqa ishtirokchilari tomonidan buzilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga xalqaro huquq normalariga hamda xalqaro shartnomaning oʻz shartlariga muvofiq zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi uning boshqa ishtirokchilari tomonidan jiddiy tarzda buzilgan taqdirda, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bunday shartnoma ushbu Qonunning 40 ― 48-moddalarida belgilangan tartibda tugatilishi yoki uning amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish bunday shartnomaning barcha ishtirokchilariga nisbatan yoki uning ayrim ishtirokchisiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlarga koʻra barcha ishtirokchilarning roziligi bilan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish toʻgʻrisidagi qoidalar mavjud boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish toʻgʻrisidagi qoidalar mavjud boʻlmagan va uni denonsatsiya qilishni yoki undan chiqishni nazarda tutmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma ishtirokchilari denonsatsiya qilish yoki chiqish imkoniyatini qoldirish niyatida boʻlganligi belgilanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma oʻz xususiyatiga koʻra uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmasa, denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyati haqida kamida oʻn ikki oy avval xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish yoki undan chiqish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish yoki undan chiqish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlarga koʻra barcha ishtirokchilarning roziligi bilan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi tuzilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala boʻyicha keyingi shartnomani tuzgan boʻlsa va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi bilan tartibga solinishi ushbu keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasi qoidalariga zid boʻlsa va har ikkala shartnomani bir vaqtda qoʻllash mumkin boʻlmasa, tugatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasi ishtirokchilari uning amal qilishini toʻxtatib turish niyatida ekanligi Oʻzbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilgarigi xalqaro shartnomasining amal qilishi faqat toʻxtatib turilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi jiddiy tarzda buzilganligi oqibatida uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni tugatish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining shartnoma ishtirokchilaridan biri tomonidan jiddiy tarzda buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasiga shartnomaning amal qilishini butunlay yoki qisman toʻxtatib turish yoki uni tugatish uchun bunday buzilishni asos qilib koʻrsatish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq normalarida yoʻl qoʻyilmaydigan tarzda xalqaro shartnomadan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshirilishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qoidaning buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa davlat organlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar shartnoma oʻz nomidan tuzilgan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror shartnomaning oʻz shartlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash haqidagi qarorni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan qonun loyihasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tugatish yoxud denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ratifikatsiya qilinganlari mustasno) tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ratifikatsiya qilinganlari mustasno) tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo shartnomalarini tugatish yoxud denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish yoki denonsatsiya qilish oqibatlari
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishuv mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishi Oʻzbekiston Respublikasini ushbu shartnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddat davomida uni bajarish majburiyatidan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishuv mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tugatilishi yoki denonsatsiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasini ushbu xalqaro shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi hamda shartnoma tugatilguniga qadar uni bajarish natijasida yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari, majburiyatlari yoki yuridik holatiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish yoki denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlar ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlariga nisbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari yuridik majburiyat yuklovchi qoidalarni oʻz ichiga olmasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi kerak. Bunda shunday xalqaro hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga havola qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun qoidalarining xalqaro shartnomalar tuzish tashabbusi bilan chiqishga va ularni imzolashga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasidagi xalqaro zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni tuzish va denonsatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi 850-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 234-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi 172-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 482-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 67-modda) XIV boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 568-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) VIII boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-11-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 2-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 27-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 18-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-518-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)