O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI O‘RTASIDAGI XALQARO ZAYoM VA KAFOLATLI ShARTNOMALAR HAMDA BITIMLARNI TUZISh VA DENONSATSIYA QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ushbu Qonun chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonini tezlashtirishni ta’minlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratadi.
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la huquqli a’zo bo‘lgan xalqaro moliya institutlari bilan zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni imzolash va denonsatsiya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishlidir.
2-modda.
Xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan organlar tomonidan tuzilgach, ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
850-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 234-modda)