Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining TAShKILIY TUZILMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining TUZILMASI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Agentlik tuzilmasi

3-bob. Agentlik va hududiy boshqarmalarning vazifa va funksiyalari

1-§. Agentlikning vazifa va funksiyalari

2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari

4-bob. Agentlikning huquq va majburiyatlari

1-§. Agentlikning huquq va majburiyatlari

2-§. Agentlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari

5-bob. Agentlik rahbarlarining funksional majburiyatlari

6-bob. Agentlik rahbarlarining mas’uliyati

7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish

1-§. Agentlik rahbariyati

2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi

3-§. Agentlikning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi

4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ ekspert organlari

8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari

9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish

10-bob. Agentlikning hisobotlari

11-bob. Yakuniy qoidalar

5-ILOVA
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish DASTURI

6-ILOVA
“Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, binolari va ishlab chiqarish xonalarini ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

7-ILOVA
“PR-markaz” funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
5. Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining 7-ilovaga muvofiq tarkibda PR-markaz funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul
ijrochilar

I. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida

1.

So‘z erkinligi va OAV faoliyati bo‘yicha xalqaro reytinglarda mamlakatning mavqeyini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va “Yo‘l �aritasi”ni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va “Yo‘l xaritasi”

2019-yil
15-martgacha

Agentlik,
manfaatdor idoralar

2.

Respublika hududlarida davlatga qarashli bo‘lgan bosma OAVning holati va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil
1-maygacha

Agentlik,
manfaatdor idoralar

3.

OAV mustaqilligi sohasidagi kafolatlar va xalqaro standartlarning so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Media-ombudsman lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyungacha

Agentlik

4.

“Mualliflik va turdosh huquqlar” to‘g‘risidagi Qonun loyihasini yangi tahrirda hamda mualliflik va turdosh huquqlar, davlat standartlari, texnik reglamentlar va sanitariya me’yorlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2019-yil
1-maygacha

Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Agentlik

5.

Jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarishning mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umum e’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyungacha

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Agentlik

6.

Sud organlari bilan respublika jurnalistlari o‘rtasida izchil hamkorlikni o‘rnatish, ularning sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash, ochiq sud materiallarini yoritishda mamlakat OAVdan foydalanishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-aprelgacha

Agentlik,

Oliy sud,

Adliya vazirligi

7.

OAV huquqlarini ta’minlash va jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir majburiyatlariga rioya etishiga oid qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini taftish qilish, O‘zbekiston Respublikasining “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil
1-noyabrgacha

Agentlik,

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv bo‘yicha),

Adliya vazirligi

8.

Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish.

Kasb etikasi

kodeksi

2019-yil
1-iyulgacha

Agentlik,

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

9.

Davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-imkoniyatlarini hamda samarali marketing ishlanmalarini joriy etish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-maygacha

Agentlik

10.

OAV, tele- va kabel studiyalar, ommabop internet-media, fuqarolik jurnalistikasi (blogerlar) faoliyatidagi muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan turkum uchrashuvlar va “davra suhbatlari” o‘tkazish.

Chora-tadbirlar majmui

tizimli ravishda

Agentlik

II. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda matbuot
xizmatlari ishlarining samaradorligini oshirish sohasida

11.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari matbuot-xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan izchil hamkorligini amaliyotga joriy etishni ko‘zda tutuvchi ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmini shakllantirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-aprelgacha

Agentlik

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali hamkorlik qilishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy muammolarni muhokama qilish maqsadida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida turkum “aqliy hujumlar” va seminarlar o‘tkazish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda ularning holati va faoliyat samaradorligini yanada oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek huquqiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan konferensiyalar tashkil etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, matbuot xizmatlari xodimlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

matbuot xizmatlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, OAV bilan hamkorligini yaxshilash, shu jumladan aloqalar o‘rnatishda mobil texnologiyalardan keng foydalangan holda turkum seminar va treninglar o‘tkazish;

keng jamoatchilikni amalga oshirilgan ishlarning natijalari, davlat tuzilmalari faoliyatining mohiyati va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirish maqsadida davlat organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan OAV uchun tizimli ravishda press-konferensiyalar tashkil etish hamda ularga OAV bilan samarali hamkorlik o‘rnatishda ko‘maklashish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
15-maygacha

Agentlik

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini ta’minlashda matbuot xizmatlarining ish samaradorligini yanada oshirish, jurnalistlar, blogerlarning bilimi va kasbiy malakasini oshirish, shuningdek Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida diplomatik korpus, xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish.

Chora-tadbirlar majmui

2019-2020-yillar davomida

Agentlik,

Tashqi ishlar vazirligi

III. Axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida

14.

O‘zb�kiston Respublikasining Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, shu jumladan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikni tatbiq qilish, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha Konsepsiya va Dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Agentlik

15.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida elektron va audio kitoblarni yaratish, shuningdek kitob fondini to‘ldirish uchun xorijiy adabiyotning eng sara namunalarini davlat tiliga va o‘zbek adabiyoti asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish bo‘yicha Media-markaz tashkil etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyungacha

Agentlik

16.

Respublika umumta’lim muassasalarida “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma

chora-tadbirlar dasturi

2019-2020-yillar davomida

Agentlik,

Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor idoralar

17.

Har yili respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tomonidan mahalla fuqarolari yig‘inlarining kitob fondini to‘ldirish bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlash.

Qo‘shma

chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Agentlik,

Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi

18.

Har yili Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda umumta’lim maktablari kutubxonalari uchun zarur badiiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni Agentlik korxonalarida tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish.

Qo‘shma

chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Agentlik, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

19.

Kitobxonlik targ‘ibotini oshirish, nashriyotlar xodimlarining faoliyatini rag‘batlantirish, xalqaro kitob ko‘rgazmalarida nodavlat nashriyotlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-avgustgacha

Agentlik

IV. Nashriyot-matbaa faoliyatini rivojlantirish sohasida

20.

OAV va matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi yangilangan tartiblarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
20-aprelgacha

Agentlik

21.

Nashriyot-matbaa korxonalarining uskunalarini belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yilning I yarim

yilligi

Agentlik

22.

Agentlik tizimida mavjud obyektlar va jihozlarni to‘liq inventarizatsiya qilish, natijalari bo‘yicha davlat korxonalarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan respublika nashriyot-matbaa faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar va Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019-yilning I yarim

yilligi

Agentlik,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

23.

O‘zbeki�ton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublika ta’lim tizimi uchun har yili talabalik guvohnomasi, (shu jumladan plastik) reyting daftarchalari, sinf jurnallari, o‘zlashtirish tabellari, attestatlar va boshqa bosma mahsulotlarini Agentlik korxonalarida tayyorlash va ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish.

Qo‘shma shartnomalar

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

Agentlik

24.

Nashriyot-matbaa uylarining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish, kitob-kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish tizimining samaradorligi va shaffofligini ta’minlovchi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

Chora-tadbi�lar majmui

2020-yil
1-yanvargacha

Agentlik

25.

Respublika nashriyot-matbaa korxonalari tomonidan nashr etilgan mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini tarqatish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Agentlik,

Adliya vazirligi

26.

O‘zbeki�ton Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining mualliflar bilan ishlash, idoralar bilan kelishish, zarur bo‘lgan ekspert xulosalarini olish va keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yakuniy matnlarini tasdiqlash hamda 1-mayga qadar original maketlarini yaratish va nashr etish uchun Agentlikning nashriyot-matbaa korxonalariga taqdim etish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil
30-aprelgacha

Xalq ta’limi vazirligi,

Agentlik

27.

Matbaa tarmog‘ining muammolarini o‘rganish va uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

1-oktabrgacha

Agentlik

28.

“O‘qituvchi” brendi ostida ko‘chma kitob do‘konlari loyihasini amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-2020-yy. davomida

Agentlik

29.

Maktab darsliklari, o‘quv qo‘llanmalar va daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish bo‘yicha standartlar, texnik reglamentlar va sanitariya me’yorlarini matbaa sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olib qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyulgacha

Agentlik

30.

O‘zbekiston nashriyot-matbaa bozori ishtirokchilari tomonidan kitob-daftar, boshqa matbaa va kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘rnatilgan sifat standartlariga rioya qilinishi bo‘yicha tizimli nazoratni ta’minlash.

Chora-tadbirlar majmui

doimiy

Agentlik,
manfaatdor idoralar

V. Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida

31.

O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
15-fevralgacha

Agentlik,
Adliya vazirligi

32.

Kelgusida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida Agentlik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar majmui

2019-yil
1-martgacha

Agentlik

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Mas’ul ijrochilar

Korxonaning moddiy-texnik holatini yaxshilash

1.

Bosmaxona binosini mukammal ta’mirlash va uning hududini obodonlashtirish.

1. Bosmaxona ikki qavatli binosining old qis�i (fasadi)ni ta’mirlash.

2. Barcha xonalarni ta’mirlash.

3. Deraza romlarini almashtirish.

4. Asosiy kirish darvozalarini yangilash.

5. Korxona hududini ko‘kalamzorlashtirish.

6. Kanalizatsiya tizimini ta’mirlash.

7. Butun binoni va ishlab chiqarish sexlarini isitish tarmog‘i bilan ta’minlash.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

2.

Ishlab chiqarish texnoparkini modernizatsiyalash, moddiy va ma’naviy eskirgan uskunalarni almashtirish.

1. 650 mm li, buklovchi va tikuvchi Braillo 650 SF mexanizmiga ega Brayl usulida chop etish uskunasi.

2. A4+ shaklida fotosuratlarni bo‘rtma nuqtalar ko‘rinishida qog‘ozga ko‘chiruvchi TactilPad by MDA rusumidagi doska-printer.

3. A3+ hajmdagi, SXC-460 rusumli ip bilan tikish mashinasi.

4. A3+ haj�dagi, qoplama koreshok balandligi I-65 mm. bo‘lgan termokley bilan yelimlovchi mashina.

5. JBT 50/3D Perfect Book Binding uskunasi.

6. A3+ hajmli rizograf.

7. 470 mm hajmli, DC 470 rangli printer.

8. POLAR 92X rusumli bir pichoqli qog‘oz kesish mashinasi.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

3.

Korxonani moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini o‘rganish.

1. Korxona faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

2. Korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalarini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

Ishchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va munosib ish sharoitlarini yaratish

4.

Korxona ishchilarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash.

1. Korxona ishchilariga to‘lanayotgan oylik maoshlari hajmini qayta ko‘rib chiqish.

2. Korxonaning faol ishchi-xodimlari faoliyatini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik

5.

Avtotransport vositalari uchun texnopark tashkil etish.

1. Yuklarni ortish va tushirish uchun avtokara sotib olish.

2. Korxona ishchilari uchun mikroavtobus (navbatchi avtotransport) sotib olish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik

6.

Korxona ishchilarining malakasini oshirish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladigan o‘quv seminarlari, shuningdek chet davlatlarga uyushtiriladigan tanishuv safarlarining jadvalini ishlab chiqish.

2. Seminarlar va safarlarning dasturini ishlab chiqish.

3. Budjetni shakllantirish va moliyaviy mablag‘larni izlab topish.

4. Natijalar asosida korxonaning boshqa ishchilari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash

7.

Ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalar maktab-internatlari uchun darsliklarni tayyorlash va chop etish.

1. Darsliklarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish va mas’ullarni tayinlash.

2. Loyiha budjetini shakllantirish, shu jumladan unda xorijiy grantlar va homiylik ko‘maklarini jalb etishni ko‘zda tutish.

3. Yangi avlod darsliklarini tayyorlash va ularni bosqichma-bosqich chop etish.

4. Chop etilgan darsliklarning maktab-internatlarda tatbiq etilishini ta’minlash.

2020-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi,

Agentlik

8.

Quyidagi audiokitoblardan iborat onlayn kutubxonani tashkil etish:

“Sharq ertaklari”, Sharq xalqlari shoir va yozuvchilari tomonidan yozilgan bolalar badiiy adabiyoti, sharq xalqlari ertaklari, dostonlar, rivoyatlar, qissalar va hikoyalardan iborat asarlar;

“Ma’rifiy adabiyotlar”, kitobxonlar uchun oson va tushunarli tilda bitilgan o‘quv materiallaridan iborat kitoblar;

“O‘zbek adabiyoti durdonalari”, A. Navoiy, A. Qodiriy, Cho‘lpon, Jomiy va o‘zbek xalqining boshqa buyuk adib va shoirlarining asarlaridan iborat kitoblar.

1. Loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlarni shakllantirish.

2. Har bir audiokitoblar katalogiga kiritiladigan kitoblar ro‘yxatini ishlab chiqish.

3. Loyiha budjetini shakllantirish va bunda xorijiy grantlar va homiylik ko‘magini ko‘zda tutish.

4. Onlayn kutubxonalar katalogi bo‘yicha maxsus mobil ilovalarni ishlab chiqish va ularni monetizatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish.

5. Audiokitoblarni tayyorlash va ularni Internet tarmog‘iga joylashtirish.

6. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda audiokitoblarning taqdimotlarini o‘tkazish.

2020-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

9.

Ko‘rish qobiliyatida turli darajadagi cheklanishlar bo‘lgan kishilarning hayotidagi qiziqarli hikoyalardan iborat “O‘zgacha odamlar” nomli to‘plamni tayyorlash va nashr etish.

1. To‘plamni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish va mas’ullarni tayinlash.

2. To‘plamda muvaffaqiyatli hayoti to‘g‘risida ma’lumot beriladigan mashhur siyosatchilar, madaniyat, san’at arboblari va boshqalarning ro‘yxatini tayyorlash.

3. Loyihaning budjetini shakllantirish, shu jumladan xorijiy grantlar va homiylik ko‘maklarini jalb etish.

4. To‘plamni tayyorlash va nashr etish, OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning taqdimotini o‘tkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-

bosqich

Agentlik

10.

Ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor kishilar uchun “Bir jamoa” nomli ko‘p tarmoqli internet-maydonchasini tashkil etish va unda tizimli ravishda yurtimizda ko‘rish imkoniyati cheklangan kishilar ishtirokida tashkil etilayotgan madaniy, ma’rifiy va sportga oid tadbirlarni yoritib borish, shuningdek oftalmologiya sohasidagi tibbiy va texnik yangiliklar, kashfiyot va ishlanmalar haqidagi materiallarni, tiflopedagoglar va psixologlar bilan bo‘lgan suhbatlarni keng yoritib borish.

1. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijodiy va texnik jamoani shakllantirish.

2. Internet-maydonchaning tuzilmasini va mazmunini ishlab chiqish.

3. Loyihaning sinov versiyasini internet tarmog‘iga joylashtirish va uni aprobatsiya(sinov)dan o‘tkazish.

4. Internet-maydonchaning kelgusidagi faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish.

5. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot o‘tkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Axborot texnologiyalari vazirligi

11.

Ko‘zi ojizlar uchun muzeylarga sayohat uyushtirish metodikasi yaratilishiga ko‘maklashish.

1. Ekskursiyalar dasturini ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Maxsus tiflografik tasvirlarni tayyorlash: interyer tarhlari, muzey eksponatlari bo‘yicha brayl alifbosida tayyorlangan qisqacha sharhlar, shuningdek boshqa maxsus ko‘rsatmali qurollar (mulyajlar, maketlar, bo‘rtma globuslar, xaritalar va rasmlar), buyumlarning 3D-printer vositasida tayyorlangan hajmli nusxalari, brayl uslubida chop etilgan rasmlar, UF-printerida yaratilgan tasviriy san’at asarlarining bo‘rtma yuzaga ega modellari.

3. Xonalar ichida mustaqil harakatlanishi uchun xonalar poliga maxsus taktil qoplamalar va yo‘naltiruvchi tutqichlar o‘rnatilishi, audiogidlar va ekspozitsiyaga yo‘naltiruvchi tovushlar bilan ta’minlash, sayohat matnida va tarqatma materiallarda brayl uslubida chop etilgan tiflosharhlar, muzeyning va zallarning taktil tarhlari bo‘lishi lozim.

4. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot o‘tkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Madaniyat vazirligi

12.

Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun maxsus geografik xaritalarni ishlab chiqish va chop etish.

1. Xaritalarni ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Geografik xaritalarning maketlarini tayyorlash.

3. Zarur uskunalarni sotib olish.

4. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot o‘tkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi