1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.04 Oliy Majlis Senati Kengashi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyatini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini oʻz vaqtida va xolisona yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ommaviy axborot vositalari vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritishlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillariga zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yoʻriqnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni (M. Miralimov) akkreditatsiya qilinadigan ommaviy axborot vositalari vakillariga doir maʼlumotlarni taqdim etish yuzasidan ommaviy axborot vositalari tahririyatlariga 2021-yil 20-aprelga qadar xat yuborish hamda ularning vakillarini belgilangan tartib va muddatlarda akkreditatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tadjiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror 2021-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
837-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 5-aprelda qabul qilingan 837-IV-sonli Qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ommaviy axborot vositalari (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) jurnalistlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) huzurida akkreditatsiya qilish Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlar haqidagi axborotlarning tezkor, ochiq, keng va xolis yoritilishini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalist — mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni toʻplash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim — OAVning tahririyati tomonidan jurnalist(lar)ga biriktirilgan multimedia mutaxassisi, teleoperatorlar, fotojurnalistlar, tele-, kino- va videoapparatlarga, aloqa va boshqa texnik vositalarga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis, tarjimon, pardozchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — tegishli OAV tahririyatining buyurtmanomasi asosida jurnalistning vakolatlarini Qonunchilik palatasi tomonidan eʼtirof etish tartiboti boʻlib, Qonunchilik palatasi faoliyatini OAVda yoritish uchun jurnalistning roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi guvohnomani berish bilan bogʻliq jarayon.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akkreditatsiya qilinadigan jurnalistlar soni Qonunchilik palatasi tomonidan OAV tahririyatlari bilan kelishilgan holda ushbu Tartibning 1-ilovasida koʻrsatilgan miqdor doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Akkreditatsiya qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akkreditatsiya qilish uchun OAV tahririyati tomonidan tahririyatning rasmiy blankasida yozilgan, ushbu Tartibning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi buyurtmanoma Qonunchilik palatasining Matbuot xizmatiga (bundan buyon matnda Matbuot xizmati deb yuritiladi) taqdim etiladi. Buyurtmanoma OAV birinchi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmanomaga OAVning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi, akkreditatsiya qilish uchun tavsiya etilayotgan OAV jurnalisti, OAV tahririyatining guvohnoma beriladigan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining fotosurati ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanoma yozma yoki elektron shaklda (Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmanomani koʻrib chiqish hamda jurnalistlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish Matbuot xizmati tomonidan buyurtmanoma olingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OAV jurnalisti bir yil muddatga akkreditatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan OAV jurnalistlariga Matbuot xizmati tomonidan ushbu Tartibning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi “Akkreditatsiya guvohnomasi” beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akkreditatsiya guvohnomasi” Qonunchilik palatasi Devonining Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma Matbuot xizmatining rahbari tomonidan imzolanadi va unga Qonunchilik palatasining muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Akkreditatsiya qilishni rad etish yoki akkreditatsiyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hollarda jurnalistni akkreditatsiya qilish rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma mazkur Tartib talablariga mos boʻlmaganda;

reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, tele-, radio kanallar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jurnalistning akkreditatsiya qilinganligi yoki uni akkreditatsiya qilish rad etilganligi haqida OAV tahririyatiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi hollarda jurnalistning akkreditatsiyasi muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalisti akkreditatsiya qilingan OAV faoliyati tugatilgan yoki toʻxtatib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda jurnalist tomonidan Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilgan deb topilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalist bilan OAV tahririyati oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistning akkreditatsiyasini bekor qilishni soʻrab OAV tahririyati tomonidan Qonunchilik palatasiga yozma murojaat yoʻllangan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Akkreditatsiya qilingan jurnalist ishdan boʻshatilgan taqdirda OAV tahririyati bu haqda darhol Matbuot xizmatini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jurnalistning akkreditatsiyasi bekor qilingan taqdirda OAV tahririyati “Akkreditatsiya guvohnomasi”ni bir ish kuni ichida Matbuot xizmatiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalistning akkreditatsiyasi ushbu Tartib 12-bandining uchinchi — beshinchi xatboshilariga muvofiq bekor qilinganda OAV tahririyati akkreditatsiyasi bekor qilingan jurnalistning “Akkreditatsiya guvohnomasi”ni Matbuot xizmatiga qaytargach, uning oʻrniga boshqa jurnalistni akkreditatsiya qilishni soʻrab ushbu Tartibga muvofiq buyurtmanoma taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Akkreditatsiya guvohnomasi”ning amal qilish muddati tugagan, guvohnomadagi maʼlumotlar oʻzgartirilgan yoki guvohnomaga shikast yetgan boʻlsa yoxud jurnalistning akkreditatsiyasi bekor qilingan boʻlsa, jurnalist Qonunchilik palatasi binosiga kiritilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Akkreditatsiya muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akkreditatsiya muddati tugagan jurnalistning akkreditatsiyasi uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda OAV tahririyati jurnalistning akkreditatsiya muddati tugashidan kamida oʻn kun oldin Qonunchilik palatasiga yangi muddatga akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda akkreditatsiya muddatini uzaytirish rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma mazkur Tartib talablariga mos boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalisti akkreditatsiya qilingan OAV tahririyati keyinchalik oʻz yoʻnalishini (ixtisosligi) oʻzgartirgan va parlament faoliyatini yoritish bilan bogʻliq boʻlmagan sohalarnigina yoritayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan jurnalist akkreditatsiya muddati tugagunga qadar Qonunchilik palatasining faoliyatini yoritish bilan shugʻullanmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akkreditatsiya muddati uzaytirilgan taqdirda jurnalistga ushbu Tartibning 9-bandiga muvofiq “Akkreditatsiya guvohnomasi” beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Bir martalik akkreditatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan muhim tadbirlarni, shu jumladan xalqaro tadbirlarni kengroq yoritish uchun boshqa jurnalistlar ham ishtirok etishi kerak boʻlgan hollarda jurnalistlar Qonunchilik palatasi huzurida bir martalik akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jurnalistlarni bir martalik akkreditatsiya qilish Matbuot xizmatining OAV tahririyatlariga yoʻllagan taklifiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAV tahririyatlari jurnalistni bir martalik akkreditatsiya qilish uchun OAVning toʻliq nomi, manzili, telefon raqami, elektron manzili, akkreditatsiya qilinadigan jurnalistlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqamiga doir maʼlumotlarni Matbuot xizmatiga yozma yoki elektron shaklda, tahririyat rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bir martalik akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlar Matbuot xizmati rahbari tasdiqlaydigan roʻyxat asosida Qonunchilik palatasi binosiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarda akkreditatsiya qilingan jurnalistlar bilan birga texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditatsiya qilinadigan jurnalistlar bilan birga jalb etiladigan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga doir maʼlumot OAV tahririyati tomonidan ushbu Tartibning 2-ilovasiga asosan taqdim etiladigan buyurtmanomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bir martalik akkreditatsiya qilinadigan jurnalist bilan birga jalb etiladigan hollarda OAV tahririyati ushbu xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqamiga doir maʼlumotlarni Matbuot xizmatiga yozma yoki elektron shaklda, tahririyat rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bir yil muddatga akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga biriktirilgan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga ushbu Tartibning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi amal qilish muddati bir yil boʻlgan guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma Qonunchilik palatasi Devonining Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati rahbari tomonidan imzolanadi va unga Qonunchilik palatasi muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bir martalik akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga biriktirilgan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar Matbuot xizmati rahbari tasdiqlaydigan roʻyxat asosida Qonunchilik palatasi binosiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Akkreditatsiya guvohnomasi”, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga berilgan guvohnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hollarda OAV tahririyatining murojaatiga asosan guvohnomaning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Matbuot xizmati akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga ularning Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritish bilan bogʻliq faoliyatiga uslubiy va maslahat jihatdan yordam koʻrsatadi, jurnalistlarga hamda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga Qonunchilik palatasi binosida tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda jurnalistlarni ushbu Tartibga rioya etishlari uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarining vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilinadigan ommaviy axborot vositalari jurnalistlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdori

OAV turi
Akkreditatsiya qilinadigan jurnalistlar soni
Telekanallar
3
Axborot agentliklari
2
Gazetalar va jurnallar
2
Ommaviy axborot vositasi hisoblanadigan veb-saytlar
2
Radiokanallar
2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni OAV tahririyatlarining takliflariga asosan Matbuot xizmati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarining vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish uchun BUYuRTMANOMA
OAV ning toʻliq nomi va turi
OAV ning ixtisoslashuvi
Ommaviy axborotning tarqatish shakli
OAV tahririyati joylashgan pochta manzili, indeksi
OAV chiqishlarining davriyligi
OAV ning internetdagi veb-sayti
OAV ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
OAV tahririyatining telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzili
Akkreditatsiya qilinadigan OAV jurnalistlari, guvohnoma beriladigan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Familiyasi, ismi, sharifi
Lavozimi
Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili)
Telefon raqami, elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
______________________
_______________
_________________________
(lavozimi)
(imzo)
(ismi-sharifi)
Ijrochining FIO va telefon raqami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarining vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOTO
Jurnalistni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida GUVOHNOMA № _______
F.I.O.
OAV ning nomi
Tarqatish shakli
Ixtisoslashuvi
Tahririyat manzili
Amal qilish muddati
Berilgan sanasi
Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatining rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarining vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibiga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOTO
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Ommaviy axborot vositasi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining GUVOHNOMASI № _______
F.I.O.
OAV ning nomi
OAV ning nomi
Xodimning faoliyat yoʻnalishi
Tahririyat manzili
Amal qilish muddati
Berilgan sanasi
Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatining rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 5-aprelda qabul qilingan 837-IV-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritishlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillariga zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

1. Ushbu Yoʻriqnoma ommaviy axborot vositalarining (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) oʻtkaziladigan tadbirlarni keng, ochiq va xolis yoritishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilingan jurnalistlar Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatining (bundan buyon matnda Matbuot xizmati deb yuritiladi) taklifi asosida Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet davlatlar OAVning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan jurnalistlari Matbuot xizmatining mazkur OAV tahririyatlariga (jurnalistlariga) yoʻllagan taklifiga asosan Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda OAV toʻliq nomi, manzili, telefon raqami, elektron manzili, akkreditatsiya qilinadigan jurnalistlarning, shuningdek jurnalistga biriktirilgan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqamiga doir maʼlumotlar Matbuot xizmatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet davlatlar OAVning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan jurnalistlari hamda ularga biriktirilgan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar Matbuot xizmati rahbari tasdiqlaydigan roʻyxat asosida Qonunchilik palatasi binosiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OAV vakillari Qonunchilik palatasida samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarga (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia jihozlari, kanselyariya tovarlari va boshqalar) ega alohida xona ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan tadbir boʻlib oʻtayotgan zalda bevosita ishtirok etmaydigan OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida alohida xonaga ekran oʻrnatiladi va tadbir onlayn tarzda namoyish qilinishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, koʻrib chiqilayotgan boshqa dolzarb masalalarga doir axborotlarni keng jamoatchilikka tezkor va tushunarli ravishda yetkazish maqsadida Matbuot xizmati tomonidan Qonunchilik palatasining majlisi tugaganidan keyin OAV vakillari uchun Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari ishtirokida brifinglar tashkil etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OAVning jurnalistlari Qonunchilik palatasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan majlislar va boshqa tadbirlar toʻgʻrisida oldindan axborot olishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahririyat bilan bogʻlanish va xabarlarni yetkazish uchun maxsus ajratilgan joydagi telefon aloqasi, internet tarmogʻi hamda boshqa texnika vositalaridan foydalanishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan tadbirga doir matbuot xabarnomalari va boshqa zarur axborotlarni Matbuot xizmatidan olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAVning akkreditatsiya qilingan jurnalistlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. OAVning vakillari (jurnalistlar, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisi paytida ish jarayoniga xalaqit bermasliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi binosiga kirish va undan chiqish vaqtida belgilangan talablarga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAV jurnalistlari Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunchilik palatasida tadbirlar oʻtkaziladigan vaqtida OAV vakillari oʻzlari uchun ajratilgan maxsus joylarda faoliyat olib borishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi katta majlislar zalining markaziy (doirasimon) qismida operator va fotomuxbirlar faoliyati operativ ravishda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Matbuot xizmati Qonunchilik palatasining foyesida OAV vakillari intervyu olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilishini taʼminlaydi, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatlari va boshqa shaxslarni intervyu berish uchun jalb qilishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intervyular Qonunchilik palatasining maxsus bannyerlari (press wall) fonida yozib olinishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonunchilik palatasi tadbirlari jarayonidan jonli efirlar tashkil etish Matbuot xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.