1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 261-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 125-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) XIV boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-255-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 5-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016-yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-517-son

Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konsullik ustavi konsullik faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va huquqiy asoslarini, konsullik mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida himoya qilishga doir vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Konsullik faoliyatining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan toʻliq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik hamda doʻstona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashish uchun yoʻnaltirilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Konsullik ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Konsullik munosabatlarini oʻrnatish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.03.00 Konsullik aloqalarni oʻrnatish, tiklash, toʻxtatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan konsullik munosabatlarini oʻrnatish oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarni oʻrnatishga doir kelishuv, agar boshqacha qoida shartlashilmagan boʻlsa, konsullik munosabatlarini oʻrnatishga boʻlgan rozilikni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik munosabatlarning uzilishi konsullik munosabatlarining avtomatik uzilishini va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi faoliyatining tugatilishini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida konsullik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsullik muassasasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Konsullik muassasasining maqomi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida konsullik okrugi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan konsullik funksiyalarini bajaruvchi tashqi aloqalar boʻyicha davlat organidir. Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga boʻysunadi va uning umumiy rahbarligida faoliyat koʻrsatadi. Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda, konsullik muassasasi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻziga biriktirilgan mol-mulkka, rekvizitlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga (muhrlarga), tegishli shtamplar va blankalarga, shuningdek banklarda hisobvaraqlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik xonalaridan, shu jumladan binolardan yoki binolarning qismlaridan hamda bunday binolarga yoki ularning qismlariga xizmat qiluvchi yer uchastkasidan, ularga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, konsullik vazifalarining bajarilishiga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Konsullik muassasalarining darajalari
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh konsullik muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vitse-konsullik muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik agentliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Konsullik muassasasini ochish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.03.00 Konsullik aloqalarni oʻrnatish, tiklash, toʻxtatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashadigan davlat hududida shu davlatning roziligi bilan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining joylashish yeri, ushbu muassasaning darajasi va konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratiladigan konsullik okrugi konsullik muassasasi joylashadigan davlat bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining joylashgan yerini, ushbu muassasaning darajasini va konsullik okrugini keyinchalik oʻzgartirish faqat konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Konsullik muassasalarining imtiyozlari va immunitetlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi oʻzi egallab turgan binoga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va konsullik muassasasi joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi doimiy ravishda konsullik muassasalarining binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalarida koʻtariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravishda konsullik muassasasi binosining old tomoniga, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, diplomatik protokol qoidalari, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlari hamda urf-odatlari inobatga olinishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Konsullik arxivi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining barcha hujjatlari, xat-xabarlari, kitoblari, audio- va videomateriallari, elektron axborot tashuvchilari, reyestrlari shifrlar va kodlar, muhrlar va shtamplar, kartotekalar hamda ularning but saqlanishi yoki asralishini taʼminlash uchun moʻljallangan har qanday jihozlash ashyolari bilan birgalikda konsullik arxivi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxslari konsullik arxivining daxlsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Konsullikning mansabdor shaxslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning funksiyalarini bajarishga vakolatli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi konsullikning mansabdor shaxsi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi lavozimiga nomzodlarga doir talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Konsullik muassasasining boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalarining boshliqlari quyidagi darajalarga boʻlinadi: bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar, konsullik agentlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik muassasasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi, konsullik muassasasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, konsullik muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi (ekzekvaturasi) olinganidan keyin oʻz funksiyalarini bajarishiga yoʻl qoʻyiladi. Uning tayinlanganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi lavozimga tayinlanayotganida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan konsullik patentini oladi, patentda uning konsullik okrugi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik funksiyalarini shaxsan bajaradi yoki ularni bajarishni konsullikning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Agar konsullik muassasasining boshligʻi biron-bir sababga koʻra oʻz vazifalarini bajara olmaydigan boʻlsa yoki konsullik muassasasining boshligʻi lavozimi vaqtincha boʻsh turgan boʻlsa, konsullik muassasasining boshligʻi majburiyatlarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Konsullik mansabdor shaxslarining imtiyozlari va immunitetlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning akkreditatsiya qilingan oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va qoidalariga rioya etishi, mahalliy urf-odatlarni hurmat qilishi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb qaralishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsullikning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Konsullikning mansabdor shaxslari tomonidan konsullik funksiyalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi ushbu Konsullik ustavida, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi, agar Oʻzbekiston Respublikasining hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga zid boʻlmasa, ushbu Konsullik ustavida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan davlatlarda konsullikning mansabdor shaxsi zimmasiga konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan diplomatik funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan boshqa davlatning konsullik funksiyalarini bajarish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmasiga binoan va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini uchinchi davlatda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining topshirigʻiga binoan, konsullik muassasasi joylashgan davlat va uchinchi davlat xabardor qilinganidan keyin, agar mazkur davlatlar bunga qarshi eʼtiroz bildirmasa, bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida oʻz konsullik okrugi doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlariga murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugini aylanib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq konsullik muassasasining boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Konsullikning fuqarolarga va yuridik shaxslarga taalluqli funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda, xalqaro urf-odatlarda, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlarida berilgan barcha huquqlardan foydalanishi uchun, agar bunday huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmasa, choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining buzilgan huquqlarini tiklash uchun choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga xizmat majburiyatlarini bajarishida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida vaqtincha turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ hujjatlari toʻgʻrisida, shuningdek mahalliy urf-odatlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning muassasalarida, agar ushbu davlatda fuqaro yoki yuridik shaxsning vakili mavjud boʻlmasa va u ish yuritishni oʻzga shaxsga topshirmagan boʻlsa yoxud boshqa sabablarga koʻra oʻzining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qodir boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslari oʻz vakillarini tayinlaguniga qadar yoxud oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olguniga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik hisobiga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularning hisobini yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (10.02.2020-y., roʻyxat raqami 3218).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xorijda doimiy yashayotgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni asoslash uchun taqdim etilgan faktlar va hujjatlarni tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xorijda doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxslari zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish yuzasidan funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt boʻyicha ish, oʻqish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan shaxsga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxsining harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarining chet elda doimiy yashashga doir ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hujjatlarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan yoʻqotilgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirilganidan hamda uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududida yashash uchun mablagʻlarsiz turgan taqdirda konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilgan boʻlsa, konsullikning mansabdor shaxsi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur fuqaroni yuborgan yoki taklif etgan shaxsning yoxud tashkilotning ushbu fuqaroning konsullik okrugi hududida boʻlishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashga doir majburiyatlari mavjudligini aniqlaydi va ularning bajarilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur fuqaroning oʻz oila aʼzolari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar yetarli boʻlmay qolsa, konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishuvga koʻra mazkur fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib ketishini taʼminlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maxsus ajratilgan mablagʻlar hisobiga va ularning doirasida moliyaviy yordam koʻrsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yordam koʻrsatilgan taqdirda, konsullik muassasasi bilan fuqaro oʻrtasida notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtiriladigan shartnoma tuzilib, unda konsullik muassasasidan moliyaviy yordam olgan shaxs olingan moliyaviy mablagʻlarning oʻrnini oʻttiz kunlik muddatda qoplash majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi, buning uchun ajratilgan mablagʻlarning miqdori, shuningdek ularni qaytarish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam summasi belgilangan muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ijro xati yuboradi, ijro xati boʻyicha qarzdorlikni undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soʻzsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yordam koʻrsatish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududiga qonunga xilof ravishda kirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik muassasasi joylashgan davlat sudining (vakolatli organining) bajarilmagan shartnoma majburiyatlari mavjudligi yoki boshqa asoslar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chiqib ketishini taqiqlash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar yashirilgan yoki bila turib yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan mablagʻlarning oʻrnini qoplash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida boshqa zarur yordam koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va koʻmaklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan, odam savdosidan jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlanganlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishiga koʻmaklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa, ularning shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻradi hamda konsullik yigʻimlarini va boshqa yigʻimlarni undirmasdan ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari haqida maʼlumotlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlanganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Vizalarni rasmiylashtirish va berish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtish uchun vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va beradi, bundan elektron vizalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasining ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan yoxud bedarak yoʻqolgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.01.00 Umumiy masalalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.12.01.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha chet el sudlarining qarorlarini ijro qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ushlab turilganligi, qamoqqa olinganligi, maʼmuriy qamoqqa olinganligi yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari orqali fuqaro (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, yashash joyi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi) toʻgʻrisida, shuningdek ish holatlari haqida axborot oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mazkur fakt toʻgʻrisida konsullik muassasasining boshligʻini, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini tegishli yuridik yordam bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan uchrashish uchun choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yoʻllangan xat-xabarlar va posilkalarning topshirilishiga xalqaro huquq va konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlari yoʻl qoʻyadigan doiralarda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan shaxsan uchrashuv chogʻida bunday fuqaroga nisbatan xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalar qoidalariga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga rioya etilayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining huquqlari buzilayotgan boʻlsa, konsullikning mansabdor shaxsi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, oʻz vakolatlari doirasida huquqlarni tiklash yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlarida yoʻl qoʻyiladigan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur hollarda va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi qaysi davlatda jazoni oʻtayotgan yoki sud qarorining ijro etilishini kutayotgan boʻlsa, oʻsha davlatning hokimiyat organlariga afv etish, muddatidan ilgari ozod qilish yoxud sud qarorini ijro etishni toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma bilan, agar Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro bunday choralar koʻrilishiga qarshi eʼtiroz bildirsa, tiyilib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining bedarak yoʻqolgan, tegishli konsullik okrugi hududida turgan boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlgan fuqarolarini qidirishda yordam koʻrsatilishini soʻrab konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlariga darhol murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining topshiriqlarini bajarishga taalluqli funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xususidagi topshiriqlarini Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki, agar bunday shartnomalar mavjud boʻlmasa, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday boshqacha tartibda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish boʻyicha funksiyalar konsullik muassasasi tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasidagi saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkasini (referendum uchastkasini) saylov okrugiga (okrugga) qayd etish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi (uchastka komissiyasi) raisining vazifalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini (referendum uchastkasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxatini) tuzish uchun maʼlumotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarning roʻyxati (ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxati) bilan tanishish joyi va vaqti haqida saylovchilarni (fuqarolarni) xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) tuzilganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlarini rasman xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Konsullikning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish yuzasidan funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, fuqarolik holatini Oʻzbekiston Respublikasida qayd etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan dalolatnomalar yozuvlariga oʻzgartishlar, tuzatishlar hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, dalolatnomalar yozuvlarini qayta tiklash haqidagi, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi hamda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsiga murojaat etgan shaxslardan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari, basharti fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsullik muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga zid boʻlmasa, hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.04.00 Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy maqomi (nikoh shartnomasi);
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirish siriga rioya etishi shart. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish sirining oshkor etilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz nomiga va oʻz nomidan, oʻzining xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi hollarda notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday harakatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlarga ega boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga nomuvofiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlardan ularning qalbakilashtirilganligi aniq koʻrinib turgan boʻlsa yoki bu haqda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga nomuvofiq deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi toʻgʻrisida konsullikning mansabdor shaxsi murojaat etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay qaror chiqaradi va uni notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat etgan shaxsga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va boshqalarni) tasdiqlash, bundan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) meros qilib qoldirilgan mol-mulkni qoʻriqlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasida notarial ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi. Zarur hollarda hujjatlar boshqa tillarda ham rasmiylashtirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida davlat tili boʻlib oʻzbek tili hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish hujjatlardagi hamda dalolatnomalardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatni yoki dalolatnomani imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini hamda bu hujjatlar va dalolatnomalarning konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiqligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir. Konsullik tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi muassasalari va tashkilotlari chet davlatning muassasalari hamda tashkilotlaridan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni ular konsullik tomonidan legallashtirilgan taqdirdagina, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hamda muassasalari va tashkilotlaridan mazkur hujjatlar va dalolatnomalar joʻnatiladigan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugidagi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida tuzilgan yoki ushbu hokimiyat organlaridan joʻnatiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elning rasmiy hujjatini legallashtirishni amalga oshirishi uchun mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi yoki boshqa tillardagi notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar va dalolatnomalar konsullik tomonidan legallashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mazmuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar va dalolatnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatga yoki ushbu hujjatga biriktirilgan varaqqa apostil qoʻyilgan boʻlsa, bu hujjatni legallashtirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi apostil qoʻyilgan hujjatlarni, agar apostil Oʻzbekiston Respublikasi bilan munosabatlarda chet elning rasmiy hujjatlarini legallashtirishga doir talabni rad etadigan Konvensiya qoʻllaniladigan chet davlatning vakolatli organi tomonidan qoʻyilgan boʻlsa, qabul qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son “Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Hujjatlarni talab qilib olish yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning arizalari boʻyicha konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar va tashkilotlardan fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maʼlumoti haqidagi, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda arizachilarning huquqlari va manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning arizalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushadigan soʻrovlari boʻyicha konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlaridan arizachilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli hujjatlarni talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasining farzandlikka olingan voyaga yetmagan fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlgan voyaga yetmaganlar, Oʻzbekiston Respublikasining muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini farzandlikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning iltimosiga koʻra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan sud tartibi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi konsullik okrugi hududida ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlib qolganligi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga koʻmaklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi havo, dengiz va daryo kemalariga, shuningdek avtomobil va temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning aeroportlarida Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yoʻlovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar hamda immunitetlar berilishini kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yoʻlovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari bilan munosabatlarda yordam koʻrsatishi, shuningdek zarur boʻlgan taqdirda havo kemasi, uning ekipaji va yoʻlovchilarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoki parvozni davom ettirish choralarini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasining aeroportga uchib kelishiga, undan uchib ketishiga va havo kemasining aeroportda turishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasida yuz bergan hodisalarning holatlarini aniqlashtirish, havo kemasining komandiridan, ekipaji aʼzolaridan va yoʻlovchilaridan soʻrab-surishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasi, undagi yuk va reys toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan taqdirda havo kemasi ekipaji aʼzolari va yoʻlovchilarining davolanishini hamda Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatib yuborilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, pochta va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlariga boradigan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarida joʻnatib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalariga taalluqli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan deklaratsiyani yoxud boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik okrugi doirasida havo kemasi falokatga uchragan, qoʻnishga majbur boʻlgan yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasining komandiriga, ekipajiga va yoʻlovchilariga zarur yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi falokatga uchragan yoki qoʻnishga majbur boʻlgan havo kemasini, hodisa xususiyatidan dalolat beruvchi yuklar va ashyoviy dalillarni qoʻriqlash choralarini koʻradi hamda uchish vaqtida yuz bergan hodisani tekshirishda Oʻzbekiston Respublikasining mutaxassislariga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kemasining bortida jinoyat sodir etilgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda havo kemasining komandiriga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar konsullikning mansabdor shaxsida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining muayyan aeroportga kirishi xatarli, nomaqbul boʻlsa yoki mumkin boʻlmasa, konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasi komandirini bu haqda ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi dengiz va daryo kemalariga, avtomobil va temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlari qoidalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz yoki daryo kemasi chet elda olingan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi. Mazkur vaqtinchalik guvohnoma berilgan paytdan eʼtiboran to dengiz yoki daryo kemasi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar, lekin berilgan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnomani rasmiylashtirish uchun arizachi dengiz yoki daryo kemasini olish asoslariga bogʻliq holda hujjatlarni konsullikning mansabdor shaxsiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Konsullik okrugi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda va terrorchilik harakatlari sodir etilganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash yuzasidan konsullikning funksiyalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelgan va terrorchilik harakatlari sodir etilgan zonalarda qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek bu zonalardagi vaziyatning rivoji haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oʻz vaqtida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda yoki ularning vujudga kelish xavfi boʻlganda, shuningdek terrorchilik harakatlari sodir etilganda yoki ularning sodir etilish xavfi boʻlganda konsullik okrugi hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yaqin xavfsiz zonaga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini taʼminlash, shuningdek halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining tanalarini Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Konsullikning sanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik okrugi doirasida karantinli yuqumli kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi kasallik tarqalgan hududning nomini, kasallikka chalinganlar sonini va konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarni koʻrsatgan holda bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Konsullikning fitosanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik okrugi doirasida oʻsimliklar zararkunandalari, oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar, karantin ahamiyatiga ega oʻsimliklar-begona oʻtlar paydo boʻlgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chogʻida oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlarini, pestitsidlar va (yoki) agroximikatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga urugʻliklar, oʻsimliklar, koʻchatlar, yangi meva va sabzavotlarni olib kirish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Konsullikning veterinar himoya sohasiga oid funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik okrugi doirasida hayvonlarning umumiy kasalliklari tarqalishi xavfi boʻlgan yoki tarqalgan, shuningdek inson va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklar tarqalishi xavfi boʻlgan yoki tarqalgan hollarda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chogʻida hayvonlar, chorva mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli veterinariya sertifikatlarini koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga hayvonlarni olib kirish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlari, shuningdek koʻrsatilgan harakatlar amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan undiriladigan yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimlarining tariflari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi boshligʻi yoki diplomatik vakolatxonasi boshligʻi tomonidan koʻrsatilgan yigʻimlar stavkalarini hisoblashning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona uslubiyoti asosida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining boshligʻi va diplomatik vakolatxonasining boshligʻi konsullik yigʻimlarining va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlar oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarning stavkalarini pasaytirishga yoki ayrim shaxslarni bunday yigʻimlarni toʻlashdan ularning arizalariga koʻra, agar ushbu shaxslar tomonidan koʻrsatilgan sabablar aniqlansa va uzrli deb topilsa, ozod qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimlari va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsuli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi faxriy konsulining maqomi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan ayrim konsullik funksiyalarini bajarishni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsuliga (bundan buyon matnda Faxriy konsul deb yuritiladi) topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda munosib ijtimoiy mavqeni egallagan va zarur shaxsiy fazilatlarga ega, shuningdek zimmasiga yuklatilgan konsullik funksiyalarini lozim darajada bajarish imkoniyatiga ega shaxslardan boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ham, chet el fuqarosi ham Faxriy konsul boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy konsul Oʻzbekiston Respublikasining davlat xizmatida turmaydi va oʻz funksiyalarini bajarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasidan biron-bir pul mukofoti olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy konsul Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy konsul oʻz funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki qaysi konsullik okrugi hududida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, oʻsha konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi rahbarligi ostida bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday rahbarlikni Faxriy konsul turgan davlatga qoʻshni yoxud uning oʻzi turgan davlatga yaqin boʻlgan davlatlardan birida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy konsul oʻzi turgan davlat bilan kelishuvga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligi bilan bir vaqtning oʻzida boshqa chet davlatning Faxriy konsuli majburiyatlarini bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Faxriy konsulning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy konsul quyidagi konsullik funksiyalarini bajarishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik okrugi hududida bedarak yoʻqolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qidirish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik okrugi hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning oʻz saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumlarida ishtirok etishga boʻlgan huquqini amalga oshirishda konsullik muassasasi bilan kelishuvga koʻra koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan, ustidan vasiylik va homiylik belgilanishi talab qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik okrugi hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasining havo, dengiz va daryo kemalariga, avtomobil hamda temir yoʻl transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga, shuningdek ularning ekipajlari va yoʻlovchilariga zarur yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida Faxriy konsulning boshqa funksiyalari nazarda tutilishi mumkin.