14.01.2019 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, diniy soha xodimlari, oliy, oʻrta maxsus, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan boy diniy-ilmiy merosini keng targʻib qilish, diniy-maʼrifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son hamda 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son farmonlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzurida Samarqand va Namangan viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega boʻlgan muassasa shaklidagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan boy diniy-ilmiy merosini keng targʻib qiluvchi, diniy-maʼrifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi muassasa shaklidagi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Ziyo” media markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz merosini, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat hamda turli millat va eʼtiqod vakillariga nisbatan bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chuqur falsafiy va ibratga yoʻgʻrilgan ilmiy-ommabop va badiiy koʻrsatuvlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar hamda oilaviy, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalarga oid tok-shoular hamda din sohasi vakillari, soha mutaxassislari va olimlari bilan davra suhbatlari, bahs-munozaralar, muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etish va ularni teleradiokanallarda efirga uzatib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, xususan yoshlarni gʻarazli kuchlar va oqimlarning taʼsiridan asrash, terrorizm va ekstremizm gʻoyalarining asl maqsadlarini fosh etish, har xil oqimlardan, shu jumladan, “ommaviy madaniyat”ning zararli illatlaridan himoya etishga yoʻnaltirilgan maxsus koʻrsatuv va roliklar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Din ishlari qoʻmitasi deb ataladi) va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda mazkur qarorga 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan tuzilmalarga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut va uning mintaqaviy filiallari xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim jarayoniga oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda diniy-maʼrifiy sohadagi yetakchi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ziyo” media markazi xodimlariga Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut va uning mintaqaviy filiallarini saqlash xarajatlarini 2019-yilda ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazida zamonaviy televizion va ovoz yozish uskunalari bilan jihozlangan telestudiya hamda ovoz yozish studiyasini tashkil etish uchun zarur mablagʻlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi faoliyatini saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining tegishli yilga “Madaniyat va ommaviy axborot vositalari” sohasi uchun ajratiladigan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallari ustavlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin va ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, ularni oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va materiallar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi, Markaz va uning mintaqaviy filiallari murojaatlariga asosan ularni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan taʼminlash hamda interaktiv va masofadan oʻqitish uslublarini tatbiq etishi maqsadida keng qamrovli Internet tarmogʻi ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy muddatda Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markaziga uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut va “Ziyo” media markazi Akademiya binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Institutning mintaqaviy filiallarini oʻquv jarayonini tashkil etish uchun mos binolarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

“Ziyo” media markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni — 19 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari soni — 7 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 09/19/25/2470-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)