11.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3118
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda 3118-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom nodavlat umumta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir ta’lim muassasasida Kengash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash a’zolari tegishli ta’lim muassasasi umumiy yig‘ilishida o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zolari tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ta’lim muassasasi direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazilganda yoki bitirib ketganda, Kengashning ushbu a’zosi Kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash a’zosi kengashning yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengashning birinchi yig‘ilishi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli ta’lim muassasasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) bo‘ysunadigan ta’lim muassasalarida Kengashning birinchi yig‘ilishi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ta’lim muassasasida tashkil etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash yig‘ilishida uning umumiy a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash qarorlari a’zolarning teng huquqliligi asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Har bir Kengash a’zosi bitta ovoz huquqiga ega. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash yig‘ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash raisi o‘z vakolatini vaqtinchalik bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash yig‘ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig‘ilish o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ta’lim muassasasi rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash) uchun mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilganligi haqida bayonnomalar yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash faoliyatiga tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi aralashmaydi va unga hisobdor emas.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengashning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki ta’lim muassasasining barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasining tegishli davridagi faoliyati bo‘yicha ta’lim muassasasi direktoridan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasi pedagoglarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash quyidagi vakolatlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3118-1, 27.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasi direktori va direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yig‘imlari undirilmasligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashadi, o‘quvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasasida ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, ta’lim muassasasi direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kengash a’zolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega bo‘lishlariga, ta’lim muassasasi direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash o‘z vakolati doirasiga kirmaydigan ishlarga aralashsa yoki o‘z vazifalarini to‘liq ta’minlay olmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarqatilib yuboriladi. Bunda, Kengashning yangi tarkibi mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan talablar asosida qayta shakllantiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3118-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kengashning faoliyatiga ta’lim muassasasi rahbari, hududiy boshqarmalar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash a’zolari, ta’lim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan Kengashdagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son; 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)