Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlim markazi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2875-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 17-apreldagi 26/qq, 9-q/q, 39-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2875, 2017-yil 21-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 284-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-dekabr,
12/qq-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-dekabr,
31-q/q-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-dekabr,
161-son
Kelishilgan:
Adliya vaziri R. DAVLETOV
2018-yil 12-dekabr,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 12-dekabr,
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 13-dekabr,
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMROYEV
2018-yil 13-dekabr,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 14-dekabr,
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 14-dekabr,
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2018-yil 14-dekabr,
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
2018-yil 14-dekabr,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/2875-1/2466-son)