Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2019 21.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2875
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori, 21.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2875
Кучга кириш санаси
24.04.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2875]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlim markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 12/qq, 31-q/q, 161-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2875-1, 11.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy shtatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga, harbiy-akademik litseylarga, olimpiya zaxiralari kollejlariga, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy shtat meʼyorlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining budjet mablagʻlari va oʻqitishning toʻlov kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar hisobidan joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy shtat meʼyorlari joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv yordamchi xodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim taʼlim muassasalarining shtatlar jadvallarini tuzishda, ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Namunaviy shtatlarida koʻzda tutilmagan lavozimlar va xodimlar soni belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining direktorlari shtat jadvallarini tasdiqlangan Namunaviy shtat meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda moslashtirishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26/qq-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-q/q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi 2017-yil 17-apreldagi 26/qq, 9-q/q va 39-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ShTATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlar nomlanishi

Oʻquvchilar soniga nisbatan

belgilanadigan lavozim birliklari

60
nafargacha

61 — 150

151 — 300

301 — 450

451 — 600

601 nafar
va undan ortiq

1.

Direktor (filial direktori)

1

1

1

1

1

1

2.

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

1

1

1

1

1

3.

Direktorning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari (faqat kasb-hunar kollejlari uchun)

1

1

1

1

1

4.

Direktorning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

0,5

1

1

1

1

5.

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

1

1

6.

Psixolog

0,5

0,5

1

1

1

1

7.

Jismoniy tarbiya rahbari*

0,5

0,5

1

1

1

1

8.

Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari**

1

1

1

1

1

1

9.

Xoʻjalik mudiri

1

1

1

10.

Axborot-kutubxona texnologiyasi boʻyicha yetakchi mutaxassis***

1

1

1

1

11.

Axborot-kutubxona texnologiyasi boʻyicha mutaxassis***

0,5

0,5

0,5

0,5

1

2

12.

Bosh buxgalter

1

1

1

1

13.

Buxgalter****

0,5

0,5

1

1

14.

Oʻquv boʻlimi uslubchisi

0,5

0,5

1

1

15.

Kotib – ish yurituvchi

0,5

0,5

1

1

1

1

16.

Kadrlar boʻyicha inspektor

0,5

1

1

17.

Komendant

1

1

1

1

18.

Ombor mudiri

1

1

1

1

19.

Yuriskonsult

1

1

1

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* yillik oʻquv yuklamasi 400 soat hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** yillik oʻquv yuklamasi 530 soat hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Axborot-resurs markazi tashkil etilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida axborot-kutubxona texnologiyasi boʻyicha lavozimlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** kasb-hunar kollejida oʻquvchilar soni 901 nafar va undan ortiq boʻlganda, 1,0 birlik buxgalter lavozimi qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qoshidagi Axborot-resurs markazlarining xodimlari uchun lavozimlarni kiritish meʼyorlari mazkur Namunaviy shtatlarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari mazkur Namunaviy shtatlarning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Namunaviy shtatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi raisi A. NURIDDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qoshidagi Axborot-resurs markazlarining xodimlari uchun lavozimlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Boʻlim va lavozim nomlari

Axborot-resurs markazining guruhiga* nisbatan belgilanadigan lavozim birliklari

YaTS boʻyicha lavozim razryadi

1-guruh

2-guruh

3-guruh

1.

Axborot-resurs markazi rahbari

1

1

1

10

Elektron axborot-resurs texnologiyalari boʻlimi

2.

Boʻlim boshligʻi**

1

8

3.

Etakchi mutaxassis***

1

1

7

4.

1-toifali muhandis-dasturchi**

1

7

5.

1-toifali mutaxassis***

1

1

1

5

Axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish boʻlimi

6.

Boʻlim boshligʻi

1

8

7.

Etakchi mutaxassis

1

1

1

7

8.

1-toifali mutaxassis

1

1

5

Axborot-resurslarni qabul qilish va fondlarni shakllantirish boʻlimi

9.

Boʻlim boshligʻi

1

1

8

10.

1-toifali mutaxassis

1

1

1

5

Axborot-resurs markazi filiali (shoxobchasi)

11.

Filial rahbari****

1

1

1

9

12.

1-toifali mutaxassis****

1

1

1

5

Jami

12

9

6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Axborot-resurs markazida bir yilda adabiyotlardan (kitoblardan) foydalanuvchilar soni 5 ming kishidan ortiq va koʻrsatilgan axborot-kutubxona xizmati boʻyicha berilgan hujjatlar soni 135 ming va undan ortiq nusxa boʻlsa – 1-guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-resurs markazida bir yilda adabiyotlardan (kitoblardan) foydalanuvchilar soni 2,5 ming kishidan 5 ming kishigacha va koʻrsatilgan axborot-kutubxona xizmati boʻyicha berilgan hujjatlar soni 75 ming nusxadan 135 ming nusxagacha boʻlsa – 2-guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-resurs markazida bir yilda adabiyotlardan (kitoblardan) foydalanuvchilar soni 2,5 ming kishigacha va koʻrsatilgan axborot-kutubxona xizmati boʻyicha berilgan hujjatlar soni 75 ming nusxagacha boʻlsa – 3-guruh hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-resurs markazlari har yili oʻtgan yilgi faoliyati davomida koʻrsatgan xizmatlaridan kelib chiqqan holda joriy yil uchun guruhlarga ajratiladi. Bunda Axborot-resurs markazlarining guruhini belgilash uchun bir yilda haqiqatda Axborot-resurs markazi tomonidan xizmat koʻrsatilgan foydalanuvchilar va ularga koʻrsatilgan axborot-kutubxona xizmatlari boʻyicha berilgan hujjatlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur tasdiqlangan maʼlumotlar taʼlim muassasasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazishda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Axborot-resurs markazida 6 tadan koʻp soz holatdagi kompyuterlar “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻiga ulangan boʻlib, skaner, nusxa koʻchirish va printer uskunalari bilan jihozlangan boʻlsa, mazkur lavozimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Axborot-resurs markazida 3 tadan 6 tagacha soz holatdagi kompyuterlari “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻiga ulangan boʻlib, skaner va printer uskunalari bilan jihozlangan boʻlsa, mazkur lavozimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Axborot-resurs markazining filialining (shoxobchasining) binosi taʼlim muassasasining balansida boʻlib, adabiyotlar (kitoblar) bilan taʼminlangan boʻlsa, mazkur lavozimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-resurs markazi turli xalqaro grantlarda yoki loyihalarda ishtirok etayotgan boʻlsa, 1,0 birlik yetakchi mutaxassis lavozimi qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur Meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Taʼlim muassasalarida alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼlim muassasasida oʻquv yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar soni 150 nafar va undan ortiq boʻlsa, har bir yoʻnalishga 1,0 birlik boʻlim mudiri lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼlim muassasasining oʻquv rejasida oʻquv-laboratoriya amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilish uchun jihozlangan oʻquv-laboratoriya xonasi mavjud boʻlsa, 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasasining lingafon, kompyuter va oʻquv texnika jihozlari oʻrnatilgan xonalariga xizmat koʻrsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va oʻquv texnika jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim muassasasining garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taʼlim muassasasining 2500 kv. m va undan ortiq qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama toʻshalgan maydon 2500 kv. m dan kam boʻlsa, 0,5 birlikdan kam boʻlmagan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim muassasasining mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasining ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim muassasasini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda taʼlim muassasasi hududidan tashqarida joylashgan binolar uchun alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bino, inshoatlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, razetka va karoba) (taʼlim muassasasi balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq boʻlsa, 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, taʼlim muassasasida 2,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
duradgor lavozimi — taʼlim muassasasi binosining foydalaniladigan 3500 kv.m va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (taʼlim muassasasida 1,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshoatlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan taʼlim muassasalarida isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼiy nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida kichik qozonlari bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq boʻlsa, 2,0 birlikdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 dona pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 dona pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taʼlim muassasasida 1,0 birlik muassasa binosiga kompleks xizmat koʻrsatuvchi va binolarni joriy taʼmirlash ishchisi lavozimi doimiy kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, taʼlim muassasasi yotoqxonasida yashovchi oʻquvchilar 75 nafargacha boʻlganda, 1,0 birlik va keyingi har 100 nafar oʻquvchi uchun qoʻshimcha 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xoʻjalik bekasi lavozimi taʼlim muassasasi yotoqxonasida yashovchi oʻquvchilar soni 150 nafar va undan ortiq boʻlganda, 1,0 birlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan har bir lift yoki liftlar guruhiga har bir oʻrin almashish ish vaqtida uchun — 1,0 birlik (biroq, 2,5 oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taʼlim muassasasining har bir alohida joylashgan yotoqxonasida yashovchi oʻquvchilar soni 50 nafar va undan ortiq boʻlsa, ularning har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 3,0 oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) yotoqxona navbatchisi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar apparatlari, ularga boʻysunuvchi tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yengil xizmat avtomashinalari cheklangan miqdorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan taʼlim muassasalari uchun tasdiqlangan oʻquv mashqiga moʻljallanmagan transport vositalarining cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taʼlim muassasasi balansiga kirim qilingan “Barkamol avlod” musobaqasida gʻolib boʻlganlik uchun berilgan transport vositalari uchun taʼlim muassasaning xarajatlar smetasida yoqilgʻi moylash materiallari uchun mablagʻlar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi boʻlib foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim muassasasi oʻquvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini taʼminlash uchun moʻljallangan maxsus avtotransport (avtobus, mikroavtobus) vositasi mavjud boʻlsa, 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taʼlim muassasasi yotoqxonasida 300 nafar va undan ortiq oʻquvchilar istiqomat qilayotgan boʻlsa, 0,5 birlik pasportist lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Chet tili chuqurlashtirilib oʻqitiladigan akademik litseylarda 0,5 birlik chet tillari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yangi tashkil etilayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida direktor, direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri), bosh buxgalter, katta ishlab chiqarish taʼlim ustasi lavozimlari 1,0 birlikdan, jami 4,0 birlik qurilish bitkazilgunga qadar (biroq, 6 oydan oshmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud boʻlgan taʼlim muassasalarida 1,0 birlikdan dezinfektor hamda suzish boʻyicha yoʻriqchi lavozimlari taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akademik litseylarda oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari turli yoʻnalishdagi toʻgarak mashgʻulotlari tashkil etiladigan boʻlsa, har bir toʻgarakda 26 nafar va undan ortiq oʻquvchilar uchun — 1,0 birlik toʻgarak rahbari lavozimi (biroq, 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kasb-hunar kollejining amaliyot oʻtaydigan har bir guruhi uchun — 1,0 birlik ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kasb-hunar kollejida amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilar soni 200 nafardan oshganda, 1,0 birlik katta usta lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kasb-hunar kollejida oʻquv amaliyotida foydalanishga yaroqli jihozlangan ustaxonasi mavjud boʻlsa, 1,0 birlik ustaxona mudiri lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda hisobga olingan taʼlim muassasalarining oʻquv mashqi uchun moʻljallangan har bir soz holatdagi avtotransport vositasi, shu jumladan ushbu maqsadda ijaraga olingan transport vositalari uchun — 1,0 birlikdan avtotransport vositalarini boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi (avtotransport vositasini boshqarishni oʻrgatuvchi) lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kasb-hunar kollejining balansidagi mavjud oʻquv mashqi uchun moʻljallangan soz holatdagi traktor (buldozer, kombayn) texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi (oʻrgatuvchi) lavozimi kiritiladi. Bunda ushbu lavozim traktor, buldozer va kombayn texnikalari uchun alohida kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kasb-hunar kollejida oʻquvchilarning amaliy va oʻquv mashgʻulotlari uchun moʻljallangan taʼlim jarayonida foydalaniladigan soz holatdagi transport vositalari va texnikalari (avtotransport vositalari, traktorlar, buldozer, kombaynlar) 10 ta va undan ortiq boʻlsa, 1,0 birlik mexanik lavozimi kiritiladi. Qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida mexanik lavozimi bir vaqtning oʻzida garaj mudiri boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qurilish, texnika (sanoat) va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadigan kasb-hunar kollejlarida asbob-uskunalar ombori mavjud boʻlganda, 1,0 birlik jihozlar boʻyicha omborchi lavozimi qoʻshimcha kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kasb-hunar kollejida oʻquvchilarning amaliy va oʻquv mashgʻulotlari uchun moʻljallangan taʼlim jarayonida foydalaniladigan soz holatdagi jihozlar (stanoklar, mashinalar, tikuv mashinalari, tibbiyot texnikalari) mavjud boʻlganda 30 ta jihozga 1,0 birlik taʼmirlovchi-chilangar lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Madaniyat, musiqa va sanʼat taʼlim muassasalari balansida mavjud musiqa cholgʻularini taʼmirlovchi usta lavozimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 16 ta klavishli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 30 ta torli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 30 ta damli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 16 ta elektron musiqa cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 30 ta xalq cholgʻulari uchun — 1,0 birlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 50 ta urma zarbli cholgʻular uchun — 1,0 birlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Taʼlim muassasasi balansida mavjud 16 ta soz holatdagi klavishli musiqa cholgʻulari (royal, fortepiano, pianino va boshqalar) uchun — 1,0 birlik hisobidan musiqa cholgʻularini sozlovchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Taʼlim muassasalarida ijrochilik yoʻnalishlari mavjud boʻlib, alohida liboslar uchun xona ajratilgan boʻlsa, 1,0 birlik liboschi (kiyim saqlovchi, kastyumer) lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Madaniyat, sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarida musiqa cholgʻulari, ovoz yozish va yoritish uskunalari bilan jihozlangan xonalar mavjud boʻlsa, 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Madaniyat, sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarida ovoz yozish studiyalari, estrada yoʻnalishlari mavjud boʻlganda, 1,0 birlik ovoz operatori lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Madaniyat, sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchilar amaliy-ijodiy ishlarini (konsert dasturi, tadbir, spektakl va boshqalar) tartibga solish va nazorat qilish uchun — 1,0 birlik badiiy rahbar lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼlim muassasasida toʻlov kontrakt asosida qabul qilingan oʻquvchilar soni 90 nafar va undan ortiq boʻlsa, 0,5 birlikdan boʻlim boshligʻi va buxgalter lavozimlari budjetdan tashqari toʻlov kontrakt mablagʻlari hisobidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Meʼyorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga taʼlim muassasalarining asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻquvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shtat jadvalini tuzishda taʼlim muassasasining yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatda mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi va u oʻquvchilar soni oʻzgarishi bilan yilning 1-sentabr holatiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 284-modda)