Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3113]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
2-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan buyon matnda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
bitimlarni tasdiqlaydi;
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
ijro xatlarini yozadi;
veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
dengiz protestlarini amalga oshiradi;
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin.
2. Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak boʻlgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) yozma koʻrsatmasiga asosan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
Keyingi tahrirga qarang.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Notarius notarial harakat amalga oshirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
5. Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni amalga oshirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari va yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va notarial harakatni amalga oshirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
8. Notarial harakatlar murojaat etuvchilar tomonidan notarius ishtirokida imzolanadi hamda maxsus moslamalarda ularning kamida ikkita barmoqlari izlari skaner qilinadi.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qoʻygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan hujjatlarda muhr boʻlishi talab qilinmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli.
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
10. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirigʻi asosida notarial idoraning boshqa xodimi tomonidan ham tuzilishi mumkin.
12. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va STIRi koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
14. Notarial tasdiqlangan hujjatdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻgʻri yoki imlo xatolari bilan yozilgan boʻlsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
15. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
16. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yoʻriqnomaning 14-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
17. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar Tizimga kiritiladi.
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Bitta hujjatning bir nechta nusxasi toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, ular bitta tartib raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi koʻrsatiladi.
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
18. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalar va ishonchnomalardan ham ular yoʻqolgan taqdirda dublikatlar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) berilishi mumkin.
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosxoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxoʻrlarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining qaroriga (ajrimiga) yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrdan koʻchirma beradi. Bunda 2019-yil 1-yanvarga qadar amalda boʻlgan reyestrlarning (reyestr kitoblarining) koʻchirma nusxalari berilib, asl nusxalarini berish man etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
19. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar ularning roʻyxati tuzilgan holda bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga tikiladi va notarial idora yigʻmajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
agar mulkdor oʻziga qarashli koʻchmas mulk yoki uning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar koʻchmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;
umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
ijara shartnomalari tasdiqlanganda;
garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilganda;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganda;
yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) koʻchmas mulk va avtomototransport vositasi kiritilganda;
avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;
mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining yer uchastkasining maydoni yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda murojaat etgan shaxsning iltimosiga binoan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga beradi va Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi.
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
shikoyat qilish muddati va tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bajarilayotgan notarial harakat, shu jumladan notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlarning miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng amalga oshiriladi.
(22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) asosan birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitimlar davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
23. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Mazkur Yoʻriqnoma 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining ikkinchi va oʻn birinchi xatboshilari hamda 88-bandida nazarda tutilgan hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini majburiy audio va video qayd etiladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini audio va video qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini Tizimda skaner qilish jarayoni toʻliq audio va video qayd etilishi lozim.
Audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusxalari DVD disklarga yoziladi hamda davlat notarial idorasining temir javoni yoki seyflarida alohida paketlarda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektron axborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda tekshirib koʻrilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yigʻma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
2-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
24. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
bitim predmeti uni boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
bitim predmeti boshqa shaxsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan kartochka raqami);
bitim predmetining inventar qiymati (agar mavjud boʻlsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar roʻyxati (oldi-sotdi shartnomalarida);
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulklar boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
bitim necha nusxada tuzilganligi;
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib shaxsan imzolaydilar.
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
25. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
26. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimlar tuzishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarni (mol-mulkni ijaraga berish va undan tekin foydalanish shartnomalarini bekor qilish haqidagi bitimlar bundan mustasno) tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida maʼlumotnoma belgilangan miqdordagi toʻlov undirilgandan soʻng beriladi.
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, yaʼni bitimda koʻrsatilgan maʼlum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.
29. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tasdiqlashda er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning notarial idoraga shaxsan oʻzi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos boʻladi: fuqaroning pasporti, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar. Ushbu ariza koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Agar umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan boʻlsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni oʻz ulushini boshqa shaxsga haq evaziga oʻtkazayotganligi toʻgʻrisida, ulushning narxini va sotishning (toʻlov majburiyatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va boshqa) shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmogʻi zarur.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
31. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti boʻla oladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari koʻrsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan oʻzlari kelib imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan boʻlsa, uning bir nusxasi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qoʻyiladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qoʻyiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
32. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari toʻgʻrisida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning imtiyozli sotib olish huquqiga ega boshqa ishtirokchilari doimiy propiskada boʻlmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili nomaʼlum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-maʼlumotlar byurosi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli maʼlumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar umumiy ulushli mulk mulkdorlaridan biri vafot etgan boʻlsa, notarius sotuvchidan uning oʻlim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius Tizim orqali umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxoʻrlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga koʻra umumiy ulushli mulk mulkdori boʻlishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi toʻgʻrisida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda meros ishi ochilganligi toʻgʻrisida Tizimda maʼlumot boʻlmagan taqdirda notarius tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
33. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan ulush boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
34. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim matnida mulkning aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham koʻrsatiladi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berilganda, mazkur Yoʻriqnomaning 30 — 34 va 43-bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish alohida kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va hokazo) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Tizim orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (bundan buyon matnda kadastr maʼlumotnomasi deb yuritiladi) olinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan buyon matnda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
37. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
2-§. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
38. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
39. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar);
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma;
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
koʻchmas mulk yoki uning bir qismi auksionda sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori (2018-yil 18-mayga qadar);
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi (2018-yil 18-maydan boshlab);
koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma;
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
40. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 39-bandida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
kadastr maʼlumotnomasi;
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
turar joyda doimiy propiskada boʻlgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;
koʻchmas mulk yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali kommunal xizmati tashkilotlaridan qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 6-ilovasida koʻrsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 400 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
42. Kadastr maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoki uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek koʻchmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi boʻlmagan qismini qayta taʼmirlab, yashash xonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.
Kadastr maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimda ularning maydoni kadastr maʼlumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.
43. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi mulkdori tomonidan ushbu mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri koʻchmas mulk yoki uning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim matnida ushbu mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibini faqatgina quyidagi hollarda koʻrsatib oʻtishi mumkin:
umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlganda;
sudning mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi sud hujjati mavjud boʻlganda.
Notarius bitim matnida ushbu koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv ushbu mulkning aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda kadastr maʼlumotnomasi talab qilinadi.
Bitim taraflariga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
44. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuv, agar koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Agar ulushlarning oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida ruxsatnomasini yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini, shuningdek kadastr maʼlumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.
Koʻchmas mulk yoki uning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
45. Qurib bitkazilmagan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsati (turar joylar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr maʼlumotnomasi;
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki sogʻligʻi boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy taʼminotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy taʼminotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi boʻla olmaydi.
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining koʻchmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruxsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
48. Davlat tashkilotlariga qarashli koʻchmas mulk yoki uning bir qismi sotib olinishi bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 40-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organlarining roziligi;
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
baholovchi tashkilotning hisoboti.
Bunda obyektning qoldiq qiymati Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan taqdirda shartnoma notarial tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash mazkur Yoʻriqnomaning 40-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Yuridik shaxsga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda koʻchmas mulk yoki uning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot ham talab etiladi.
50. Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlari va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalarini notarial tasdiqlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar oluvchi tomon:
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Toshkent shahri hududida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining (bundan buyon matnda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida doimiy propiska qilingan boʻlsa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Bunda notarius:
Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida doimiy propiska qilingan shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida Toshkent shahri hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
(50-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
Keyingi tahrirga qarang.
51. Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlari va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalarini notarial tasdiqlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar oluvchi tomon:
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida doimiy propiska qilingan boʻlsa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Bunda notarius:
Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida doimiy propiska qilingan shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
(51-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
Keyingi tahrirga qarang.
52. Roʻyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Bunda ushbu maʼlumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;
yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan yangi qurilgan narxi shartnoma tuzilgan sanadagi eng kam oylik ish haqining 3 300 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda.
Bunda yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi (tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida) vujudga kelgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi;
yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan koʻchmas mulk uchun shartnoma tuzilgan sanadagi eng kam oylik ish haqining 3 300 baravaridan kam boʻlmagan pul mablagʻlarini sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Mazkur Yoʻriqnoma 54-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
56. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 40-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi, hadya shartnomalari;
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining roziligi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan (vafot etgan shaxslar, bundan mustasno) shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan yozma roziligi, (agar xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(56-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirmasi (nusxasi olib qolinib asli qaytarib beriladi).
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlash
57. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
mulkdorning roziligi (agar mulk xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʻlsa);
inventarizatsiya dalolatnomasi;
baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi boʻlgan hollarda);
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati toʻgʻrisidagi xulosasi;
taraflar tomonidan tuzilgan, koʻrib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) roʻyxati;
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi haqidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs boʻlgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun kadastr maʼlumotnomasi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Mazkur bandning oʻn birinchi va oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi;
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
notarial tasdiqlangan korxonaning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi;
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi haqidagi notariusning guvohnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaning ajratib va boʻlib olinganligi shartnomasi;
korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;
korxonani sotuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining oʻtganligi haqidagi qoʻshimcha kelishuv;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma;
mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar.
Bunda, korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulklari uchun (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi:
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.
59. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxonani boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
60. Korxonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
shartnomaning nomi;
shartnoma imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
sotilayotgan korxonaning joylashgan yeri (pochta manzili);
korxona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;
sotuvchining korxonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
sotilayotgan korxonaning tarkibi;
korxona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;
sotilayotgan korxonaning bahosi;
sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;
korxona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumot;
taraflar oʻrtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot;
korxonani sotish shartnomasidan paydo boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi va uning tartibi;
topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korxonani topshirish tartibi va muddati;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482, 486, 489 — 496-moddalari talablari tushuntirilganligi;
taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;
shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;
qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
4-§. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
61. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros yoki hadya (mukofot) qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
62. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga koʻra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp yoki maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi.
63. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
bitimning nomi;
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
taraflar oʻrtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilganligi;
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
bitim necha nusxada tuzilganligi haqidagi maʼlumotlar;
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatidan oʻtkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Taraflarning ixtiyoriga koʻra shartnomada qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
64. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.
65. Jismoniy shaxslar oʻrtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
(65-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan boʻlsa — merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxoʻrlarga berilgan boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxoʻrlar yoki ularning vakillari ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
66. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);
taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Yuridik shaxsga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda avtomototransport vositasining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot ham talab etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
67. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini sotish bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish avtomototransport vositasining qoldiq qiymati Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan taqdirda shartnoma notarial tartibda tasdiqlanadi.
Bunda mazkur Yoʻriqnomaning 66-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlsa) ham talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash
68. Garov (ipoteka) shartnomasini tasdiqlash uchun notarius quyidagilarni talab qiladi:
garov (ipoteka) narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
kadastr maʼlumotnomasi (koʻchmas mulklar uchun);
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar) nusxasi;
garovga (ipotekaga) qoʻyilgan mol-mulkning garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(68-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga garovga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
garov (ipoteka) narsasi ashyoviy huquq boʻlgan (xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mazkur bandning uchinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
69. Garov (ipoteka) shartnomasini tasdiqlashda davlat boji shartnoma summasidan, yaʼni garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan narsaning bahosidan olinadi.
70. Garov (ipoteka) shartnomalarini tasdiqlashda notarius garovga (ipotekaga) qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyadi.
71. Garov (ipoteka) shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnomaning nomi;
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
garovga (ipotekaga) oluvchi bilan garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi haqidagi toʻliq maʼlumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
garov (ipoteka) narsasi boʻlgan mol-mulk garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va garovga (ipotekaga) qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining nomi;
agar garov (ipoteka) narsasi garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga ijara huquqi asosida tegishli boʻlsa, ijara muddati;
garov (ipoteka) narsasining baholanganligi haqidagi maʼlumot;
garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
agar garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
agar garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
majburiyat koʻrsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
garov (ipoteka) narsasining navbatdagi garovga (ipotekaga) qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi, boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi bilan garovga (ipotekaga) oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida maʼlumot;
shartnoma nusxalarining soni;
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi maʼlumot ham ushbu shartnoma matnida koʻrsatib oʻtilishi lozim.
72. Garov narsasini almashtirish zaruriyati tugʻilgan hollarda, garov narsasi garovga (ipotekaga) oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius garovga (ipotekaga) oluvchining garov narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning arizasi asosida garov narsasini almashtirish toʻgʻrisida bitimni tasdiqlaydi.
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan garov (ipoteka) shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
73. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Koʻchmas mulk ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
ijaraga berilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaxslar haqida ichki ishlar organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftaridan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
mulkdorning ijaraga berilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila aʼzolarining (eri (xotini) va ularning farzandlari) roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar:
koʻchmas mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan turar joy ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;
(74-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi ham talab etiladi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda kreditorlarga berilgan xabarnoma talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qoʻshimcha ravishda yuridik shaxs vakolatli organlarining koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) talab etiladi.
7-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash
76. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi (avtomototransport vositalari uchun).
Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
77. Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 74-75-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilinadi.
8-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash
78. Lizing shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) toʻgʻrisidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
lizing obyektini sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan boʻlishi kerak);
(78-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan boʻlishi kerak).
(78-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
79. Lizing shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
shartnomaning nomi;
shartnoma imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
lizing obyektining tavsifi (lizing obyektining miqdori, sifati, roʻyxati, qiymati va boshqalar);
lizing toʻlovlarining umumiy summasi, yaʼni shartnoma bahosi;
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bogʻliq majburiyatlari;
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va taʼmirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul taraf.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
80. Lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli boʻladi.
81. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
9-§. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash
82. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
83. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻgʻrisidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;
debitor va kreditorlar roʻyxati;
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv maʼlumotnomasi;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi.
10-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
84. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
85. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi boʻyicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini taʼminlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
86. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz olgan shaxs tomonidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga koʻra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish toʻgʻrisidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76 — 80-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq ijro xatini yozadi.
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
11-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
87. Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablarini koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida qayd etadi.
Shuningdek, vasiyatnoma matnida vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va doimiy propiska qilingan manzili yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.
89. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
90. Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan ogʻzaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan manzilni koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxfiy vasiyatnoma Tizimda qayd etilib, vasiyatnomalar turadigan yigʻmajildda saqlanadi.
91. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga belgi qoʻyadi va Tizimga bu xususda maʼlumot kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida bu nusxaga ham yozib qoʻyiladi.
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomaga oʻzgartirish kiritilganligi yoki uni bekor qilinganligi toʻgʻrisida Tizimga maʼlumot kiritadi.
92. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning hamda uni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy propiska qilingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Notarius tomonidan shu kunning oʻzida Tizimga ushbu vasiyatnoma haqidagi maʼlumot kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.
12-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash
94. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida qayd etib qoʻyiladi.
95. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
96. Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bogʻliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.
97. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
98. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
99. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
100. Notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida koʻrsatib oʻtishi lozim.
101. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, taʼmirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak.
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma tasdiqlanganda asosiy ishonchnoma notarial idorada olib qolinadi va mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi.
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan ayrim vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish haqida ishonchnoma tasdiqlanganda esa asosiy ishonchnomaga qanday vakolatlar boshqa shaxsga ishonib topshirilganligi haqida belgi qoʻyilib, undan nusxa olinadi.
102. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga (boshqa notarial idora tomonidan bekor qilingan hollar bundan mustasno) belgi qoʻyiladi va Tizimga maʼlumot kiritiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
103. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnoma va ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatlar notarial idoraga kelib tushgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Tizimga maʼlumot kiritiladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan ishonchnomani tekshirib koʻrishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda ishonchnoma oluvchiga va ishonchnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
13-§. Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish
104. Meros mol-mulkini qoʻriqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qoʻriqlanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
yashash joyi maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qiladi;
oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
meros mol-mulkini qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
meros boʻlib qolgan mol-mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisida merosxoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
105. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar oʻz xohishlari bilan roʻyxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina notarius ushbu mol-mulkni roʻyxatga oladi.
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni roʻyxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosxoʻrlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan daʼvo bilan sudga murojaat etish yoki daʼvoni taʼminlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.
Agar roʻyxatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi toʻgʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
106. Roʻyxatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
meros mol-mulki toʻgʻrisidagi xabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
roʻyxatga olish sanasi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
roʻyxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
dalolatnomada koʻrsatilgan barcha mol-mulklarning batafsil tavsifi.
107. Roʻyxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxoʻrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga koʻra roʻyxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
108. Koʻchmas mulklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan yoki baholovchi tashkilotlar, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
109. Roʻyxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Qoʻshnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga daʼvo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulkini saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxoʻrlarga beriladi.
110. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablagʻlari merosxoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisobraqamiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
111. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qogʻozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.
Eng kam ish haqining oʻn baravaridan kam boʻlgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
112. Agar roʻyxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosxoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxoʻrlar boʻlmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
113. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga realizatsiya uchun topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
114. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.
115. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyxatga olinadi va merosxoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
116. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltigʻi va portlovchi moddalar maxsus roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga topshiriladi.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
117. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faxriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila aʼzolarida qoldiriladi yoki merosxoʻrlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
118. Mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, noyob sanʼat asarlari, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiritiladi.
119. Merosxoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga kiritilishi toʻgʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
120. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, musiqa asboblari, tibbiy anjomlar va hokazo) roʻyxatga olinishi shart.
121. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyxatga olinib, merosxoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qoʻyadi.
122. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda, notarius meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
123. Notarius meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga oʻtkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkini saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkini saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
124. Notariuslar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulki hisobidan meros mol-mulki bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Qonunlarda meros mol-mulki hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
125. Agar shaxs davlat notarial idorasiga dafn etish boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻgʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular xarajatlarni toʻlashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida merosxoʻrlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish boʻyicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining maʼlumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxoʻrlarni chaqirish boʻyicha eʼlonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qogʻozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
126. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.
Meros ochilgan joy boʻyicha notarius meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qatʼi nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻgʻrisida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxoʻrlarni xabardor qiladi.
14-§. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish
127. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan (doimiy propiska qilingan) joyi hisoblanadi.
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
128. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy boʻyicha davlat notarial idorasiga murojaat etgan merosxoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.
129. Agar meros qoldiruvchining merosxoʻri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa (transmittent), unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha (transmissar) yoki vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi.
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosxoʻrning (transmittentning) merosxoʻrlariga (transmissarlariga) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Bunda notarius vafot etgan merosxoʻrning (transmittentning) barcha meros mol-mulki vasiyat qilingan yoki yoʻqligini, merosxoʻrlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.
Masalan, 2010-yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Ahmedovga tegishli meros mulkiga uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2011-yilda Sirdaryo viloyatida vafot etgan farzandining merosxoʻrlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
130. Merosxoʻrlardan biri yoki uning vakili meros qoldiruvchining vafot etganligi haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma bilan meros ochilgan joydagi notariusga murojaat etgan kunning oʻzida notarius Tizim orqali meros qoldiruvchining mol-mulkiga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi.
Meros ishi ochilmagan taqdirda murojaat etgan merosxoʻr yoki uning vakilidan merosxoʻrlar doirasi koʻrsatilgan holda meros ishi ochish toʻgʻrisida ariza olinadi va notarius Tizimga meros ishini ochish boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi. Bu holda, notarius merosxoʻr yoki uning vakilining shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Notarius meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Vasiyatnomaning mavjudligi, oʻzgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.
Notarial idoraga shaxsan kelgan merosxoʻrlardan merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar oladi.
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosxoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxoʻrga esa arizani notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari yoxud Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosdan voz kechish arizalarida meros tarkibi koʻrsatilmaydi va notarial tartibda tasdiqlanadi. Bunday arizalarni tasdiqlashdan oldin muqaddam ushbu merosxoʻr tomonidan merosdan voz kechish arizasi berilgan yoki yoʻqligi Tizim orqali tekshiriladi. Agarda merosxoʻr tomonidan muqaddam voz kechish arizasi berilgan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1147-moddasining toʻrtinchi qismi talablari tushuntirilgan holda rad etiladi (voz kechish arizasida merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechayotganligi aniq koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
Meros qoldiruvchining eridan (xotinidan) olingan merosdan voz kechish arizasida meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan oʻz ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda voz kechayotganligi koʻrsatiladi.
131. Davlat notarial idorasiga murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasiga asosan meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan oʻz ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda meros qolgan mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish haqida ariza olinadi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
132. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham u meros olishga chaqiriladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxoʻr deb hisoblanmaydilar.
133. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berilishini soʻrab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bilan aniqlanadi.
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda notarius meros qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqi ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz merosxoʻrlari mavjudligini aniqlaydi.
Mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:
meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar;
meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar.
Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.
134. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar majburiy ulushga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxoʻrlarning xohishi boʻyicha) merosxoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
135. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berishda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosxoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.
Vasiyatnomada vasiyat qiluvchi meros sifatida turar joyni oladigan merosxoʻr zimmasiga turar joyni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga umrbod foydalanish uchun vasiyat majburiyati koʻrsatilgan boʻlsa notarius vasiyatnoma boʻyicha meros boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida turar joydan umrbod foydalanish huquqiga ega shaxs haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi.
136. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishda notarius qoida tariqasida quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
meros qoldiruvchining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash (doimiy propiska qilingan) joyi haqidagi ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma yoxud uy daftaridan koʻchirma;
meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
merosxoʻrlarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. oʻzgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;
merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
meros qoldiruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma.
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechtasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosxoʻrlar shaxsan oʻzlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu ariza notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
137. Agar meros mulki tarkibiga ov miltigʻi kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxoʻrdan talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
138. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvaragʻining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qogʻozlar turi sifatida aksiyalar balki toʻliq shirkat, kommandit shirkat, qoʻshimcha masʼuliyatli yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi aʼzosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (aʼzoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning taʼsis hujjatlari yoki bu haqda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, notarius koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim.
139. Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, fermer xoʻjaligi mulkiy kompleks sifatida merosxoʻrlarga oʻtadi.
140. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining maʼlumotnomasini talab qiladi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.
141. Agar meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish toʻxtatib turiladi. Garov (ipoteka) shartnomasi asosida meros mol-mulkiga taqiq qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan taqiq bekor qilinmagan holda merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilishi mumkin.
142. Merosxoʻrlarning xohishiga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning barchasiga bir nusxada beriladi.
143. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxoʻrlarning doimiy propiska qilingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
144. Notarius tomonidan berilgan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mol-mulklari boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.
Boshqa mol-mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berishda ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxoʻrlar murojaat qilganda, ular ham umumiy asoslarda qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritiladi.
145. Baʼzi bir merosxoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
146. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
147. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini hamda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
148. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan umumiy mulk koʻrsatiladi, merosxoʻr norozi boʻlgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxoʻrlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
149. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.
150. Notarius koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida, DYHXX organlarida roʻyxatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
151. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi.
152. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
153. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
154. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
155. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
156. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki koʻchirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
17-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash
157. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
158. Tarjima notariusga maʼlum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus maʼlumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
159. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning toʻgʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, yaʼni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
18-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
160. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
161. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
19-§ Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
162. Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning xati yoki shaxsning arizasiga koʻra ushbu yigʻilishda qatnashadi.
Bunda notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini Tizim orqali tekshiradi.
163. Notarius yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
164. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish bayonnomasiga asosan yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
165. Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning notariusga murojaat qilgan vaqtda muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
166. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
21-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
167. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdigʻi sifatida guvohnoma beradi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
168. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.
22-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
169. Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
170. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
171. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yoʻq boʻlsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yigʻmajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
172. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish
173. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini ularning arizalariga koʻra boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qoʻyilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
174. Notarius notarial harakatlar bilan bogʻliq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorga arizani topshirish, koʻchmas mulkni imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
175. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻyilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Ariza va (yoki) boshqa hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining davlat notarial idorasida qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan raqami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
176. Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
24-§. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
177. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
178. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
179. Notariuslar pul summalari va qimmatli qogʻozlarni hududiy adliya organi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
180. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (taʼsischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
181. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyxati;
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
182. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.
183. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqidagi arizalar notarial tartibda tasdiqlanadi.
Tasdiqlov yozuvida pul summalarining qabul qilinganligi koʻrsatiladi.
Depozitga qimmatli qogʻozlar qabul qilinganda arizada qimmatli qogʻozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
184. Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar olinganligi toʻgʻrisida kreditorni xabardor qiladi.
Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil notariusga maʼlum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻgʻrisida notarius ogohlantiradi.
185. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
186. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi.
187. Notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya organiga kreditorlarning roʻyxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
188. Hududiy adliya organi notariusning xati asosida pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasini yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
189. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
190. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar hududiy adliya organlarining mulki hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
191. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
25-§. Ijro xatlarini yozish
192. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
193. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
194. Ijro xati olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
195. Ijro xati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
196. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi, ijro xatining qaysi hujjat asosida berilganligi;
undirib oluvchining nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi);
qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi);
Keyingi tahrirga qarang.
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
197. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
198. Bir xil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida davlat notarial idorasida qarzdorlarning roʻyxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro yozuvi boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-§. Vekselni protest qilish. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
199. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
200. Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
201. Toʻlanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel boʻyicha toʻlash vaqti oʻtgan kunning ertasiga topshiriladi.
202. Veksellarga toʻlanmaganlik toʻgʻrisidagi protest notariuslar tomonidan toʻlovchining yashash joyi (joylashgan yeri) boʻyicha yoki toʻlov joyi boʻyicha (domitsillashtirilgan veksellar, yaʼni toʻlash uchun uchinchi shaxsning qoʻlida boʻlgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi koʻrsatilmagan aksept veksellarga protest esa toʻlovchining yashash joyi (joylashgan yeri) boʻyicha solinadi.
203. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda toʻlovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni toʻlovchi shaxs) vekselni toʻlash yoki vekselni akseptlash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyadi.
Agar toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlagan taqdirda notarius unga protest qoʻymay, vekselni uni toʻlagan shaxsga qaytaradi, vekselning oʻziga toʻlov va belgilangan forma boʻyicha tegishli boshqa summalar olinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi.
Agar toʻlovchi oʻtkaziladigan vekselga aksept toʻgʻrisida belgi qoʻydirgan boʻlsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
204. Toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi, shuningdek vekselning oʻziga u toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qoʻyadi.
205. Toʻlovchining qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan taqdirda vekselga toʻlov yoki aksept toʻgʻrisidagi talab qoʻyilmagan holda protest solinadi, yaʼni protest toʻgʻrisidagi dalolatnomaga tegishli belgi qoʻyiladi.
206. Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni Tizimda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
27-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
207. Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi.
Roʻyxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
208. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
209. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
210. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
211. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
212. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
3-bob. Yakuniy qoida
213. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 2010-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 160-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 19-iyuldagi 148-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-2, 2010-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 245-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 2010-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 373-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-4, 2011-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 439-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-5, 2012-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 239-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-6, 2012-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 360-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 2013-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 533-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 155-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-8, 2014-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 294-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 2015-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 123-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 22-dekabrdagi 376-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-10, 2015-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 636-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 2016-yil 12-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 569-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 2016-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 606-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-13, 2017-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 240-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 566-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 900-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-16, 2018-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 3-son, 49-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-17, 2018-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 8-son, 149-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son; 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son; 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son; 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son; 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 05.11.2021-y., 10/21/3113-7/1026-son; 28.11.2022-y., 10/22/3113-8/1042-son; 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)