04.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3113
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3113]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediator vazifasini bajaradi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalillarni taʼminlaydi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatlarini yozadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dengiz protestlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa notarial idorada amalga oshiriladi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan notarial idorada bajarilishi kerak boʻlgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) yozma koʻrsatmasiga asosan belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (identifikatsiya ID-kartasi);
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (identifikatsiya ID-kartasi) yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (identifikatsiya ID-kartasi).
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Notarial harakatlarni amalga oshirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JSHSHIR deb yuritiladi) kiritilishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga (identifikatsiya ID-kartasiga) ega boʻlgan fuqarolari;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (identifikatsiya ID-kartasiga) ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSHSHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSHSHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSHSHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz (identifikatsiya ID-kartasisiz) va yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi) Tizimga kiritilishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notarius notarial harakat amalga oshirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni amalga oshirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va notarial harakatni amalga oshirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Notarial harakatlar murojaat etuvchilar tomonidan notarius ishtirokida imzolanadi hamda maxsus moslamalarda ularning kamida ikkita barmoqlari izlari skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qoʻygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va maʼlumotlarni Tizimga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonunchilik talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;
(81-bandning yettinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini xaqiqiyligini shahodatlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi xaqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
(81-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonunchilik talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.
(81-bandning yigirma birinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunchilikka asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
(81-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi xaqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan hujjat qogʻozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning ikkinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra bitimning nusxasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat va uning noyob raqami shubha tugʻdirgan taqdirda notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(81 va 82-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan hujjatlarda muhr boʻlishi talab qilinmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirigʻi asosida notarial idoraning boshqa xodimi tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va STIRi koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notarial tasdiqlangan hujjatdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻgʻri yoki imlo xatolari bilan yozilgan boʻlsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yoʻriqnomaning 14-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar Tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta hujjatning bir nechta nusxasi toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, ular bitta tartib raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan notariuslarga yuborilgan vasiyatnomalar va ishonchnomalardan ham ular yoʻqolgan taqdirda dublikatlar beradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari ularning asl (nusxasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga (meros transmissiyasi boʻyicha) yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosxoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxoʻrlarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining qaroriga (ajrimiga) yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrdan koʻchirma beradi. Bunda 2019-yil 1-yanvarga qadar amalda boʻlgan reyestrlarning (reyestr kitoblarining) koʻchirma nusxalari berilib, asl nusxalarini berish man etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar (Tizimda saqlanishi nazarda tutilgan hujjatlar (maʼlumotnomalar) bundan mustasno) ularning roʻyxati tuzilgan holda bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga tikiladi va notarial idora yigʻmajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mulkdor oʻziga qarashli koʻchmas mulk yoki uning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar koʻchmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) koʻchmas mulk va avtomototransport vositasi kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
(20-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda murojaat etgan shaxsning iltimosiga binoan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga beradi va Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda);
(21-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat qilish muddati va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bajarilayotgan notarial harakat, shu jumladan notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlarning miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng amalga oshiriladi.
(22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) asosan birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Mazkur Yoʻriqnoma 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining ikkinchi va oʻn birinchi xatboshilari hamda 88-bandida nazarda tutilgan hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini majburiy audio va video qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini audio va video qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini Tizimda skaner qilish jarayoni toʻliq audio va video qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusxalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida paketlarda saqlanadi.
(231-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron axborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda tekshirib koʻrilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yigʻma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uni boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boshqa shaxsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan kartochka raqami);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud boʻlsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
(24-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
(24-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar roʻyxati (oldi-sotdi shartnomalarida);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulklar boʻyicha);
(24-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim necha nusxada tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimlar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarni (mol-mulkni ijaraga berish va undan tekin foydalanish shartnomalarini bekor qilish haqidagi bitimlar, koʻchmas mulk hamda transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno) tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, tekshirish natijasi boʻyicha mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida maʼlumotnoma belgilangan miqdordagi toʻlov undirilgandan soʻng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha, shuningdek koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlaridan qarzdorligi mavjud emasligi onlayn rejimda tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, yaʼni bitimda koʻrsatilgan maʼlum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos boʻladi: fuqaroning pasporti, (identifikatsiya ID-kartasi) nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma, oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar. Ushbu ariza koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mulkdorning eri yoki xotini yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notariuslar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshiriladi hamda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan boʻlsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni oʻz ulushini boshqa shaxsga haq evaziga oʻtkazayotganligi toʻgʻrisida, ulushning narxini va sotishning (toʻlov majburiyatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va boshqa) shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmogʻi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti boʻla oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari koʻrsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan oʻzlari kelib imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan boʻlsa, uning bir nusxasi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qoʻyiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari toʻgʻrisida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning imtiyozli sotib olish huquqiga ega boshqa ishtirokchilarining yashash manzili nomaʼlum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur holda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-maʼlumotlar byurosi tomonidan berilgan tegishli maʼlumotnomani notariusga taqdim etishi kerak.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar umumiy ulushli mulk mulkdorlaridan biri vafot etgan boʻlsa, notarius oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshiradi hamda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Notarius Tizim orqali umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxoʻrlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga koʻra umumiy ulushli mulk mulkdori boʻlishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi toʻgʻrisida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga topshiriladi.
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda meros ishi ochilganligi toʻgʻrisida Tizimda maʼlumot boʻlmagan taqdirda notarius tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan ulush boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim matnida mulkning aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlaganida yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berganida, mazkur Yoʻriqnomaning 30 — 34-bandlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti qoidalari qoʻllaniladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish alohida kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va hokazo) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (bundan buyon matnda kadastr maʼlumotnomasi deb yuritiladi) olinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni bekor qilinganligi yoki haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan buyon matnda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilganda yoxud taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning roziligi (agar mulk xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi boʻlgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar tomonidan tuzilgan, koʻrib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi haqidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs boʻlgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun kadastr maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning oʻn birinchi va oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi hamda Tizimda saqlanadi.
(57-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi;
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan korxonaning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
(58-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-4, 10.01.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ajratib va boʻlib olinganligi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani sotuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining oʻtganligi haqidagi qoʻshimcha kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulklari uchun (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxonani boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Korxonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
(60-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining korxonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani sotish shartnomasidan paydo boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi va uning tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korxonani topshirish tartibi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482, 486, 489 — 496-moddalari talablari tushuntirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
(73-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi va Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Koʻchmas mulk ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan turar joyda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar haqida ichki ishlar organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftaridan koʻchirma;
(74-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning ijaraga berilayotgan turar joyda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan voyaga yetgan oila aʼzolarining (eri (xotini) va ularning farzandlari) roziligi.
(74-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(74-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan turar joy ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;
(74-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-maydagi 237-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi ham talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda kreditorlarga berilgan xabarnoma talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi va Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qoʻshimcha ravishda yuridik shaxs vakolatli organlarining koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi (avtomototransport vositalari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 74-75-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Lizing shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) toʻgʻrisidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan boʻlishi kerak);
(78-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan boʻlishi kerak).
(78-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 2-apreldagi 146-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Lizing shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
(79-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektining tavsifi (lizing obyektining miqdori, sifati, roʻyxati, qiymati va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing toʻlovlarining umumiy summasi, yaʼni shartnoma bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bogʻliq majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va taʼmirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul taraf.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing shartnomasiga qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(79-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻgʻrisidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitor va kreditorlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi boʻyicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini taʼminlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz olgan shaxs tomonidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga koʻra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish toʻgʻrisidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76 — 80-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq ijro xatini yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma yozilgan joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablarini koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, vasiyatnoma matnida vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili yoziladi.
(87-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan ogʻzaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzilni koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy vasiyatnoma Tizimda qayd etilib, vasiyatnomalar turadigan yigʻmajildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga belgi qoʻyadi va Tizimga bu xususda maʼlumot kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida bu nusxaga ham yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomaga oʻzgartirish kiritilganligi yoki uni bekor qilinganligi toʻgʻrisida Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning hamda uni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydagi idoraviy notarial arxivga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Idoraviy notarial arxiv xodimi tomonidan shu kunning oʻzida Tizimga ushbu vasiyatnoma haqidagi maʼlumot kiritiladi.
(92-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
(92-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Meros mol-mulkini qoʻriqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qoʻriqlanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani yoxud oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnomani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi, bunda, ushbu xatboshida qayd etilgan hujjat(lar) haqidagi maʼlumotlar notarius tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshiriladi hamda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi;
(104-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulkini qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros boʻlib qolgan mol-mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisida merosxoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar oʻz xohishlari bilan roʻyxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina notarius ushbu mol-mulkni roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni roʻyxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosxoʻrlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan daʼvo bilan sudga murojaat etish yoki daʼvoni taʼminlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar roʻyxatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi toʻgʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Roʻyxatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulki toʻgʻrisidagi xabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish sanasi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnomada koʻrsatilgan barcha mol-mulklarning batafsil tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Roʻyxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxoʻrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga koʻra roʻyxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Koʻchmas mulklar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organ tomonidan yoki baholovchi tashkilotlar, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
(108-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Roʻyxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga daʼvo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulkini saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxoʻrlarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablagʻlari merosxoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida notariusning depozit hisobraqamiga topshiriladi.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qogʻozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
(111-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Agar roʻyxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosxoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxoʻrlar boʻlmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga realizatsiya uchun topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyxatga olinadi va merosxoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltigʻi va portlovchi moddalar maxsus roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga topshiriladi.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 463-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-3, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faxriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila aʼzolarida qoldiriladi yoki merosxoʻrlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, noyob sanʼat asarlari, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Merosxoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga kiritilishi toʻgʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, musiqa asboblari, tibbiy anjomlar va hokazo) roʻyxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyxatga olinib, merosxoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk, shu jumladan yagona taʼsischiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda, notarius meros mol-mulkining boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
(122-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 28-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-8, 28.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 10/22/3113-8/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Notarius meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga oʻtkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
(123-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkini saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkini saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Notariuslar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulki hisobidan meros mol-mulki bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda meros mol-mulki hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
(124-bandning uchinchi xatboshisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Agar shaxs notariusga dafn etish boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻgʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular xarajatlarni toʻlashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida merosxoʻrlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
(125-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish boʻyicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining maʼlumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxoʻrlarni chaqirish boʻyicha eʼlonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qogʻozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros ochilgan joy boʻyicha notarius meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qatʼi nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻgʻrisida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxoʻrlarni xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-§. Mediator vazifasini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1451. Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari boʻyicha oʻzaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius faqat notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar yuzasidan kelib chiqqan nizolar boʻyicha mediator vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1452. Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki oʻz vakili orqali qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi.
(1452-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1453. Notarius quyidagi nizolar boʻyicha mediativ kelishuvni tasdiqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy nizolar (er-xotinning mol-mulkini boʻlish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros bilan bogʻliq nizolar (meros mol-mulkini taqsimlash, merosxoʻrlar oʻrtasida ulushlarni boʻlish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa nizolar (pul majburiyatlari, mulkni topshirish majburiyatlari, qarz majburiyatlari, garov munosabatlari boʻyicha majburiyatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1454. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar oʻzaro kelishuvga koʻra notarial harakatni amalga oshirgan notariusga yoki boshqa notariusga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor taraf nizoning ikkinchi tarafiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar mazmunini izohlagan xolda notariusga kelishuv tartib-taomilini qoʻllash haqida ariza bilan murojaat etadi. Notarius qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda arizani oʻrganib chiqib, taraflar, nizo predmeti, oʻtkazilish joyi va vaqti koʻrsatilgan nizoni mediatsiya yoʻli bilan hal etish xaqida taraflarga xat yuboradi.
(1454-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflar notariusga nizolashayotgan masala boʻyicha mediatsiyani qoʻllash haqida birgalikda murojaat etsa, notarius ulardan ushbu masala boʻyicha mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga roziligi xaqidagi oddiy yozma shakldagi kelishuvni taqdim etishni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1455. Taraflar mulkiy yoki meros masalasi boʻyicha yuzaga kelgan nizoni notarius orqali hal etishda notariusga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, nizo kelib chiqishiga sabab boʻlgan notarial harakat asli yoki nusxasi, ushbu nizoni hal etish uchun mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi oddiy yozma shaklda tuzilgan kelishuvni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1456. Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1457. Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda notaruis taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga, ularning u yoki bu qarorni qabul qilishda bosim oʻtkazishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida bir vaqtning oʻzida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar oʻtkazadi, ularga nizoni hal etishga doir ogʻzaki va yozma tavsiyalar beradi, mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga mediatsiyaning maqsadini, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, taraflarning oʻzaro fikr va takliflarini almashishlarini taʼminlaydi, taraflar tomonidan nizoni tartibga solish turini taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo predmeti toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1458. Mediatsiyani amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda taraflar tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. Bunda muddat oʻttiz kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda taraflarning oʻzaro roziligi bilan ushbu muddat oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1459. Notarius tomonidan quyidagi hollarda mediatsiyani qoʻllash tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo xususida oʻzaro maqbul boʻlgan qarorga erishish imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud nizo boʻyicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish toʻgʻrisida taraflarning kelishuvi tuzilganda (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror-bir taraf mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishini maʼlum qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari oʻtganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14510. Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mediativ kelishuvda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan joyi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar xaqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirilganligi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro maqbul qarorga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediativ kelishuvni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediativ kelishuvda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga haqli ekanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14511. Mediativ kelishuv notariusga kamida uch nusxada taqdim etiladi va notarial tartibda tasdiqlanadi, ulardan bittasi notarial idorada saqlanadi.
(141-§ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligiga oid maʼlumotlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshiradi hamda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Bunda, axborot tizimidagi tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(147-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
(147-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan umumiy mulk koʻrsatiladi, merosxoʻr norozi boʻlgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxoʻrlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Notarius koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organda, DYHXX organlarida roʻyxatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.
(150-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-9, 24.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Fuqaroning pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
(152-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-6, 01.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki koʻchirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Tarjima notariusga maʼlum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus maʼlumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning toʻgʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, yaʼni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-§ Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning xati yoki shaxsning arizasiga koʻra ushbu yigʻilishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini Tizim orqali tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Notarius yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilik hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
(163-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish bayonnomasiga asosan yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-§. Dalillarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1641. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki maʼmuriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyin boʻladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, dalillarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius dalillarni nusxa olish, yozib olish, toʻplash va oʻzida saqlash orqali taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1642. Notarius Qonunda belgilangan tartibda dalillarni taʼminlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan dalillarni taʼminlash suddan oldin ham, sud jarayoni mobaynida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi notariusga dalillarni taʼminlashi uchun bu haqida ariza bilan murojaat qiladi. Ariza umumiy tartibda, dalillarni taʼminlash sabablari koʻrsatilgan holda yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ariza notariusga dalillardan nusxa olish, ularni yozib olish, toʻplash va saqlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius dalillarni taʼminlash haqida arizani qabul qilganidan soʻng, mazkur masalaga aloqador barcha taraflarni dalillarni taʼminlash joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1643. Dalillarni taʼminlash notarius tomonidan bayonnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Bayonnomada qaysi holat boʻyicha dalil taʼminlanayotganligi, isbotlash predmeti va uning mazmuni, arizachining huquq va majburiyatlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash uchun notarius guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib oladi, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan har bir harakat bayonnomada aks ettirilishi va ularda kamida ikkita xolis ishtirok etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1644. Guvohlarni soʻrov qilish va ularning koʻrsatuvlarini yozib olish, agar bu guvohlar kelgusida oʻtkaziladigan sud jarayonida qatnasha olmasa, ular salomatligining ahvoli ogʻir boʻlsa va oʻz ixtiyoriga koʻra notarius tomonidan soʻroq qilinishiga rozi boʻlsa amalga oshiriladi. Guvohlarning koʻrsatuvlari ularni soʻroq qilish bayonnomasida qayd etiladi. Ushbu bayonnoma guvoh, guvohni soʻroq qilishda ishtirok etgan shaxslar va notarius tomonidan imzolanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1645. Notarius tomonidan yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish yoki guvohlantirish, ular taqdim etilgan taqdirda notarial idora binosida, aks holda, joyiga chiqib amalga oshiriladi hamda dalillarning tavsifi va holatning mazmuni bayonnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1646. Notarius dalillarni taʼminlash uchun maʼlum bir soha mutaxassislarining xulosasi zarur deb hisoblasa, u holda ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror notarius tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay ekspertizani amalga oshiruvchi tegishli tashkilot, korxona, muassasa yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1647. Notarius bayonnomada guvohlarni va ekspertlarni yolgʻon maʼlumot yoki yolgʻon guvohlik berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1648. Notarius quyidagi hollarda Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlashni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli domen oʻgʻirlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontent (matn, audio va video materiallar) oʻgʻirlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki xizmat koʻrsatish belgilaridan noqonuniy foydalanilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda reklama joylashtirilganda;
(1648-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxslarning ishchanlik obroʻsi, shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi tuhmat yoki haqoratli maʼlumotlar joylashtirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs notariusga Internet jahon axborot tarmogʻida dalillarni taʼminlashni soʻrab aniq sabablarni koʻrsatgan holda murojaat qilishi lozim. Bunda ariza beruvchi arizada veb-portal yoki veb-sayt yoxud veb-sahifani aniq koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mazkur ariza koʻrsatilgan tegishli veb-portal yoki veb-sayt yoxud veb-sahifa boʻyicha faktlarni koʻzdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius veb-portal yoki veb-sayt yoxud veb-sahifani koʻzdan kechirayotgan vaqtda koʻrsatilgan manzildagi maʼlumotlar haqiqatdan ham ariza beruvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid ekanligiga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tegishli veb-portal yoki veb-sayt yoxud veb-sahifani koʻzdan kechirib boʻlganidan soʻng, undagi faktlarni qogʻozda chop etadi va aniq manzilni koʻrsatgan holda ularni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius faktlarni tasdiqlash uchun amalga oshirgan harakatlar roʻyxatini, koʻrilgan sahifalar sonini, dalillarning tarkibini, veb-portal yoki veb-sayt yoxud veb-sahifa koʻzdan kechirilgan sana va joyni, manfaatdor shaxslar toʻgʻrisidagi va notarial idora toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bayonnomada qayd etadi hamda tasdiqlangan dalillarni bayonnomaga ilova qiladi.
(191-§ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning notariusga murojaat qilgan vaqtda muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdigʻi sifatida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yoʻq boʻlsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yigʻmajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-§. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1721. Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif yoki boshqa turdosh huquq egasi mualliflik va turdosh huquq obyektini nashriyotga, ommaviy axborot vositalariga yoki uchinchi shaxslarga topshirishdan oldin kelgusida oʻzining huquqlarini himoya qilish maqsadida mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlatishi mumkin. Buning uchun u istalgan notariusga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1722. Muallif yoki turdosh huquq egasi notariusga oʻz huquqlarini kelajakda himoya qilishi lozim boʻlgan asarining birlamchi manbasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius ushbu hujjatlarni shaxsan oʻzi koʻzdan kechiradi, ularda tuzatish yoʻqligini tekshiradi. Agar hujjatda tuzatish aniqlansa, notarius tomonidan bu haqda hujjatning tasdiqlovchi yozuvida koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar matni aniq va tushunarli, qalam bilan yozilmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1723. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni notarius tomonidan tasdiqlash ikki nusxada amalga oshiriladi. Bunda hujjatning har bir nusxasiga tasdiqlovchi yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tasdiqlovchi yozuvda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoraning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik va (yoki) turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqt va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallif yoki turdosh huquq egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif yoki turdosh huquq egasi tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta hujjatlar taqdim etilganda, ularning har biriga alohida tasdiqlovchi yozuv kiritiladi. Bunda tasdiqlangan hujjatlarning bir nusxasi muallif yoki turdosh huquq egasiga beriladi, ikkinchi nusxasi notariusda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1724. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-§. Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1725. Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qogʻoz shaklda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika hududida notariuslar tomonidan tasdiqlab kelinayotgan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarni uning nomidan tasdiqlangan yoki unda taraf sifatida ishtirok etgan shaxsning murojaatiga asosan boshqa notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning fayl koʻrinishini uning noyob raqami yoki boshqa shu kabi maʼlumotlari orqali Tizimdan elektron fayl koʻrinishiga oʻtkazib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, notarius tomonidan hujjatlar elektron fayl koʻrinishidan qogʻozga chiqarib olinadi va ushbu hujjatlar ularning asl nusxasi bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi yozuv yozib qoʻyiladi. Bunda hujjatlar ikki yoki undan ortiq varaqdan iborat boʻlsa bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va ushbu hujjatlar ularning asl nusxasi bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi yozuv yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning bir nusxasi murojaat qiluvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlarning tasdiqlangan elektron shakli qogʻozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1726. Oddiy yozma shaklda tuzilgan arizalar va bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qogʻozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(221 va 222-§ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini ularning arizalariga koʻra boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qoʻyilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Notarius notarial harakatlar bilan bogʻliq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorga arizani topshirish, koʻchmas mulkni imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻyilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va (yoki) boshqa hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining notarial idorada qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan raqami koʻrsatiladi.
(175-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-§. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
(177-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Davlat notarial idoralari notariuslari pul summalari va qimmatli qogʻozlarni hududiy adliya organi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar pul summalari va qimmatli qogʻozlarni tegishli banklarda ochilgan oʻzlarining depozitiga qabul qiladi.
(179-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (taʼsischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqidagi arizalar notarial tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlov yozuvida pul summalarining qabul qilinganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitga qimmatli qogʻozlar qabul qilinganda arizada qimmatli qogʻozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar olinganligi toʻgʻrisida kreditorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil notariusga maʼlum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻgʻrisida notarius ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Davlat notarial idorasi notariusi kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya organiga kreditorlarning roʻyxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asosan bankka kreditorlarning roʻyxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish haqida xat va toʻlov topshiriqnomasini yuboradi.
(187-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Hududiy adliya organi davlat notarial idorasi notariusining xati asosida pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasini yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar beriladi.
(188-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar hududiy adliya organlarining yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning mulki hisoblanmaydi.
(190-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-§. Ijro xatlarini yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilik hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
(193-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Ijro xati olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Ijro xati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi, ijro xatining qaysi hujjat asosida berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib oluvchining nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(196-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 4-noyabrdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-7, 05.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 10/21/3113-7/1026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Bir xil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida notarial idorada qarzdorlarning roʻyxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro yozuvi boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
(198-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-§. Vekselni protest qilish. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(199-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonunchilik hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
(200-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Toʻlanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel boʻyicha toʻlash vaqti oʻtgan kunning ertasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Veksellarga toʻlanmaganlik toʻgʻrisidagi protest notariuslar tomonidan toʻlovchining yashash joyi (joylashgan yeri) boʻyicha yoki toʻlov joyi boʻyicha (domitsillashtirilgan veksellar, yaʼni toʻlash uchun uchinchi shaxsning qoʻlida boʻlgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi koʻrsatilmagan aksept veksellarga protest esa toʻlovchining yashash joyi (joylashgan yeri) boʻyicha solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda toʻlovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni toʻlovchi shaxs) vekselni toʻlash yoki vekselni akseptlash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlagan taqdirda notarius unga protest qoʻymay, vekselni uni toʻlagan shaxsga qaytaradi, vekselning oʻziga toʻlov va belgilangan forma boʻyicha tegishli boshqa summalar olinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlovchi oʻtkaziladigan vekselga aksept toʻgʻrisida belgi qoʻydirgan boʻlsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi, shuningdek vekselning oʻziga u toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Toʻlovchining qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan taqdirda vekselga toʻlov yoki aksept toʻgʻrisidagi talab qoʻyilmagan holda protest solinadi, yaʼni protest toʻgʻrisidagi dalolatnomaga tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
(206-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni Tizimda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.
(209-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 2-maydagi 103-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113-5, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(213-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 2010-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 160-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 19-iyuldagi 148-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-2, 2010-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 245-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 2010-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 373-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-4, 2011-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 439-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-5, 2012-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 239-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-6, 2012-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 360-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 2013-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 533-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 155-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-8, 2014-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 294-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 2015-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 123-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 22-dekabrdagi 376-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-10, 2015-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 636-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 2016-yil 12-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 569-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 2016-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 606-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-13, 2017-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 240-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 566-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 900-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-16, 2018-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 3-son, 49-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-17, 2018-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 8-son, 149-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son; 02.04.2019-y., 10/19/3113-1/2866-son; 01.06.2019-y., 10/19/3113-2/3227-son, 10.10.2019-y., 10/19/3113-3/3897-son; 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son, 02.05.2020-y., 10/20/3113-5/0602-son; 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 05.11.2021-y., 10/21/3113-7/1026-son; 28.11.2022-y., 10/22/3113-8/1042-son; 25.01.2024-y., 10/24/3113-9/0068-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)