27.12.2018 yildagi 1052-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash boʻlimi, modellashtirish va simulatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda Malaka oshirish instituti deb ataladi) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining oʻquv moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarini kapital taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish instituti ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyati uchun serjantlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash, safdor va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorlash, shuningdek, “Oʻquv-karyera jarayoni” tizimi asosida xodimlarni uzluksiz qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan taʼlim muassasasi hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini Toshkent shahar, Bektemir tumani, H. Boyqaro koʻchasi, 27 A-uy manzilidagi bino va inshootlar korpuslariga joylashtirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka oshirish instituti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining yuridik sohadagi ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari boʻyicha tayyorlangan avtoreferatlarni bir nusxadan bepul oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Malaka oshirish institutining Ichki ishlar vazirligi barcha akademik litseylaridagi filiallarini (auditoriyalarini) oʻquv jarayoni talablarini hisobga olgan holda, zamon talablari asosida taʼmirlanishi va eng zamonaviy oʻquv-texnika vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek, 2019-yil 1-sentabrga qadar Malaka oshirish institutining masofadan (elektron) oʻqitish taʼlim tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini avtotransport vositalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa va maxsus texnika vositalari, shuningdek oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlar bilan taʼminlash meʼyorlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Malaka oshirish instituti obyektlarida amalga oshiriladigan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati boʻyicha davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1052-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1052-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining oʻquv moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarini kapital taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Moliyalashtirish manbalari*

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tinglovchilar uchun maishiy sharoitlar yaratish maqsadida binolarni kapital taʼmirlash va jihozlash tadbirlari

1.

1. Malaka oshirish instituti binosining oʻquv auditoriyalari, xizmat xonalari, maʼrifat va maʼnaviyat markazi, konferens zali, axborot-resurs markazi, masofadan oʻqitish markazi, innovatsion-pedagogik texnologiyalar markazi, kompyuter xonalari, tashqi va ichki fasadlari, tom hamda boshqa yordamchi xonal�rini kapital taʼmirlash.

2. Eshik, rom, isitish, sovuq-issiq suv, kanalizatsiya tizimini, elektr simlar va kabellarini yangilash, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasini oʻrnatish.

3. Har bir qavatda hojatxona qurish va mavjudlarini meʼyor talablari asosida sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻliq javob beradigan holatga keltirish.

4. Oʻt oʻchirish va boshqa vositalar bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qurilish vazirligi

2.

Malaka oshirish institutini eng zamonaviy interaktiv doska, videoproyektor, audio-video apparatlar, mebellar, sovutgich (konditsioner)lar, elektr yoritish vositalari, pardalar, zamonaviy va kattalar uchun mos oʻquv partalari va boshqalar bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi

3.

Malaka oshirish instituti hududining butun perimetri boʻylab videokuzatuv uskunalarini oʻrnatish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

2019-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi

4.

“E” maʼmuriy bino oʻrnida ikki qavatli bino qurish. Uning birinchi qavatida avtomobil parkini, ikkinchi qavatida esa zamonaviy maʼrifat va maʼnaviyat markazini tashkil etish. Shuningdek, “G” maʼmuriy binoning tergov hibsxonasi joylashgan birinchi qavatini taʼmirlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2020-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qurilish vazirligi

5.

Malaka oshirish institutini transport vositalari bilan taʼminlash (yengil avtotransport, avtobus, yuk avtomobillari).

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil
yanvar — may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi

II. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, auditoriya fondini zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlash

6.

Har bir oʻquv, xizmat va boshqa xonalarni oʻqitishning zamonaviy oʻquv-texnik vositalari, shuningdek, eng zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash (kompyuterlar, printerlar, skanerlar, raqamli proyektorlar va foto-video-apparatlar, interfaol doskalar, planshetlar, televizorlar, elektron tablo, ovoz kuchaytirgichlar, shuningdek, WiFi-router va SDSL modemlar, server va boshqalar).

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Masofadan (elektron) oʻqitish, videokonferensaloqa, lokal tarmoq va boshqalarning sifatli ishlashi uchun Internetga optik tolali kabel orqali ulanish.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

8.

Elektron hujjatlarning aylanishini taʼminlash va Internet tarmogʻidan unumli foydalanish uchun Malaka oshirish institutining barcha kompyuter texnikasini yagona lokal tarmoqqa ulash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

9.

Masofadan (elektron) oʻqitishni yoʻlga qoʻyish uchun eng zamonaviy (MOODLE kabi) tizimni oʻrnatish va unga IIVning akademik litseylaridagi filiallarni ham ulash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan
va mahalliy budjet mablagʻlari

2019-yil

1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan lokal va hududlararo (IIVning joylardagi akademik litseylari) auditoriyalar tarmogʻini yaratish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

2019-yil

1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi

11.

Axborot-resurs markazining umumiy, maxsus va elektron kutubxona seksiyalarini yaratish, ularni oʻquv adabiyotlari, oʻquv-texnika vositalari (infokiosk, kompyuterlar va boshqalar) va mebellar (kitob javonlari, qulay stol-stullar va boshqalar) bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Barcha oʻquv auditoriyalarini oʻquv jarayoni sifatini nazorat qilish uchun yagona videokuzatuv tizimiga ulash.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

13.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi qoshida kompyuterlashtirilgan interaktiv oʻquv-metodik xona va bilimlarni nazorat qilish markazini tashkil etish va jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasini tashkil etish va barcha binolarni, shuningdek, xizmat xonalarini aloqa vositalari bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Moliyalashtirish manbalari budjet prognozlari va budjetdan tashqari manbalar tushumlaridan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1052/2397-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)