6-ILOVA
Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Masʼul ijrochilar | |
I. Xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi tartibini oʻrnatish, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, qonuniylikni taʼminlash va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish | ||||
1. | Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni saralab olishning adolatli va shaffof tizimini yaratib, oʻrnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutiladi: xizmatga va oʻqishga qabul qilishning amaldagi qoidalari va tartib-taomillari talablarini bir vaqtda qabul qilish (rad etish) toʻgʻrisidagi yakuniy qaror muddatini saralashning barcha bosqichlari boshlanishidan 30 ― 40 kungacha qisqartirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish; Internet va ijtimoiy tarmoqlarda malakali mutaxassislar va iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida xizmatga qabul qilish talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mexanizmi; tanlovning saralash bosqichlari, shu jumladan imtihonlar topshirish jarayonining jamoat nazoratini oʻrnatish orqali shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini joriy etish; ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga xizmatga birinchi bor qabul qilinayotgan nomzodlarni dastlabki saralash tanlovlaridan ozod qilish; jalb qilish boʻyicha faol choralarni qabul qilish va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalarini bitiruvchi-aʼlochilarini qabul qilishda imtiyozlar oʻrnatish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 25-sentabr | IIV (R. Xatamov) |
2. | Ichki ishlar organlarida xizmatni ado etishda psixologik jihatdan taʼminlashni takomillashtirish choralarini koʻrish, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi: qabul va attestatsiya komissiyalari, shu jumladan maxsus unvonlarni berish boʻyicha komissiya faoliyatida psixolog-mutaxassislarning ishtirok etishi individual suhbat oʻtkazish natijasiga koʻra har bir nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa tuzish majburiyligi; maqsadli tayyorlovni, birinchi galda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkillashtirish va ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha keyinchalik barcha hududiy va sohaviy tuzilmalarda “assessment markazlarini” (psixologik vaziyatni baholash markazlari) ochgan holda psixologlar guruhini shakllantirish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 25-sentabr
| IIV (R. Xatamov, R. Ergashev) |
3. | Toshkent shahar IIBBda nomzodlarni ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishda koʻrgazmalar roʻyxati, info-kiosk, hujjatlarning oʻzgarib turish bosqichini elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan namunaviy markazini sinov tarzida barpo etish va faoliyatini tashkillashtirish. | Tadbirlar rejasi | 2018-yil 5-sentabrda tasdiqlash
| IIV (R. Djurayev, R. Xatamov, R. Ergashev) |
4. | Shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish: tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini tashkil etish; shaxsiy tarkibni burchga sodiqlik, qonuniylik va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish ruhida tarbiyalash boʻyicha tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda barcha darajalardagi rahbarlarni baholash mezonlarini aniqlash; shaxsiy tarkibning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini ular boʻyicha koʻrilgan choralar hisobini yuritgan holda barcha darajadagi rahbarlar tomonidan muntazam oʻrganish tartibini oʻrnatish; kadrlar va oʻz xavfsizligi boʻlinmalari xodimlarning huquqbuzarliklarini oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmini oʻrnatish; tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini nazorat qilish va hisobot berishi tartibini joriy etish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 25-sentabr | IIV (R. Xatamov) |
5. | Ichki ishlar organlarining tashqi tarmoq xizmatlari faoliyatiga yoʻllarda, koʻchalarda, maydonlarda va h.k. xizmatni olib borishda unga qatʼiy rioya qilish majburiyati va nazorat qilish mexanizmini oʻrnatgan holda “hulq-atvor va muomala madaniyati kodeksi”ni ishlab chiqish va joriy etish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 1-oktabr | IIV (T. Aripov, R. Xatamov) |
6. | Ichki ishlar organlari oʻz xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy koʻrib chiqish: hududiy va tarmoq ichki ishlar organlarining oʻz xavfsizlik boʻlinmalari birliklarini markaziy apparatning shtat jadvaliga topshirish; nomzodlarni oʻz xavfsizlik boshqarmasiga saralash parametrlari, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va boshqa tarmoq xizmatlariga oʻtkazish tartibi; ichki ishlar vaziriga har chorakda takliflar kiritish bilan birga oʻz xavfsizlik boʻlinmalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari va tahlili mexanizmini joriy etish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 10-sentabr | IIV (R. Xatamov) |
7. | Oʻz xavfsizlik boʻlinmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini samarali amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda quyidagilarni inobatga olish zarur: ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida tezkor pozitsiyalari yaratish darajasini oshirish; xodimlar jinoyatlarining oʻz vaqtida oldini olish va aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish usularini takomillashtirish; xodimlar shaxsiy xavfsizligini taʼminlashning samarali amaliyotini tatbiq etish, shaxsiy tarkibning jamiyatga qarshi qoʻpol hulqiga chek qoʻyish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 24-oktabr | IIV (D. Nazarmuxamedov) |
8. | Ishdagi yangi talablarni hisobga olgan holda vazifalarni samarali bajarishga qodir, ichki ishlar organlarining tezkor va tergov boʻlinmalaridan malakali xodimlar bilan toʻldirish maqsadida kamida yarmini yangilashni nazarda tutib, oʻz xavfsizlik boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish. | Reja-jadval | 2018-yil 28-avgustda tasdiqlash
| IIV (P. Bobojonov) |
9. | Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining samarali faoliyatini tashkil etish, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning yagona siyosatini belgilash va amalga oshirish; Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirishni tashkil etish; ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning uzluksiz jarayonini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻtkazilayotgan islohotlarning mohiyatini xodimlarga oʻz vaqtida yetkazish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 25-sentabr | IIV (R. Xatamov) |
10. | Quyidagilar boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar koʻrish: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini joylashtirish, obod qilish va moddiy-texnik jihozlash, shuningdek oʻziga xos faoliyatni hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash uchun boshqa masallarni hal etish. Oʻquv yigʻinlarini joylarda tashkillashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallarini (auditoriyalarini) yaratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil 25-oktabr | IIV (R. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
11. | Qisqa muddatli oʻquv yigʻinlarini tashkillashtirish tartibini joriy etish, u quyidagi tizimni oʻz ichiga oladi: barcha darajalardagi rahbarlar tarkibini xizmat faoliyatidan ajralmagan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining joylardagi filialida bevosita qayta tayyorlash va malakasini oshirish; shaxsiy tarkibni masofaviy oʻqitish usullarini faol qoʻllash, ularga tizimdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida yetkazish; respublika hududlari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilgʻor tajribalarini almashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyati yoʻnalishlari kesimida malaka oshirish oʻquv kurslarini oʻtkazish; shartnoma asosida boshqa oliy taʼlim muassasalari va davlat organlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni malaka oshirishga jalb qilish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 1-noyabr | IIV (R. Xatamov) |
II. Ichki ishlar organlarida koʻp darajali kadrlar zaxirasini shakllantirish, samarali rotatsiya tizimini joriy etish | ||||
12. | Yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini oʻrnatgan holda belgilash; Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining aʼlochi-bitiruvchilar faoliyatini monitoring qilish va karyera jihatidan koʻtarilishini nazorat qilish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 25-sentabr | IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov) |
13. | Lavozimini 5 yildan ortiq vaqtdan buyon egallab turgan ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibi faoliyatini tanqidiy oʻrganish, zamonaviy talablarga javob bermaydigan rahbarlarni egallagan lavozimidan ozod qilish yoki lavozimini pasaytirish. | Reja-jadval | 2018-yil 28-avgustda tasdiqlash
| IIV (R. Xatamov) |
14. | Ichki ishlar organlari kadrlar boʻlinmalari uchun “e-Kadr” avtomatlashtirilgan markazlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va uning faoliyatiga joriy etish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: hududlar va xizmatlar kesimida kadrlar tarkibi hisobi, elektron hisob-kitob va har kunlik tahlilini yuritish; mazkur sohada har oylik hisobotni shakllantirish bilan birga xodimlar lavozimi oʻzgarishi, ularning rotatsiyasi va karyera jihatdan oʻsishi monitoringi; shaxsiy tarkib toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ishlashning yagona mezonlarini belgilash; ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashni tashkillashtirishni samaradorligini kompyuterlashgan nazoratini amalga oshirish. | Texnik vazifa, tashkiliy tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-noyabr | IIV (R. Ergashev, R. Xatamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
15. | Ichki ishlar organlari xodimlarining tubdan yangicha formali kiyim, atributika va farqlash belgilarini xalqaro standartlarni va fuqarolar ongida ushbu huquqni muhofaza qilish tuzilmasining ijobiy imijini shakllantirish zaruriyatini hisobga olgan holda joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish. | Axborot xati namunalari bilan | 2018-yil 20-sentabr | IIV (R. Ergashev, R. Xatamov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
III. Ichki ishlar organlari faoliyatining boshqaruv va nazorat-tahliliy taʼminotini takomillashtirish | ||||
16. | Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining samarali faoliyatini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: haqiqiy tarkib topayotgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirilgan tarzda joy-joyiga qoʻyish hamda boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish; jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tizimli tahliliy ishlarni amalga oshirish mexanizmlarini oʻrnatish; tahliliy ishlarni ichki ishlar organlarida aniqlanayotgan amaliy muammolar va kriminogen vaziyatni prognozlashtirishni tizimli tahlil qilishga yoʻnaltirish; mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarni amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan zimmadagi vazifalar ijrosining taʼsirchan idoraviy nazoratini amalga oshirish; ichki ishlar organlarida ish yuritish mexanizmini va hujjat aylanish tartibini takomillashtirish; ichki ishlar organlari tizimining barcha darajalarida normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida, bir xil va toʻliq ijrosini taʼminlash. | 2018-yil 10-sentabr | IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov) | |
17. | Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentini tahliliy va boshqarish qobiliyatlari ustun boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 1-oktabr | IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov) |
18. | Hududiy ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustidan taʼsirchan idoraviy nazoratni tashkillashtirish, bunda quyidagilar nazarda tutilsin: hududiy ichki ishlar organlari faoliyatining muammolarini dastlabki tarzda oʻrganib, ular faoliyatida natijadorlikni oshirish boʻyicha maqsadli qarorlar qabul qilgan holda Ichki ishlar vazirligi hayʼatining sayyor va tezkor majlislarini oʻtkazish; hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib, u oʻtkazilgandan keyin bir yil ichida faoliyatini nazorat tartibida oʻrganish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 10-sentabr | IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov) |
19. | “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishonini taʼsis etish, quyidagi sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan ichki ishlar organlari, shu jumladan chet el politsiya tuzilmalari xodimlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarini taqdirlash nazarda tutiladi: huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish; yashirinib yurgan shaxslar va oʻgʻirlangan moddiy boyliklarni qidirish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | ichki ishlar vaziri buyrugʻi | 2018-yil 10-sentabr | IIV (R. Xatamov) |
20. | Ichki ishlar vazirligi faoliyati tizimini takomillashtirish boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni keng yoritishga bagʻishlangan tele-, radioeshittirishlar turkumi, bosma axborot va maqolalarni Internet tarmogʻi orqali tashkillashtirish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish. | Tadbirlar rejasi | 2018-yil 5-sentabrda | IIV (T. Aripov, K. Burxonov), MTRK (A. Xodjayev), UzMAA (L. Tangriyev) |
7-ILOVA