25.12.2018 yildagi PQ-4077-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoatning bazaviy tarmoqlarini texnik va texnologik jihozlash, ularning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlatga yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushni) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda berish tanlov asosida 5 yilgacha bo‘lgan muddatga quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi tomonidan tegishli komissiyaga korxona faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha biznes-rejani taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga ishonchli boshqaruvga beriladigan ulush bo‘yicha tayinlanadigan a’zolarning kamida 40 foizi miqdorida davlat vakillarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga uning ma’muriy xarajatlarini qoplash uchun har oy to‘lanadigan mukofot puli va moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra biznes-reja parametrlarining bajarilishiga qarab hisoblanadigan bonus ko‘rinishida haq to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ishonchli boshqaruvchi tasdiqlangan biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari, uskunalar, dasturiy mahsulotlar shaklida o‘z mablag‘larini jalb etgan hollarda ushbu mablag‘lar asoslantirilgan hisob-kitoblar va mustaqil auditor xulosasiga ko‘ra hamda ishonchli boshqaruvchi va korxona o‘rtasida kelishilgan alohida grafikka muvofiq belgilangan tartibda qoplab berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, ustav kapitalidagi davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlari (ulushlari) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlarining quyidagi talablari tatbiq etilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishga bo‘lgan texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan (birgalikda moliyalashtiriladigan) holatlar bundan mustasno;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmonining 2-ilovasiga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bo‘yicha kontraktlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi tomonidan kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ilgari surilgan shaxslar korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) summasidan qat’i nazar, idoraviy (ichki) tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish kontraktlarini, shu jumladan import kontraktlarini mustaqil ravishda tuzish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-fevraldan boshlab olib kiriladigan (olib chiqiladigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomi qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonalar tomonidan ushbu qarorga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) to‘g‘risidagi axborotni ular tuzilgan sanadan boshlab uch kundan kechiktirmay davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portaliga joylashtirish tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi aksiyalar (ulushlar) davlat paketini ishonchli boshqarish bo‘yicha o‘zi tuzgan shartnomalarning lozim darajada bajarilishi ustidan samarali monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik shartlarini hamda kontraktlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan beriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha mustaqil a’zosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan, shu jumladan xorijlik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi ustun bo‘lgan, ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalar tomonidan investitsiya loyihalari kuzatuv kengashining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zstandart” agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari, davlat standartlari, texnik me’yorlar, qoidalar va reglamentlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qurilishda qo‘llaniladigan materiallarning sifati va xavfsizligiga doir ekologik standartlarni, talablarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi amaliyotni inobatga olgan holda quyish sexlarida ma’nan eskirgan uskunalar va texnikadan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxatiga kiritilsin va mazkur korxonalarga nisbatan qabul qilinayotgan qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat tarkibi parkini, jumladan xususiy operator kompaniyalarini tashkil etish orqali kengaytirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu korxonalar ehtiyojlari uchun bo‘sh vagonlar berishning choraklik grafiklarini tasdiqlab, ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlagan holda import va eksport qilinadigan yuklar logistikasi bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda 2019-yil 10-yanvarga qadar “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning import kontraktlari bo‘yicha olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha har oy bajariladigan tadbirlar grafigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq davrda ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan tovarlar turlarining ro‘yxati, shuningdek, ularni mahalliylashtirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zmetkombinat” AJga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zmetkombinat” AJning 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3468-son qaroriga muvofiq “Quyish-prokatlash kompleksini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilgan holda parallel loyihalash hamda o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga ruxsat berilsin va Loyiha 2026-yil fevral oyi yakuniga qadar foydalanishga topshirilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Loyihani amalga oshirish doirasida 2026-yil 1-iyulga qadar:
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “O‘zmetkombinat” AJ, pudratchi va subpudratchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan (shu jumladan, Loyihani amalga oshirish doirasida 2025-yilda va undan oldin olib kirilgan) materiallar, uskunalar, maxsus va transport texnikasi, ularning ehtiyot qismlari, asbob va anjomlar uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan;
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ham doimiy muassasa, ham O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbasi orqali olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy shaxslar — xorijiy mutaxassislar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan pudratchilar tomonidan xorijiy mutaxassislar uchun to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2022-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirilgan to‘lovlarni “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan 2026-yil davomida to‘lanadigan foyda solig‘i summasini kamaytirish hisobiga pudratchilar hisobvaraqlariga qaytarib berilsin.
(10-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10-fevraldagi PQ-56-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlariga ishonchli boshqaruvdan kutilayotgan natijalar bo‘yicha davlat talablarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab darajasidan past bo‘lmagan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan biznes-reja taqdim etgan talabgorlarning tanlov savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar) davlat paketi ishonchli boshqaruvga berilgan jamiyatlarning yillik biznes-rejalarini ularning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan biznes-rejaning bajarilishi, qilingan xarajatlarning, eksport va import kontraktlari bo‘yicha narxlarning asoslanganligini har yili mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan, shu jumladan davlatning vakolatli organi tomonidan jalb etilgan tashkilot tomonidan tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi tomonidan tasdiqlangan yillik biznes-rejalar to‘liq bajarilgan va ijobiy auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda ishonchli boshqaruv shartnomasini tanlov savdolarini o‘tkazmasdan uzaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4077-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash balansini tuzish va bajarish tartibini qayta ko‘rib chiqish,
shu jumladan ularni tayyorlash bo‘yicha bir oylik grafiklarni tasdiqlash hamda balansni bajarish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan oylik hisobotlar taqdim etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov)

2.

Qora metallar prokati sotib oluvchilarni birjada ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov)

3.

Tovarlarning soni, hajmi, narxi va ularni sotib olish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avvaldan (bir sutka oldin) taqdim etish yo‘li orqali birja savdolarida sotilayotgan tovarlar haqida xaridorlarni xabardor etish mexanizmlarini takomillashtirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov),

O‘zRTXB (F. Ibragimov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mulkining ishlatilmaydigan davlat mulki obyektlarini Toshkent viloyati hokimligiga topshiriladiganlar tarkibidan chiqarib tashlanishini nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-fevralga

qadar

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov),

Toshkent viloyati hokimligi (G‘. Ibragimov)

5.

Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish:

ijro ishi yuritish doirasida xatlangan metall parchalari, qora va rangli metallar chiqindilari, tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha va erkin (kelishilgan) narxda sotish;

korxonalar va tashkilotlar tomonidan rejalashtirilayotgan tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni hisobdan chiqarish (utilizatsi� qilinishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga taqdim etish, shuningdek mazkur majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-aprelga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov),
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (K. Akulov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

6.

Mis-molibden rudalarini boyitish bo‘yicha texnologik ko‘rsatkichlarni oshirish va zamonaviy texnologik yechimlarni foydalanishga topshirishni nazarda tutuvchi “TOMS ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti” MCHJ (Rossiya) loyihasi asosida “Olmaliq KMK” AJ mis boyitish fabrikalarini (MOF va MOF-2) 2019 — 2021-yillarda rekonstruksiya qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019 — 2021-yillar

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

7.

“TOMS ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti” MCHJ (Rossiya) tomonidan:

foydali qazilmalar va tovar mahsulotlari (mis, molibden va oltin) ishlab chiqarishni oshirish sxemasini oqilona amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ yangi mis boyitish fabrikasining (MOF-3) loyihasini;

tovar mahsulotlari (mis va oltin) ishlab chiqarishni oshirishni nazarda tutgan holda oksidlangan ruda, shlaklar
va eski
saqlagichlarda saqlanayotgan qoldiqlarni qayta ishlash loyihalarini ishlab chiqish.

Investitsiya loyihalari

2021-yil 1-dekabrga

qadar

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

8.

Homiylik (xayriya) yordami ko‘rsatish taomillarini tartibga solish, investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisi orqali o‘xshash bo‘lmagan obyektlarni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot,
zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-mayga qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Sultanov),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(N. Sharipov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov),
“O‘zikkilamchiranglimetall”AJ (K. Akulov)

9.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida kon-metallurgiya sohasi korxonalari tomonidan shaxsiy ehtiyojlar va mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xom ashyolar va materiallarni sinov va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil laboratoriyalarni o‘rnatilgan tartibda yaratish va akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

2019-yil davomida

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Sh. Vafayev)

10.

Ammoniy sulfati, kaliy sulfati, NPK, oltingugurt asosida suyuq va suvda eruvchan o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi “Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda oltingugurt kislotasidan samarali foydalanish” investitsiyaviy loyihasining pasportini ishlab chiqish.

Investitsiyaviy loyiha

pasporti

2019-yil 1-martga qadar

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (D. Pak), Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),

Toshkent viloyat hokimligi (G‘.Ibragimov)

11.

Quyma-prokat kompleksining lozim darajada ishlashi uchun “O‘zmetkombinat” AJni 260 MVtdan kam bo‘lmagan quvvatli tashqi elektr bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov)

12.

Olmaliq shahrida “Olmaliq KMK” AJ mablag‘i hisobiga qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarni sotish davrida “O‘zshahar qurilish invest” MCHJni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2019-yil 15-yanvarga qadar

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi(S. Bekenov),
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev)

13.

Rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilari, shuningdek, qora metallar parchalari va chiqindilarini noqonuniy tayyorlash, sotib olish, ulardan foydalanish va sotishni bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish.

2019-yil uchun qo‘shma harakatlar rejasi

2019-yil 10-yanvarga qadar

Bosh prokuratura (E. Tadjiyev),
IIV (P. Bobojonov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
DXX,
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (K. Akulov)

14.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning ishlab chiqarish sexlari va kanalizatsiyalari tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumot

2019-yil 10-yanvarga qadar

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov),

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (K. Akulov)

15.

Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali huzurida:

“Rangli va nodir metallar metallurgiyasi”, “Qora metallar metallurgiyasi”, “Quyish ishi”, “Metallarni bosim bilan qayta ishlash”, “Ochiq tog‘-kon ishlari”, “Yer osti tog‘-kon ishlari”, “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksheyderlik ishi”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda boshqarish”, “Tog‘ elektromexanikasi” va boshqa ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash professional kollejini;

matematika, fizika, kimyo, axborot texnologiyalari, lingvistika va iqtisodiyot fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasini ochish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-avgustga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Toshkent viloyat hokimligi (G‘. Ibragimov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qarori rus tilidagi matnining 6-bandidagi “1-dekabrya 2018 goda” so‘zlari “1-marta 2020 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Simli blok o‘rnatgan holda 2-son sortoprokat sexi “300” stanida katankani ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2825-son qarori rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaning nomlanishidagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Foydali qazilmalar konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasidagi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3145-son qarori rus tilidagi matnining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi “Olmaliq KMK” AJni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3211-son qarori 1 — 8 va 13 — 24-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Uch-Quloch” konini ochiq usulda o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3452-son qarori 1 — 7 va 10 — 15-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarori rus tilidagi matnining 311-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“311. Oborot po realizatsii produksii iz medi po gruppe 74 kodov TN VED na eksport za inostrannuyu valyutu oblagayetsya nalogom na dobavlennuyu stoimost po ustanovlennoy stavke (za isklyucheniyem produksii sobstvennogo proizvodstva AO “Almalikskiy GMK”, AO “Uzmetkombinat” i AO “Uzvtorsvetmet”)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxatining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 20 va 21-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. AO “Uzmetkombinat”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. AO “Uzvtorsvetmet””.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3954-son qarori rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “do 1-marta 2019 goda” so‘zlari “do 1-oktabrya 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

VSEGO:

457,4

181,0

213,1

40,6

22,7

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

VSEGO:

4 279,9

929,05

973,73

1 160,77

1 142,87

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi satrlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4

Zakup mednogo i sinkovogo sirya***

3 822,5

748,05

760,63

1120,17

1120,17

Mednoye sirye (kod TN VED 2603, 7401, 7407)

2 624,02

466,8****

479,38

838,92

838,92

sobstvennie sredstva i krediti kommercheskix bankov

Sinkovoye sirye (kod TN VED 2608, 2817, 7902)

1 125

281,25

281,25

281,25

281,25

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi izohlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“***) podlejit utochneniyu v svyazi s izmeneniyem obyemov metallurgicheskogo sirya isxodya iz soderjaniya metalla v sirye, a takje seni na birjevix torgax
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
****) chast iz nix vklyuchayetsya v obyemi postavok v 2018 godu”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)