08.08.2018 yildagi 634-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qaroriga asosan faoliyat yuritmayotgan korxonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 17 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimiyati, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan obyektlarini 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki bo‘lgan obyektlarning bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini, shuningdek, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi soliq bo‘yicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda – ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligiga berish masalasi ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 1-ilovada qayd etilgan KSZlar chegaralarini bir oy muddatda aniqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududiga kiritilgan hududlarda faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq ajratiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq bo‘linish chegarasigacha Toshkent viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Toshkent viloyati KSZlarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Toshkent viloyati KSZlari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflar — “yo‘l xaritalari” ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati KSZlari hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-oktabrda va 2019-yil 15-yanvarda axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-dekabrdagi 1040-son qaroriga 2-ilovaning 43-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Sh. Sharipov va Toshkent viloyati hokimi G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
634-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

KSZ nomi

KSZ tarkibiga kiritilayotgan obyektlarning nomi

Hududi

(ga)*

Bino va inshootlar maydoni (kv.m)*

1.

Angren shahar
KSZ

“Naqlgazmaxsus-qurilish” AJ Namuna filiali 4-uchastkasi hududining bir qismi**

2,0

2.

Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq “Ohangaron” sovxozi bino va inshootlari

2,1

1 981,8

3.

“Yangi-Angren IES” AJ mahsulotlarni qayta ishlash sexining bino va inshootlari**

6,38

8 111,8

4.

Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar

2,5

3 690,0

5.

Bekobod shahar KSZ

“Dalvarzin paxta tozalash” AJning sobiq paxta tozalash zavodi bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish sexi)**

2,47

1 216,7

6.

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” IChB tuman qozonxona bino va inshootlari***

3,6

8 135,0

7.

“Bekobod Agroservis MTP” MChJ hududining bir qismi**

1,8

8.

Quyichirchiq tumani KSZ

Quyichirchiq tumani tibbiyot birlashmasining sobiq yuqumli kasalliklar shifoxonasi bino va inshootlari

2,5

1 500,0

9.

Chirchiq shahar KSZ

“Maksam Chirchiq” AJ ishlab chiqarish maydoni**

4,0

18 755,4

10.

“Maksam Chirchiq” AJning qurilishi tugallanmagan obyekti va yer maydoni**

28,0

3 888,0

12.

Yangiyo‘l tumani KSZ

“Olmazor TMTYICh” DKning ma’muriy va ishlab chiqarish bino va inshootlari

5,59

7 258,0

JAMI:

67,64

97 054,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Binolar budjet hamda davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha qoldiq (balans) qiymati hisobiga beriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi 538-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

O‘lchov birligi

Miqdor/
Quvvat

Xarajatlar miqdori*
(mln. so‘m)

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Angren shahar KSZ

1.

VL-6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

3,2

210,0

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=75 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

1,2

70,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=160 mm bo‘lgan oqova suv tarmog‘ini qurish

km

1,1

160,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=102 mm bo‘lgan gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,9

145,8

“O‘ztransgaz” AJ mablag‘lari

“O‘ztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

585,8

Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq “Ohangaron” sovxozi bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,8

98,0

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=50 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va nasos agregatini o‘rnatish

km

dona

0,3

1

50,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=160 mm bo‘lgan oqova suv tarmog‘ini qurish

km

1,1

160,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=102 mm bo‘lgan gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,5

81,0

“O‘ztransgaz” AJ mablag‘lari

“O‘ztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

389,0

“Yangi-Angren IES” AJ mahsulotlarni qayta ishlash sexining bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,7

96,0

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va nasos agregatini o‘rnatish

km

dona

0,3

1

90,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=60 mm bo‘lgan oqova suv tarmog‘ini qurish

km

0,15

40,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

226,0

Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,6

92,0

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va nasos agregatini o‘rnatish

km

dona

0,4

1

100,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=76 mm bo‘lgan gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,25

40,5

“O‘ztransgaz” AJ mablag‘lari

“O‘ztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=160 mm bo‘lgan oqova suv tarmog‘ini qurish

km

0,15

40,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

272,5

Bekobod shahar KSZ

“Dalvarzin paxta tozalash” AJning sobiq paxta tozalash zavodi bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish sexi)

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

1,6

185,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,1

15,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

200,0

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” IChB tuman qozonxona bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

1,8

205,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

205,0

Quyichirchiq tumani KSZ

1.

10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini yotqizish

km

0,1

5,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=75 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,3

24,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

29,0

Chirchiq shahar KSZ

“Maksam Chirchiq” AJ ishlab chiqarish maydoni

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,9

110,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

110,0

“Maksam Chirchiq” AJning qurilishi tugallanmagan obyekti va yer maydoni

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,9

110,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

110,0

“Olmaliq TMK” AJning noyob metall va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining obyektlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

0,7

98,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

98,0

Yangiyo‘l tumani KSZ

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i havo liniyasini qurish

km

1,8

240,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

“O‘zbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

Nasos agregatini o‘rnatish

dona

1

65,0

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

305,0

HAMMASI:

2 530,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 09/18/634/1683-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)