25.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3106
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3106]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 13-noyabrdagi 143-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik aktiv ― hayvonlar yoki oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik aktivlarning guruhlari ― oʻxshash xususiyatlarga ega hayvonlar yoki oʻsimliklarning jamlanmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biotransformatsiya ― oʻsish, nasl qoldirish, degradatsiya, ishlab chiqarish va koʻpayish jarayoni natijasida biologik aktivda sodir etiladigan sifat va son oʻzgarishi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetilgan biologik aktivlar ― bu qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻib olish mumkin boʻlgan darajaga yetgan (foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlarga nisbatan qoʻllaniladigan) yoki ularni muntazam ravishda yigʻishni (olishni) taʼminlashi mumkin boʻlgan (unumdor biologik aktivlarga qoʻllaniladigan) aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ― biologik aktivlaridan olingan (yigʻilgan) mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish ― mahsulotni biologik aktivdan ajratib olish yoki biologik aktivning hayot faoliyatini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi faoliyati ― tashkilotlar tomonidan yetilgan biologik aktivlar va biotransformatsiyani yoki olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yoki qoʻshimcha ishlab chiqarilgan biologik aktivlarni sotish, begʻaraz asosida yoxud nominal qiymat boʻyicha berish maqsadida boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish xarajatlari ― moliyalashtirish xarajatlari, soliqlar va yigʻimlardan tashqari, aktivlarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha xarajatlar. Aktivlarning chiqib ketishi sotish, begʻaraz yoki nominal qiymati boʻyicha oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unumdor (nasldor) biologik aktivlar ― ushbu biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi faoliyatida bir yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz va qayta foydalaniladigan aktivlardir. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti emas, balki oʻz-oʻzidan qayta tiklanuvchi obyekt hisoblanadi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi hayvon turlariga nasl qoldiruvchi hayvonlar (baliq va qushlar), sut mahsulotlari yoʻnalishi boʻyicha yirik shoxli qoramollar, jun ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qoʻylar va boshqa hayvonlar misol boʻla oladi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi oʻsimlik turlariga meva va rezavorlar, yongʻoq, sharbat, qatronlar, qobiqlar va barglar olish uchun oʻstiriladigan daraxtlar, uzumzorlar va butalar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlar ― qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatida olinadigan (yigʻiladigan) yoki biologik aktivlar sifatida sotiladigan, begʻaraz yoki nominal qiymat boʻyicha beriladigan aktivlar. Masalan, foydalaniladigan (isteʼmol qilinadigan) biologik aktivlarga bir martalik foydalanish uchun hayvon yoki oʻsimliklar, xususan goʻsht yoʻnalishida yirik shoxli qoramol, sotish uchun moʻljallangan qoramol, baliq yetishtirish xoʻjaliklaridagi baliq, makkajoʻxori va bugʻdoy kabi donli mahsulotlar, shuningdek yogʻoch tayyorlash maqsadida oʻstiriladigan daraxtlar kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil beruvchi oʻsimlik — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishda foydalaniladigan, bir necha davrlar davomida hosil berishi kutiladigan hamda oʻzining qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida sotilishi ehtimoli past boʻlgan (bundan uning qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi holatlari mustasno) oʻsimlik.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar hosil beruvchi oʻsimlik hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish uchun yetishtiriladigan oʻsimliklar (masalan, yogʻoch olish maqsadida yetishtiriladigan daraxtlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun parvarish qilinadigan va tashkilot tomonidan ushbu oʻsimliklarning oʻzini ham qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olib realizatsiya qilish ehtimoli kam boʻlmagan (bundan ularning qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi holatlari mustasno) oʻsimliklar (masalan, ham mevasi, ham yogʻochi uchun yetishtiriladigan daraxtlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir yillik ekinlar (masalan, makkajoʻxori va bugʻdoy).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hosil beruvchi oʻsimliklar hosil olish maqsadida foydalanilmay qoʻyilganda, ular kesilishi (masalan, oʻtin sifatida foydalanish uchun) va qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoldiq sifatidagi bunday realizatsiya qilish hosil beruvchi oʻsimlikning ushbu Standartda belgilangan taʼrifiga muvofiqligini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hosil beruvchi oʻsimliklarda oʻsayotgan (yetishtirilayotgan) va hali yigʻib olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari biologik aktiv hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshqa budjet hisobi standartlarida taʼriflangan atamalar ushbu Standartda ham xuddi shu maʼnoda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilot biologik aktivning haqiqiy qiymatini aniqlashda imkon qadar kuzatish mumkin boʻlgan bozor maʼlumotlaridan foydalanishi hamda kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanishni minimallashtirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maʼlumotlar kuzatiladigan yoki kuzatilmaydigan boʻlishi mumkin va ular quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-daraja — baholash sanasida faol bozorlarda mavjud boʻlgan bir xil aktivlar yoki majburiyatlar uchun shakllangan narxlarni ifodalovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-daraja — 1-daraja maʼlumotlariga kirmaydigan, biroq aktiv yoki majburiyatga doir bevosita yoki bilvosita kuzatish mumkin boʻlgan bozor narxlariga asoslangan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-daraja — aktiv yoki majburiyatga doir kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlar, shu jumladan tashkilotning ichki baholashiga asoslangan maʼlumotlar.
(11 — 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi faoliyati turli sohalarni qamrab oladi, jumladan chorvachilik, oʻrmonchilik, qishloq xoʻjaligining bir yillik yoki koʻp yillik oʻsimliklarini oʻstirish. Ushbu faoliyat bir qator umumiy jihatlar ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzgarish qobiliyati. Hayvonlar va oʻsimliklar biotransformatsiya xususiyatiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzgarishlarni boshqarish. Boshqarish zarur boʻlgan qulayliklar yoki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun barqaror shart-sharoitlarni yaratish yoʻli bilan biotransformatsiyaga koʻmaklashadi (misol uchun, belgilangan darajada ozuqa moddalarini taʼminlash, namlik, harorat, mahsuldorlik va yorugʻlikni saqlab turish). Bunday boshqarish qishloq xoʻjaligi faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan (boshqarib boʻlmaydigan manbalardan olinadigan mahsulotlar, jumladan tabiiy koʻllar va daryolardan baliq tutish yoki oʻrmonlarni kesish) farqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzgarishlarni oʻlchash. Biotransformatsiya natijasida yuzaga keladigan sifat (misol uchun, genetik xususiyatlari, zichligi, yetilganligi, yogʻ qatlami, oqsilning mavjudligi, tolaning mustahkamligi) va miqdor oʻzgarishlarini (misol uchun, nasli, ogʻirligi, kub metri, tolaning uzunligi yoki diametri, gʻunchalar soni) oʻlchash va nazorat qilish boshqaruvning funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biotransformatsiya quyidagi natijalarga olib keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aktivlarning oʻsishiga (hayvonlar yoki oʻsimliklar miqdorining oʻsishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yaxshilanishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aktivlarning kamayishiga (hayvon yoki oʻsimliklar miqdorining kamayishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yomonlashishi) yoki koʻpayishiga (qoʻshimcha jonli hayvon yoki oʻsimliklarning paydo boʻlishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqilishiga (masalan, choy bargi, jun, sut va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisoblash metodi orqali moliyaviy hisobotni tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlar oʻzining qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda mazkur Standartni qoʻllashi va quyidagilarning hisobini yuritishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biologik aktivlar, hosil beruvchi oʻsimliklar bundan mustasno;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yigʻish paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Standart quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli hosil beruvchi oʻsimliklarga (bunda, ushbu Standart hosil beruvchi oʻsimliklardagi hosilga nisbatan qoʻllaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xizmatlar koʻrsatish yoki ishlarni bajarish uchun moʻljallangan biologik aktivlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli yerni ijaraga olish natijasida yuzaga kelgan foydalanish huquqi aktivlariga.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Biologik aktivlardan tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim, transportirovka, koʻngilochish, bojxona nazoratini oʻtkazish maqsadida foydalanilgan hollarda mazkur Standart talablari boʻyicha hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritishda ularni olish (yigʻish) vaqtidagina mazkur Standartdan foydalaniladi. Uning keyingi hisobini yuritishda boshqa tegishli standartlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini olishdan (yigʻishdan) keyingi qayta ishlab chiqish ishlarida (misol uchun, uzumni vinoga qayta ishlash) mazkur Standart qoʻllanilmaydi. Qayta ishlab chiqish qishloq xoʻjaligi faoliyatining mantiqiy va tabiiy davomi, shuningdek boʻlib oʻtayotgan jarayonlar va biotransformatsiya oʻrtasida ayrim oʻxshashlik boʻlsa-da, mazkur jarayon mazkur Standartdagi qishloq xoʻjaligi faoliyati tushunchasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Biologik aktivlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlab chiqish natijasida olinadigan (yigʻiladigan) mahsulotlarga misollar mazkur Standartning ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hisobga olish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilot biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotini faqat quyidagi hollarda hisobga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahsulot yetishtirilgunga (yigʻilgunga) qadar davrda aktivni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aktiv bilan bogʻliq kelajakda iqtisodiy daromad kelishi yoki xizmat koʻrsatish imkoniyatini ehtimolligi yuqori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aktivning haqiqiy qiymati yoki tannarxini oʻlchash maʼlumotlari ishonchli boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Biologik aktivning haqiqiy qiymati uning joylashgan joyi va hozirgi vaqtdagi holatidan kelib chiqib aniqlanadi. Misol uchun, xoʻjalikdagi begʻaraz yoki nominal qiymatda berish uchun moʻljallangan qoramolni joyga yetkazib berishning transport va boshqa xarajatlarini hisoblamaganda, uning haqiqiy qiymati tegishli bozordagi narxi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi faoliyatida yirik shoxli qoramolga egalik qilish huquqi sifatida uning sotib olinishi, tugʻilishi yoki ajratilishi vaqtida tamgʻalash yoki boshqa usulda belgi qoʻyiladi. Kelajakdagi iqtisodiy foyda va xizmat koʻrsatish potensiali uning oʻziga xos koʻrsatkichlaridan kelib chiqib baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davriga biologik aktiv oʻzining haqiqiy qiymati boʻyicha sotish xarajatlarini hisobga olmagan holda belgilanishi kerak, mazkur Standartning 27-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotlar biologik aktivlarni almashuv boʻlmagan operatsiyalar orqali qabul qilsa, biologik aktivni dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davrida baholash mazkur Standartning 12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ushbu mahsulotlar olingan vaqtda aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha baholanishi kerak. Ushbu baholanish natijasida olingan qiymat boshqa tegishli standart qoʻllanib boshlanadigan kunga mahsulotning qiymati boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotining haqiqiy qiymatini aniqlash jarayonini osonlashtirish maqsadida ularning asosiy xususiyatlari mos ravishda guruhlashtirilishi mumkin (misol uchun, yoshi yoki sifati boʻyicha). Tashkilot aktivning narxini belgilashda asos sifatida bozorga mos ravishda foydalanilayotgan xususiyatlardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotlar koʻp hollarda oʻzlarining biologik aktivlari yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kelajakdagi qaysidir vaqtda sotish boʻyicha shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalarda kelishilgan narxlar haqiqiy qiymatni aniqlashda asos boʻlishi shart emas, chunki haqiqiy qiymat sotuvchi va sotib oluvchi ishtirok etayotgan bozordagi narxlarning joriy konyukturasini koʻrsatadi. Shunga koʻra, shartnomaning mavjudligi biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining haqiqiy qiymatini oʻzgartirilishiga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashuv operatsiyasida biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha shartnoma ayrim hollarda zarar keltiruvchi shartnoma sifatida eʼtirof etilishi mumkin. Bunday shartnomalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) talablari qoʻllaniladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ularning joylashgan joyi va holatiga bogʻliq holda faol bozor mavjud boʻlsa, bunda ushbu bozorda belgilangan narx mazkur aktivning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun mos keluvchi asos hisoblanadi. Agar tashkilot bir qancha faol bozorlarga kirish imkoniyati boʻlsa, tashkilotga toʻgʻri keluvchi eng maqbul boʻlgan narx ishlatiladi (misol uchun, agar tashkilotda ikkita faol bozorga kirish imkoniyati boʻlsa, bunda u oʻzi bitim tuzishni istagan bozordagi narxdan foydalanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Faol bozor mavjud boʻlmagan holatlarda, tashkilotlar bozor qiymatni aniqlash uchun bir yoki bir qancha quyidagi koʻrsatkichlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar oxirgi bitim amalga oshirilgan sana va hisobot sanasi oʻrtasidagi davrda xoʻjalik shartlariga muhim oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa savdo bitimning oxirgi narxlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻxshash aktivlar uchun bozor bahosi farqlarini hisobga olish bilan aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mos keluvchi soha koʻrsatkichlari, misol uchun bir eksport lot bogʻdorchilik koʻchatlari hisobi gektar va yirik shoxli qoramol hisobi kilogramm goʻsht.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yoki biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini mazkur Standartning 18-bandi asosida aniqlashda har xil xulosalarga olib kelsa, tashkilot ushbu farqlar sabablarini biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchliroq baholash uchun koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilot aktivlarini oʻz hisob-kitobida moliyalashtirish, soliqqa tortish yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olgandan (yigʻgandan) keyin biologik aktivlarni tiklash bilan bogʻliq boʻlgan (misol uchun, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yigʻib olinganidan keyingi ekin maydonlarini tiklashga ketadigan xarajatlar) pul oqimini aks ettirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Biologik aktivlar tannarxi baʼzida haqiqiy qiymatga deyarli teng boʻlishi mumkin, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshlangʻich xarajatlari amalga oshirilgan vaqtdan sezilarli biotransformatsiya sodir boʻlmaganda (misol uchun, mevali daraxtlar hisobot davridan oldin koʻchatlari ekilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biotransformatsiyaning narxga taʼsiri sezilarli darajada boʻlishi kutilmaganda (misol uchun, ishlab chiqarish davri 30 yilni tashkil etuvchi ekilgan qaragʻaylarni boshlangʻich oʻsish davri).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Biologik aktivlar koʻpincha yer bilan bevosita bogʻliq boʻladi (misol uchun, oʻrmondagi daraxtlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bogʻliq boʻlgan aktivlarga tegishli axborotdan foydalanadi. Bunda, biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bogʻliq boʻlgan aktivlarning haqiqiy qiymatidan ishlov berilmagan yerlarining haqiqiy qiymatini va uni yaxshilashga qaratilgan kapital xarajatlarini chegirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Foyda va zarar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Biologik aktivning sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati boʻyicha dastlabki hisobga olishda, shuningdek sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik aktivni haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zarar u hosil boʻlgan davrdagi tashkilotning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Biologik aktiv dastlabki hisobga olinganda foyda yoki zarar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, biologik aktivning haqiqiy qiymatini sotish xarajatlarini chegirgan holda aniqlash natijasida zarar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, biologik aktivning paydo boʻlishi natijasida foyda ham yuzaga kelishi mumkin (masalan, buzoq tugʻilganda).
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati boʻyicha dastlabki hisobga olinishidagi foyda yoki zararining yuzaga kelish holatlari u hosil boʻlgan davrdagi tashkilotlarning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xoʻjalik mahsulotining dastlabki hisobga olinishida ushbu mahsulot olinishi (yigʻib olinishi) natijasida foyda yoki zarar yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Haqiqiy qiymatning ishonchli baholana olinmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin, deb hisoblanadi. Mazkur faraz faqat biologik aktiv dastlab hisobga olinayotganda, unga nisbatan bozorda eʼlon qilingan narxlar mavjud boʻlmagan va haqiqiy qiymatni aniqlashning muqobil usullari ishonchli natija bermaydi deb topilgan hollarda rad etilishi mumkin. Bunday hollarda biologik aktiv uning dastlabki qiymati boʻyicha jamgʻarilgan amortizatsiya va jamgʻarilgan qadrsizlanish zararlari chegirilgan holda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar keyinchalik ushbu biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda aniqlash imkoniyati yuzaga kelsa, tashkilot uni sotish xarajatlari chegirilgan holdagi haqiqiy qiymat boʻyicha baholaydi. Agar uzoq muddatli biologik aktiv sotish uchun moʻljallangan aktiv sifatida tasniflansa (yoki sotish uchun moʻljallangan guruh tarkibiga kiritilsa), uning haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda aniqlash mumkin, deb hisoblanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar tashkilot avval sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha qandaydir biologik aktivni baholagan boʻlsa, sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha mazkur biologik aktivni hisobdan chiqarilgunga qadar baholashni davom ettiradi, mazkur Standartning 27-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Barcha holatlarda tashkilotlar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini olingan (yigʻilgan) vaqtda sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati boʻyicha baholaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Standart qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ularni yigʻish paytidagi haqiqiy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin degan farazga asoslanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Biologik aktivning xarid qiymati, jamgʻarilgan amortizatsiyasi va jamgʻarilgan qadrsizlanish zararlarini aniqlashda, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisobga olishda tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (7-sonli BHS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 3120, 2019-yil 14-yanvar) va Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar” (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) talablarini hisobga oladi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Axborotni ochib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tashkilotlar biologik aktivlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlabki hisobga olish, shuningdek biologik aktivlarning sotish xarajatlaridan tashqari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zararning umumiy qiymatini ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashkilot isteʼmol qilinadigan biologik aktivlar bilan hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar, shuningdek sotish uchun moʻljallangan biologik aktivlar bilan begʻaraz yoki nominal qiymat asosida berishga moʻljallangan biologik aktivlar oʻrtasidagi farqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotni berishda tashkilotlar biologik aktivlarni yetilgan va yetilmagan biologik aktivlarga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashkilot, agar u taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan birga ochib berilmagan boʻlsa, quyidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biologik aktivlarning har bir guruhlari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzining faoliyatining xususiyati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) natural koʻrinishda ifodalangan nomoliyaviy aktivlar parametrlari yoki hisob-kitob koʻrsatkichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri yakuniga tashkilotlar biologik aktivlarining har bir guruhlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti hajmi boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Tashkilot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga quyidagi holatlarni baholash imkonini beradigan maʼlumotlarni yoritib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanadigan biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan baholash usullari va kiritilgan maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda 3-daraja maʼlumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan haqiqiy qiymat baholashlarining hisobot davridagi moliyaviy natijaga yoki sof aktivlar (kapital) qiymatiga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Tashkilot mazkur standartning 321‑bandidagi maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni hisobga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼlumotlarni yoritib berish talablarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tafsilotlar aniqligi (masalan, qoramol — sut beradigan sigir, buqa, yosh buzoq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turli talablarning har birining ahamiyati (ustuvorligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qay darajada umumlashtirish yoki alohida elementlarga ajratish kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning yoritib berilgan miqdoriy maʼlumotlarni baholash uchun qoʻshimcha maʼlumotga ehtiyoji bor yoki yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Standart va boshqa budjet hisobi standartlariga muvofiq yoritib berilgan maʼlumotlar ushbu Standartning 321‑bandidagi maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlmasa, tashkilotlar mazkur maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni (masalan, baholash boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar yoki biologik aktivlar tasnifi boʻyicha izoh kabi maʼlumotlar) yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Tashkilot mazkur Standartning 321‑bandida belgilangan maqsadlarga erishish uchun, dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanadigan har bir biologik aktivning toifasi boʻyicha (biologik aktivlarning toifalari ushbu Standartning 324-bandiga muvofiq aniqlanadi) kamida quyidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisobot davri yakunidagi haqiqiy qiymat oʻlchovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymat oʻlchovlari qaysi maʼlumotlar darajasiga kiritilganligi (1, 2 yoki 3-daraja);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlardan foydalangan holda aniqlangan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun qoʻllanilgan baholash usullari va foydalanilgan maʼlumotlar tavsifi. Agar baholash usuli oʻzgargan boʻlsa (masalan, bozor yondashuvidan daromad yondashuviga oʻtish yoki qoʻshimcha baholash usulini qoʻllash), tashkilot ushbu oʻzgarish va uning sabablarini ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot 3-darajaga kiritilgan haqiqiy qiymatni baholashda foydalanilgan kuzatish mumkin boʻlmagan muhim maʼlumotlar boʻyicha miqdoriy maʼlumotlarni ochib berishi kerak. Agar bunday miqdoriy maʼlumotlar shakllantirilmagan boʻlsa, ularni yaratish talab etilmaydi. Biroq tashkilot uchun olish imkoniyati mavjud va haqiqiy qiymatni aniqlash uchun muhim boʻlgan miqdoriy maʼlumotlar inkor etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tashkilot 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha davr boshidan davr oxirigacha boʻlgan oʻzgarishlarni quyidagicha ochib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida tan olingan jami natija va uning foyda yoki zarar hisobotida aks etgan elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami aktivlar (kapital)da tan olingan umumiy foyda yoki zarar va uni tan olingan elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridlar, sotuvlar, hisobdan chiqarishlar va hisob-kitoblar (ushbu turdagi har bir oʻzgarish alohida ochib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha hisobot davri oxirida ushlab turilgan biologik aktivlarga taalluqli amalga oshirilmagan foyda yoki zararlardagi oʻzgarishlar hissasi hamda mazkur hisobga olingan foyda yoki zarar elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun qoʻllanilgan baholash jarayonlari tavsifi (jumladan, baholash siyosati va tartiblari qanday belgilanishi hamda haqiqiy qiymat oʻzgarishlarining davrlar orasida tahlil qilinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun oʻzgarishlarga nisbatan taʼsirchanlik boʻyicha tavsif. Agar bunday maʼlumotlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlsa, tashkilot ularning taʼsirini kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkinligini ham tavsiflashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Tashkilotlar biologik aktivlarni toifalarga ajratishni quyidagilar asosida belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biologik aktivlarning tabiati, xususiyatlari va xavf-xatarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymat oʻlchovi qaysi daraja maʼlumotlariga asosan aniqlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun maʼlumotlar darajasi yuqoriroq boʻlishi talab etilishi mumkin, chunki bunday oʻlchovlar yuqori darajadagi noaniqlik va subyektivlik bilan tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish uchun biologik aktivlarni qanday darajada toifalarga ajratishni belgilash professional mulohazani talab etadi. Biologik aktivlar odatda moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalarga nisbatan kengroq darajada toifalarga ajratishni talab qiladi. Biroq, tashkilot moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beruvchi yetarli maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqa budjet hisobi standarti biologik aktivlarni toifalarga ajratish tartibini belgilagan boʻlsa, tashkilot mazkur Standartda talab etilgan maʼlumotlarni taqdim etishda ushbu tartiblardan foydalanishi mumkin (agar u mazkur band talablariga javob bersa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanmaydigan, ammo haqiqiy qiymati ochiqlab koʻrsatiladigan har bir biologik aktivlar toifasi uchun tashkilot ushbu Standartning 323-bandi “b”, “d” va “h” kichik bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni ochiqlab koʻrsatishi kerak, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotdan 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha ushbu Standartning 323-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan muhim kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlarga oid miqdoriy ochiqlashlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot bunday biologik aktivlar uchun ushbu Standartda nazarda tutilgan boshqa ochiqlashlarni taqdim etishi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Tashkilot ushbu Standartda nazarda tutilgan miqdoriy ochiqlashlarni jadval shaklida taqdim qilishi kerak, agar boshqa maqbul shakl mavjud boʻlmasa.
(321 — 326-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tashkilotlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari har bir guruhining olish (yigʻish) vaqtida va biologik aktivlari har bir guruhining haqiqiy qiymatini aniqlashda foydalaniladigan usul hamda asosiy yoʻnalishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida olingan (yigʻilgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotiga nisbatan tashkilot shu mahsulotning olish (yigʻish) vaqtida aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻllash boʻyicha maʼlum cheklovlari bor boʻlgan biologik aktivlarning mavjudligi va balans qiymatini, shuningdek majburiyatlarni bajarish uchun garov sifatida berilgan biologik aktivlarning qiymatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) subyekt tomonidan biologik aktivlardan foydalanish yoki ularni sotish ehtimolligi mavjud boʻlganda shu aktivlarga qoʻyiladigan cheklovlar darajasi va xususiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) biologik aktivlarni takomillashtirish yoki sotib olish boʻyicha oʻz boʻyniga olgan majburiyatlarning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy xatar boshqarish strategiyasini ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot joriy hisobot davrining boshi va oxiri oʻrtasida boʻlgan biologik aktivlarning balans qiymatining oʻzgarishlarni qiyoslashi kerak. Ushbu qiyoslash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar va isteʼmol qilinuvchi biologik aktivlar boʻyicha alohida ochiladigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatining oʻzgarishlaridan olingan foyda va zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biologik aktivlarni sotib olish natijasida qiymatning oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) almashuv boʻlmagan operatsiyalar natijasida sotib olingan aktivlar hisobiga qiymatning koʻtarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Standartga muvofiq ravishda biologik aktivlarni sotish va klassifikatsiyalash sababli qiymatning pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aktivlarni begʻaraz yoki nominal qiymat boʻyicha berilishi sababli qiymatning pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish (olish) bilan bogʻliq qiymatning pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) faoliyatni birlashtirish boʻyicha bitimlar natijasida qiymatning koʻtarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini hisobot topshirish valyutasiga qayta hisoblanishi va hisobot topshirilayotgan subyektni chet el boʻlinmasining koʻrsatkichlarini hisobot valyutasiga qayta hisoblanishidan kelib chiqadigan sof kurs farqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) boshqa oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Aktivning haqiqiy qiymati sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik jismoniy xususiyatlari hamda bozordagi narxlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq ravishda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Biotransformatsiya natijasida bir qator jismoniy xususiyatlar oʻzgarishi kuzatiladi (oʻsish, nasl qoldirish, ishlab chiqarish va koʻpayish) har bir oʻzgarish kuzatilishi va oʻlchanishi lozim. Jismoniy xususiyatlar oʻzgarishining har biri kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki samarali foydalanish imkoniyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq. Yigʻilgan (olingan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti natijasida biologik aktivni haqiqiy qiymatining oʻzgarishi jismoniy xususiyatlarni ham oʻzgartirishini oʻzida aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qishloq xoʻjaligi faoliyati koʻpincha noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan xatarlari, kasallikning ommaviy tarqalishi va boshqa tabiat xatarlar bilan bogʻliq. Bunday voqealar sodir boʻlish natijasida daromad yoki xarajatlar hajmi koʻpayib yoki kamayib ketishi mumkin, bunda ularning xususiyati va miqdori tashkilotning moliyaviy hisobotida koʻrsatilishi kerak. Bunday voqealarga misol boʻlib infeksion kasalliklarning ommaviy tarqalishi, suv toshqini, kuchli qurgʻoqchilik yoki havoning sovuq kelishi, shuningdek hasharotlarning koʻpayib ketishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar tashkilot biologik aktivni oxirgi davrdagi qadrsizlanishi natijasida toʻplangan amortizatsiya (mavjud boʻlganda) va zararni chegirgan holda tannarx boʻyicha oʻlchasa, bunda biologik aktivlarga nisbatan quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu biologik aktivlarning guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymatni ishonchli oʻlchash imkoniyati yoʻqligi sabablarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) imkoniyatlardan kelib chiqib, barcha ehtimollikligi bilan haqiqiy qiymatning hisob-kitob baholari oraligʻini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) amortizatsiyani hisoblashda foydalaniladigan usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) amortizatsiyani hisoblashda qoʻllaniladigan meʼyorlar yoki samarali foydalanish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hisobot davrining boshi va oxiri oʻrtasidagi umumiy balans qiymati va yigʻilgan amortizatsiya (qadrsizlanishdan toʻplangan zarar bilan birga) summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar tashkilot hisobot davri davomida biologik aktivni qadrsizlanishdan yigʻilgan amortizatsiya va zararni chegirgan holda baholasa, bunda biologik aktivning chiqib ketganida tan oladigan har qanday foyda yoki zarar summasini koʻrsatib berishi, mazkur Standartning 35-bandiga mos ravishda koʻrib chiqilganda, shu kabi biologik aktivlarga tegishli koʻrsatkichlarni alohida koʻrsatishi kerak. Bundan tashqari, mazkur koʻrib chiqish tarkibiga biologik aktivga tegishli quyidagi koʻrsatkichlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qadrsizlanishdan koʻrilgan zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qadrsizlanishdan koʻrilgan zararlarning tiklangan summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) amortizatsiya summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar joriy hisobot davri davomida qadrsizlanishdan toʻplangan amortizatsiya va zararni chegirilgan holda oldin tannarxni boʻyicha aniqlanadigan biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini ishonchli oʻlchash imkoniyati yuzaga kelganda, tashkilot mazkur biologik aktivlarga nisbatan quyidagi axborotni koʻrsatishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu biologik aktivlarning tasnifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymatni ishonchli oʻlchash imkoniyati borligi sabablarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtishning haqiqiy qiymatga taʼsiri.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, biologik aktivlar va ularni qayta ishlash natijasida olinadigan (yigʻiladigan) mahsulotlarga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MISOLLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik aktivlar

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari

Qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar

Qoʻylar

Jun

Ip-kalava, gilam

Yogʻoch-taxta uchun ekilgan oʻrmonzordagi daraxtlar

Kesilgan daraxtlar

Yogʻoch-taxta materiallari

Gʻalla ekini

Bugʻdoy

Un va un mahsulotlari

Sogʻin sigir

Sut

Pishloq

Paxta oʻsimligi

Terilgan paxta

Ip-tola, kiyim

Shakar qamish

Oʻrilgan shakar qamish

Shakar

Uzum toklari

Uzum

Vino

Goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar

Goʻsht

Kolbasa mahsulotlari

Mevali daraxtlar

Yigʻilgan mevalar

Qayta ishlovdan oʻtgan mevalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Baʼzi oʻsimliklar, masalan, olma daraxtlari, uzum toklari odatda hosil beruvchi oʻsimlik taʼrifiga mos keladi va Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar” (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) doirasiga kiradi. Ammo hosil beruvchi oʻsimliklarda oʻsadigan hosillar, masalan, olma, uzum va mevalar mazkur Standart doirasiga kiradi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106-1, 10.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 10/18/3106/2369-son; 11.06.2026-y., 10/26/3106-1/0583-son)