1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, maʼmuriy funksiyalarni nomarkazlashtirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini boshqarish mexanizmi soddalashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat koʻrsatish amaliyotini oʻrganish ularning samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining yetarlicha samarali emasligi, shuningdek, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda va erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uchun jozibadorligini pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining takrorlanishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilishning kechikishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni taʼminlash, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish, tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi alohida qarorisiz, maʼmuriy kengashlarning investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish toʻgʻrisidagi bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi PF–5719-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 06/19/5719/3136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar tomonidan qarorlar biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” (keyingi oʻrinlarda — Markaz) DUKning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilinadi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning amalga oshirilayotgan loyihalar biznes-rejalari yoki ularning texnik-iqtisodiy asosnomalari boʻyicha xulosalar berish muddatlari yigirma kalendar kunidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy kengashlar tomonidan ishlab chiqarish loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati Markaz tomonidan xulosa berish jarayoni bilan birga oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan bojxona imtiyozlari qoʻllangan holda import qilingan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovarlar roʻyxatini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha Markazning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakda direksiya rahbarlarining maʼqullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirib, uning balansiga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini davlat ulushi sifatida, shuningdek, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining barcha yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga, shu jumladan marketing, konsalting, logistika, kommunal-maishiy, mehmonxona, taʼlim, sugʻurta va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida soddalashtirilgan viza rejimi va xodimlarni, shu jumladan chet el fuqarolarini ishga yollash tartibini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zona qatnashchilari uchun litsenziya va ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish. Bunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga qatnashchini kuzatish va talabgorning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlash vakolati beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi loyihalarni joylashtirish shartlarini bajarmagan taqdirda u bilan tuzilgan shartnomani faqatgina sud tartibida bekor qilish tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida chet el fuqarolari uchun qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni erkin iqtisodiy zonalar hududiga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlab, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrgan holda, loyihalarning bajarilishi va ishtirokchilar faoliyati samaradorligi ustidan doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni jalb qilish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududida zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoatchilik obyektlar bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuvi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini belgilash va shu asosda loyihalarni tanlab olishning aniq mezonlarini, berilayotgan imtiyozlar hamda davlat koʻmagining boshqa shakllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlamagan rahbarlarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki bekor qilish, maʼmuriy kengashlar, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari yoki boshqa organlar va tashkilotlarning investorlar tomonidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmagani toʻgʻrisidagi taqdimnomalari asosida maʼmuriy kengashlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qarorlarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi boʻlinmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishi va faoliyat koʻrsatishi, ularning hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yuzasidan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari rahbarlarining, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari birinchi rahbarlarining mazkur Farmonda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarini har chorakda eshitish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
(3-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga oʻz hududlarining bosh rejalari va arxitektura-rejalashtirish ishlarini ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ishtirok etish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda erkin iqtisodiy zonalarning avtomobil yoʻllari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining yangilangan namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiyot vazirligi bilan birga 2019-yilning 1-apreliga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuvi, investitsiya loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlari, berilayotgan imtiyozlar va davlat koʻmagining boshqa shakllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni jalb qilish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududida zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoatchilik obyektlar bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning boshqarish tizimini, shu jumladan direksiyalar faoliyatini tashkil etishda yagona standartlarni belgilash, koʻrsatilayotgan xizmatlarning roʻyxatini kengaytirish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berish yoʻli bilan takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin, unda erkin iqtisodiy zonalarning vazirlik, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalarini qaytargan holda, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan yerdan foydalanish shartnomalarini qayta koʻrib chiqish yoki qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish hisobiga yerdan oqilona foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlamagan ishtirokchilari bilan kelishuvlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatlarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni hisobga olib, qoloq loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallarini tuzishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar tomonidan birlamchi maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali raqamli imzodan foydalangan holda kiritish, shuningdek, loyihalarni muayyan mezonlar asosida qatʼiy belgilangan aniq avtomatik algoritm boʻyicha baholash imkonini beradigan, erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun arizalarni maʼmuriy kengashlar tomonidan koʻrib chiqishning elektron tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirishi, mahsulotlarni eksport qilishi, yangi ish oʻrinlari yaratishi hamda investitsiyaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan tezkor nazorat olib borish imkonini beruvchi erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmon talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarori 12-bandi talablarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari yagona portalining yangilangan versiyasini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha qabul qilingan qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazsin va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va unda ushbu Farmon qoidalari hamda keyinchalik oʻz kuchini yoʻqotadigan Oʻzbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni normalarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalar uchun infratuzilmalarni barpo etish boʻyicha hukumat qarorlarining amaliy ijrosini tahlil qilsin, zarur hollarda, moliyalashtirish koʻrsatkichlari va manbalarini qayta koʻrib chiqsin hamda har bir erkin iqtisodiy zona kesimida Infratuzilmani jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zona boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini bosqichma-bosqich qurish tarmoq grafiklarini tasdiqlasin, ularning ishlab chiqarish obyektlarini qurish va ishga tushirish muddatlari bilan bogʻlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidovaga — vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishi va ishlashi, shuningdek, ularning hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga — Markaz tomonidan erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshiriladigan loyihalarning biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha xulosalar oʻz vaqtida berilishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbarlari S.U. Umurzoqov, L.Sh. Qudratov, N.K. Xolmurodovga — maʼmuriy kengashlar tomonidan erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun investitsiya buyurtmalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va investitsiya loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qarorlar oʻz vaqtida qabul qilinishi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyevga, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev, “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Eshmuradov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh menejeri-muhandisi X.N. Xasilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlariga — tashqi infratuzilmalarni qurish va ularga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining ulanishi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv hamda tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5600-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda erkin iqtisodiy zonalarning avtomobil yoʻllari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” EIZda A-373 aylanma yoʻlni avvalgi “Rezinotexnika” AJ avtobazasigacha rekonstruksiya qilish
km
6,7
9 200
3.
“Jizzax” EIZda kirish yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish
km
7
3 000
4.
Sh. Rashidov tumanidagi “Jizzax” EIZning kengaytirilayotgan hududida 2 ta yoʻl koʻprigi bilan kirish yoʻllarini qurish
km
5,7
1 000
5.
“Urgut” EIZda kirish yoʻllarini qurish
km
65,1
15 000
6.
“Qoʻqon” EIZ hududining “A” blokidagi ichki avtomobil yoʻllarini qurish
km
6,2
10 000
7.
“Qoʻqon” EIZ ichki avtomobil yoʻllarini qurish
km
4,6
5 000
8.
“Hazorasp” EIZ hududidagi Pitnak shaharchasi Yu. Sherjonov massivining2-zonasida avtomobil yoʻlini qurish
km
5,2
8 000
9.
Hazorasp tumanidagi “Hazorasp” EIZ hududidagi Amudaryo qishlogʻining 5-zonasida avtomobil yoʻlini qurish
km
0,4
900
10.
“Nukus-farm” EIZ hududiga kirish yoʻllarini qurish
km
1,5
1 000
11.
“Namuna” massividagi “Kosonsoy-farm” EIZ hududiga kirish yoʻllarini qurish
km
5
2000
12.
“Boʻstonliq-farm” EIZ hududiga kirish yoʻllarini qurish
km
4,5
100
13.
“Parkent-farm” EIZ hududiga kirish yoʻllarini va “Parkentsoy” orqali koʻprik qurish
km
9
1 000
II.
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish
41602,5
14.
“Angren” EIZ hududida (Angren shahri qismida) suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish
km
11
11820,9
obyekt
2
15.
“Urgut” EIZ hududida suv taʼminoti obyektlarini qurish
km
6,2
9 929,8
obyekt
3
16.
“Urgut” EIZ hududida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish
km
6,5
7286,0
17.
“Qoʻqon” EIZ hududida suv quvurlari tarmogʻini qurish
km
17,96
6767,3
18.
“Hazorasp” EIZ hududida suv taʼminoti obyektlarini qurish
km
4,8
1861,5
19.
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmogʻini qurish
km
5
1000
20.
“Kosonsoy-farm” EIZ hududida kanalizatsiya tarmogʻi obyektlarini qurish
obyekt
1
1 400
21.
“Boʻstonliq-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmogʻini qurish
km
3
1537
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Loyihalarning yakuniy parametrlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash va belgilangan tartibda tender savdolarini oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimi, maʼmuriy kengash raisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyat va Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyat va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmasi rahbari, maʼmuriy kengash kotibi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoniga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorining 1-bandi “b” kichik bandi, shuningdek, 1, 2 va 4-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarorning 4 va 5-bandlari.