25.10.2017 yildagi PQ-3356-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib o‘tilsinki, keyingi yillarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini vujudga keltirish, jumladan ularning faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam normativ-huquqiy bazani shakllantirish, erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish imkonini beradigan soliq, bojxona imtiyozlari va yengilliklarining keng tizimini yaratish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishda jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjudki, ular shunday zonalarni rivojlantirishga va samarali faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori bilan tashkil qilingan Maxsus idoralararo komissiya tomonidan joylarga chiqib o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashtirish uchun loyihalarni tanlashning aniq mezonlari mavjud emas. Investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishda yangidan tashkil etilayotgan ish o‘rinlari soni, salohiyatli xorijiy sherik va investor-mamlakatning mavjudligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlarda talab qilinishi, eksport hajmi, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi hisobga olinmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish va amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini kelishib olish va ma’qullash mexanizmi amalda haddan tashqari murakkab byurokratizmga uchragan, bu esa mazkur loyihalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni qo‘p oylarga cho‘zib yubormoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘z vaqtida barpo etish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining ishonchli moliyaviy manbalar, shu jumladan, mahalliy va xorijiy kredit resurslari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga ishonchli ta’minlanishi mufassal ishlab chiqilmagan. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga biriktirilgan tijorat banklari ushbu muammolarni hal etishda sust ishtirok etmoqdalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotiladigan xomashyo resurslarini zarur hajmda sotib olishda kattagina qiyinchiliklarga duch kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning hududida foydalanishga topshirilgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan nihoyatda samarasiz foydalanilmoqda, buning oqibatida ishlab chiqarish va eksport hajmlari hamda ish joylari soni tasdiqlangan biznes-rejalar parametrlariga muvofiq kelmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar tomonidan joylarda yuzaga keluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shularning hammasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtiriladigan investitsiya loyihalarini tanlab olish, yer maydonlari ajratib berish tartibi, xomashyo va materiallardan foydalanishni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga kredit resurslari ajratishning prinsipial yangi tizimi yaratilishini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun g‘oyat qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, shuningdek, respublika mintaqalarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, buning asosida yangi ish joylarini tashkillashtirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati sohasida bir-birini takrorlovchi vakolatlar hamda funksiyalarga ega bo‘lgan doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar va ishchi guruhlar tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika kengashi (A.N. Aripov) 2017-yilning 1-dekabriga qadar mintaqalarning mavjud mineral-xomashyo, yer, suv, qishloq xo‘jaligi resurslarini, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini, ekologik shart-sharoitini hisobga olgan holda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini ta’minlaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarini tashkil etish nazarda tutilgan yer uchastkalari kichik sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi, umumiy foydalanishdagi yerlar esa kichik sanoat zonalari direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablag‘lari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar chegirib qolingan holda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalariga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, ushbu mablag‘lar kichik sanoat zonalarining bosh rejalari asosida tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaxshilash uchun sarflanadi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish quvvatlari, birinchi navbatda, tortib kelingan muhandislik infrastrukturasiga ega bo‘lgan hududlarda va faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘sh binolar, inshootlar hamda qurib bitkazilmagan obyektlar bazasida joylashtiriladi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-martidan boshlab investorlar maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalariga axborot tizimlarini ko‘llagan holda interfaol shaklda investitsiya buyurtmanomalarini taqdim etishlari mumkin;
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan investitsiya loyihasi parametrlarini bajarish bo‘yicha belgilangan majburiyatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmasligi tadbirkorlik subyektini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum etish uchun asos hisoblanadi;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uning maxsus iqtisodiy zona hududidagi faoliyatini, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga mulk egaligi huquqi bilan tegishli bo‘lgan boshqa obyektlarga nisbatan huquqlari to‘xtatilishiga olib kelmaydi. Bunda ushbu tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchilari uchun berilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanmaydi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum bo‘lgan tadbirkorlik subyektidan, zarur hollarda, yer uchastkasini olib qo‘yish qonunchilikka hamda investor bilan tuzilgan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitim yoki boshqa shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni 8-bandining amal qilishi barcha mavjud va yangidan tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalariga joriy etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga beriladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sug‘urtalanishini rasmiylashtirishda 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda sug‘urta mukofoti undirilishini amaliyotga tatbiq etsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklariga belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari — korxonalarning pul oqimlarida vaqtinchalik nomutanosiblik ro‘y bergan hollarda kreditni qaytarish muddatini keyinga ko‘chirish yoki muddatini uzaytirish yo‘li bilan asosiy qarz yuzasidan to‘lovlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha kredit shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmanomasini ko‘rib chiqish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilaridan vositachilik haqi undirilishini bekor qilish va abonent haqi to‘lashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasi ishga tushirilgunga qadar, ammo normativ muddatdan ko‘p bo‘lmagan davrda berilgan kreditlar yuzasidan qo‘shib hisoblangan foizlarni kapitallashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish tavsiya etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining O‘zbekiston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining Yagona portalini yaratish va 2018-yilning 1-martidan boshlab uni ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, ushbu portal:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari to‘g‘risida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, ularning hududida joylashgan davlat mulki obyektlari, investorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar olishni;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga amalga oshirish tavsiya etilgan investitsiya loyihalari to‘g‘risida axborot berilishini;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga interfaol shaklda zonalar direksiyalarining, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari, shu jumladan, investitsiya buyurtmanomalari hamda boshqa hujjatlarni qabul qilish, arizalar, blanklar va boshqa zarur hujjatlarning shakllarini olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganligidan qat’iy nazar, investitsiya buyurtmanomalarini ko‘rib chiqishning borishi va natijasidan xabardor bo‘lib turish imkoniyatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlar hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining o‘zlarini qiziqtiruvchi masalalar bo‘yicha zonalar direksiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asoosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilishini ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimiy yangilab turiladigan ro‘yxatini shakllantirish, investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va tezkor ko‘rib chiqish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — subyektlar tomonidan ma’qullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalarning har biri uchun sherik-mamlakatni belgilash, salohiyatli xorijiy investorlarni MIZ hududida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarishlarni zamonaviy uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlash qismida maxsus iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va har tomonlama ko‘rib chiqish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bekor yotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish uchun yer maydonlari sinchiklab, puxta xatlovdan o‘tkazilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishni tashkil etish biznes-rejalarini yoki investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘mak berish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — maxsus iqtisodiy zonalar qurilishi va ularning tashqi infratuzilmaga ulanishi, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv bilan, shuningdek, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlanishi yuzasidan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalari xodimlarining investorlar bilan ishlash bo‘yicha, shu jumladan, maxsus kurslar tashkil etish yo‘li bilan malakasi muttasil oshirib borilishini ta’minlasin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi yangilangan nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va ularning ishtirokchilarini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, byurokratizm va sansalorlikni bartaraf etishga qaratilgan normalarni tasdiqlash, nizomlarga loyihalarni amalga oshirish hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtirish uchun tanlab olishning aniq mezonlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga yer maydonlari berish to‘g‘risidagi yangilangan nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlash, bunda loyihalarning biznes-rejalari/texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari, (kiritilayotgan investitsiyalar hajmi, tovar aylanmasi va eksport summasi, yaratilayotgan doimiy ish o‘rinlari soni, ishlab chiqarishning valyutada qoplanishi va boshqalar) hisobga olingan holda imtiyozlar qo‘llanilishini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari, ishtirokchilari va investorlari o‘rtasida tuziladigan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi namunaviy bitimni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli Farmoni bilan tashkil qilingan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlarning chegaralarini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3356-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 07/17/3356/0179-son; 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)