1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablag‘ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroribilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida nizom” 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-sonli “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-sonli “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi, 2-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoning 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoning 1-bandi, 4-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-sonli “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlar”, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida nizom”ning 4-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin ishlab chiqarish zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Erkin savdo zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yo‘l uzellarida yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo‘jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o‘z ichiga oladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o‘rni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma’naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta’minlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini o‘z ichiga oladi.
(10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy ta’minlash zonaning o‘z resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag‘lar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ga ilova sifatida tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Huquqiy tartibotning o‘ziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda bo‘lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o‘rnatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo‘li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida bojxona tartiboti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari ta’minlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib o‘tishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 3-bobi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Alohida valyuta tartiboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada bo‘lishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanadi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi ham qatnashchisi bo‘lgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida nizom”ning 11, 13-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablag‘lar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi (bundan buyon matnda Ma’muriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida bo‘lgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, erkin iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida bo‘lish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda bo‘lishining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sug‘urta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sug‘urta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Ma’muriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, Ma’muriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Erkin iqtisodiy zona Ma’muriy kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qo‘shimcha shartlar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengashning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining o‘ziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi qaroriga ko‘ra operativ boshqarish yoki xo‘jalik yuritish huquqi asosida Ma’muriy kengashga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Ma’muriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrdagi 425-XII-sonli “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya yuridik shaxs bo‘lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
(24-moddasining ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xo‘jalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada ro‘yxatdan o‘tadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 2-ilova sifatida tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104, 109 va 110-moddalari.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)