14.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3099
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori, 14.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3099
Кучга кириш санаси
15.12.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3099]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2018-yil 20-noyabr,

52-son

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-son

Oliy sud raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-192-18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror O. MURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-qq-son

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasining 2018-yil 20-noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash ichki ishlar organining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv (keyingi o‘rinlarda tekshiruv deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan sertifikatlangan transport vositasi haydovchisi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita — alkotester (keyingi o‘rinlarda texnik vosita deb yuritiladi) yordamida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv bevosita DYHXX xodimlari ishtirokida tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarining mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi nutqining buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan texnik vosita yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tekshiruv oldidan DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisini texnik vositaning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, zarur hollarda haydovchining talabiga asosan texnik vositaga tegishli hujjatlarni ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, DYHXX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tekshiruv jarayonida DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi va boshqa fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, ularga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida bo‘lishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tekshiruv o‘tkazishda DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havo namunasini texnik vositani qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi fakti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vositasi haydovchisi texnik vosita yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda texnik vosita orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik vosita yordamida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga asosan, transport vositasi haydovchisi alkogolli ichimlik ta’siridan mast holatda ekanligi aniqlanmagan, biroq uning giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda shaxs tibbiy tekshiruvga olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligi texnik vosita yordamida yoki tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari asosida tasdiqlangan taqdirda DYHXX xodimi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy bayonnomaga tekshiruv texnik vosita yordamida o‘tkazilgan taqdirda tekshiruv natijalari bo‘yicha ushbu vositadan chop etilgan ma’lumot, tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruv o‘tkazilganda esa, tibbiy xulosa ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti va b.) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi haydovchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan transport vositasi haydovchisining shaxsini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan mobil elektron qurilma (planshet)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil elektron qurilma (planshet) xotirasiga kiritilgan transport vositasi haydovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlar bazasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiy tekshiruv transport vositasi haydovchisi to‘xtatilgan (yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan) paytdan boshlab, uzog‘i bilan bir soat ichida o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligini aniqlash, narkologik dispanserlarda narkologlar tomonidan yoki sog‘liqni saqlash idoralari belgilagan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davolash-profilaktika muassasalarida alkogolli mastlik holatida ekanligiga gumon qilingan shaxslar barcha taraflama klinik tekshiruvdan o‘tkaziladilar va etanol bug‘lari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida ulardan faqat chiqarilayotgan nafas havosi namunasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligiga gumon paydo bo‘lganda mastlik holatini keltirib chiqargan moddani aniqlash maqsadida biologik suyuqliklar (peshob, so‘lak) tekshiruvdan o‘tkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mastlikning klinik belgilarini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda (shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiluvchi holatlar) tekshiruvdan o‘tkazish uchun qon namunasi surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori asosida tegishli davolash-profilaktika muassasalarida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani chiqarish qonning laborator tekshiruvi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning alkogol mahsulotini iste’mol qilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa alkogol mahsulotining qondagi konsentratsiyasi 0,3 promille va undan ortiq bo‘lgan hollarda chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Biologik suyuqliklar olingan davolash-profilaktika muassasalarida tegishli laborator uskunalar bo‘lgan holda, ushbu suyuqliklar tekshiruvi shu muassasalarda o‘tkaziladi yoki sud-tibbiy ekspertizalar xududiy byurolari qoshidagi kimyo-toksikologik laboratoriyalariga tekshiruv uchun yuboriladi. Biologik suyuqliklarning olinishi va namunalarining yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sud-tibbiy ekspertiza byurolari tomonidan kimyoviy tekshiruv natijalarining dalolatnomasi biologik suyuqliklar olib kelingan vaqtdan yetti kundan kechiktirmay berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi alkogol miqdorini, insonning biologik suyuqliklari tarkibidagi giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatiga olib kelgan boshqa vositalarning miqdori va sifatini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanishga ruxsat etilgan hamda tekshiruvdan o‘tgan texnik vositalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shaxsning mast holatda ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishda biologik suyuqliklarni maxsus laborator tekshiruvidan o‘tkazish zarurati tug‘ilsa, xulosa tekshiruv natijalari olingandan so‘ng chiqariladi va barcha tekshiruv natijalari bayonnomada aks ettiriladi. Laborator tekshirish natijalarining asl nusxasi tekshiruv o‘tkazgan mutaxassis imzosi bilan tasdiqlangan holda tibbiy tekshiruv bayonnomasining ikkinchi nusxasi bilan birga saqlanadi. Bayonnomaning birinchi nusxasi tekshiriluvchini olib kelgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bayonnomaning barcha bandlari hech qanday qisqartirish va boshqa o‘zgartirishlarsiz to‘ldiriladi. Bayonnoma tibbiy tekshiruvni o‘tkazgan shifokor tomonidan imzolanadi va tekshiruv o‘tkazilgan tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan o‘tkazish bayonnomasi blanklari bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan o‘tkazish bayonnomasi blanklari bo‘lmagan taqdirda ularda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar aks ettirilgan holda erkin shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga, uning talabiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv bayonnomasi nusxasi (qog‘oz yoki elektron shaklda) berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv to‘g‘risidagi ma’lumot mazkur Nizomning 2a-ilovasida keltirilgan maxsus tikilgan, raqamlangan, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi va tashkilot muhri bosilgan daftarda qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash mazkur Nizomning 2b-ilovasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash tartibini buzgan shifokor o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tekshiriluvchi shaxsning holati to‘g‘risidagi xulosaning asosi bo‘lib, biologik suyuqliklarning va chiqarilayotgan nafas havosi tarkibining laborator tekshiruvi natijalari inobatga olingan kompleks tibbiy tekshiruv natijalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tekshiriluvchi shaxsning tekshiruvdan yoki ayrim tekshiruv turidan bosh tortgan hollarda, shifokor tomonidan daftarga va bayonnomada “tekshiruvdan bosh tortdi” deb yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mastlik holati aniqlanmadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mastlik holati aniqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holati aniqlandi (bu holatda aniqlangan modda ko‘rsatilishi shart va xulosa faqat moddaning aniq haqqoniy laborator ta’rifi bo‘lgandagina chiqariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatlik holati bo‘yicha yuqori xavf manbai bor ishlardan chetlatishni talab etuvchi funksional holatning buzilishlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi xulosa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga uni olib kelgan DYHXX xodimi oldida tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tekshiriluvchida xulosaga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lgan hollarda u boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini talab qilishga haqli. Bunda qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mastlik alomatlari aniqlangan yoki yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan vaqtdan e’tiboran ikki soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida amalga oshirilishi lozim. Ushbu kayta tekshiruvga tekshiriluvchi DYHXX xodimi bilan birgalikda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida daxlsizlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda, faqatgina ularning roziligi bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan umumiy asoslarga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Mastlik holatini aniqlash
‎bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi
‎ __ son BAYONNOMA

‎‎20___y. “____”____________
‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi __________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Yoshi (tug‘ilgan yili) _____________________________________________________________________
‎‎Qayerda va kim bo‘lib ishlaydi ______________________________________________________________
‎‎Kim tomonidan va qachon (aniq vaqti) tekshirishga yuborilgan _____________________________________
______________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv o‘tkazilgan kun va aniq vaqt _______________________________________________________
‎‎Kim tomonidan tekshirilgan (shifokor) _____________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirilish sababi: transport boshqarayotganlik vaqtida mastlik holatiga gumon, tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa holatlarda tekshirish (sababi ko‘rsatilsin) ___________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchining tashqi ko‘rinishi: kiyimlari holati, teri qoplami, jarohat (yaralanish, lat yeyish va boshqalar) _____________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
O‘zini tutishi: zo‘riqqan, indamas, ta’sirchan, qo‘zg‘aluvchan, jahldor, eyforik holatda, ezma, mijg‘ov, kayfiyati o‘zgaruvchan, uyqusiragan, o‘z holatidan shikoyat qiladi (aynan nimaga) ________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Es-hush holati, turgan joyiga, vaqtga va o‘z shaxsiga bo‘lgan mo‘ljali _______________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Nutq qobiliyati: fikrlarning bog‘liqligi, artikulyatsiyaning buzilishi, so‘zlarni noaniq talaffuz qiladi va boshqalar _____________________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Vegetativ qon-tomir reaksiyalari: (teri qoplamlari holati, ko‘z shilliq pardasi, til, terlash, uyquchanlik)
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Nafas olishi: tezlashgan, sekinlashgan _______________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Puls ____________ Qon bosimi__________________________________________________________
Ko‘z qorachig‘lari: toraygan, kengaygan, yorug‘likka reaksiyasi _______________________________________
______________________________________________________________________
Tomonlarga qaraganda nistagm _____________________________________________________________
‎‎Harakat doirasi ________________________________________________________________________
‎‎Mimikasi: bo‘shashgan, jonlangan __________________________________________________________
‎‎Qadam bosishi: (gandiraklangan, oyoqlarini har tomonga tashlab yuradi) _____________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎koordinator sinamalar: tez burilishlar bilan yurish (burilishlarda gandiraklash) ____________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tashen sinamasi ________________________________________________________________________
‎‎Romberg holatida sinama (oddiy va murakkablashtirilgan) ______________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Aniq harakatlar (poldan tangani olish, barmoq-burun sinamasi) ___________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Qovoqlar, til, qo‘l barmoqlarining titrashi __________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchida markaziy asab tizimining organik buzilishlari, ruhiy-asab kasalliklar belgilari bor-yo‘kligi, jismoniy toliqqanlik ____________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Ilgari olgan jarohatlari (tekshiriluvchining so‘zlaridan) ______________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Oxirgi iste’mol qilingan alkogolli ichimliklar yoki dori vositalari haqida ma’lumot: subyektiv, obyektiv (hujjatlar bo‘yicha va boshqa manbalardan) ___________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Og‘iz bo‘shlig‘idan alkogolli yoki boshqa moddalar hidi __________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Chiqarilgan nafas va organizmning boshqa biologik muhitlarida alkogol va boshqa moddalar mavjud yoki mavjud emasligi:
‎‎a) chiqarilgan nafas alkotester yoki Rappoport usuli yordamida tekshirildi _________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirish natijalari va o‘tkazilgan vaqti ____________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Qayta tekshirish natijalari _______________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎b) biologik muhit (peshob, so‘lak, lab yuzasidan, qo‘l barmoqlaridan olingan surtma) __________________
‎‎______________________________________________________________________
qaysi usul bo‘yicha ‎‎_______________________________________________________________________
‎‎sinamaning olingan vaqti ________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv vaqti va natijalari _____________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirish o‘tkazgan tibbiy xodimlar O‘z.R.JKning 238 va 240-moddalari bo‘yicha javobgar hisoblanadi va ogohlantirilgan ________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Xulosa: ______________________________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv o‘tkazgan shifokor imzosi ________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchining tekshirish natijalari bilan tanishganligi haqidagi yozma bildiruvi va imzosi _______
______________________________________________________________________
‎‎
‎‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslarni ruyxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI

T/r

Tibbiy tekshiruvga yo‘llanma, to‘ldirilgan sana va vaqt

Tibbiy tekshiruvga olib kelgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va xizmat guvohnomasi raqami

Tibbiy tekshiruvga olib kelingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili

Tekshiriluvchining yashash manzili, ish joyi, lavozimi

Tekshiriluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Tibbiy tekshiruvni o‘tkazgan shifokorning familiyasi, ismi, otasining ismi

Tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan sana va vaqt

Xulosa (kimyo-toksikologik tekshiruv natijasi bilan birga)

Tibbiy tekshiruv bayonnomasini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi va imzosi

Tibbiy tekshiruvni o‘tkazgan shifokorning imzosi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritish va saqlash to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIB

1. Daftar tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan tibbiyot muassasasida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daftar tibbiy tekshiruv o‘tkazishda qatnashayotgan tibbiy xodim tomonidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir o‘tkazilayotgan tibbiy tekshiruv uni o‘tkazayotgan shifokor tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daftar varaqlari raqamlanadi, tikiladi va muassasa rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tibbiy tekshiruvlarni raqamlash har yili 1-yanvardan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daftarning yuritilishi eng kami har uch oyda bir marta tibbiy tekshiruv olib borilayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan tekshiriladi, har bir tekshiruvdan so‘ng tekshiruv o‘tkazilgan sana qo‘yilib, imzo chekiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Daftar uchinchi shaxslardan holi joyda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. To‘ldirilgan daftar tibbiyot muassasasi rahbari imzosi bilan yakunlanadi va 5 yil davomida tibbiy muassasasini o‘zida saqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2018-y., 10/18/3099/2319-son; 10.12.2019-y., 10/19/3099-1/4131-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)