12.12.2018 yildagi 1008-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur Nizom 2019-yil 1-yanvaridan kuchga kiritilib, 2024-yil 1-yanvarga qadar 2-ilovada qayd qilingan sanoat va energetika tashkilotlariga yetkazib berilgan texnik suv uchun xizmat haqini hisoblashda, istisno tariqasida, 0,1 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda texnik suv yetkazib beriladigan sanoat va energetika tashkilotlarini bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin hamda ular bilan belgilangan tartibda texnik suv yetkazib berish xizmati toʻgʻrisida shartnomalarni rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 — 2023-yillar tajribasidan kelib chiqib suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023-yilning 1-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyat boshqaruv raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1008-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini hamda ushbu xizmatlarni koʻrsatishdan kelib tushgan mablagʻlarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari gidroenergetika sohasidagi tashkilotlarga hamda aholi isteʼmoli uchun ichimlik suvi, issiq suv va issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi kommunal soha tashkilotlariga suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik suv — sanoat, energetika va boshqa sohalarning texnik ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suv;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tashkilotlari — Vazirlik tizimidagi suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi hamda sanoat va energetika korxonalariga texnik suv yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va energetika tashkilotlari — sanoat mahsulotlari va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun texnik suvdan foydalanadigan tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar ular oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq toʻlovlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnik suv yetkazib berish xarajatlarini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik tizimidagi suv xoʻjaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi texnik suv yetkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar va yetkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir birlik hajmdagi suvni yetkazib berish tarifi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xts = Pxm / Hsr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:

Xts — bir kub m suvni yetkazib berish xarajati, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pxm — tasdiqlangan budjet parametrlarida kalendar yilda suv xoʻjaligi tashkilotlarini rivojlantirish va saqlash uchun Vazirlikka ajratilgan xarajatlar miqdori, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hsr — kalendar yilda suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beriladigan jami suv resursi miqdori, kub m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tarif har kalendar yilning 1-fevraligacha Vazirlik tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun toʻlovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xoʻjaligi tashkilotlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish xizmatidan kelib tushgan mablagʻlar suv xoʻjaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90 foizi — besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — suv xoʻjaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizom 8-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan suv xoʻjaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarida favqulodda holatlar yuz berishining oldini olish va tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tashkilotlari tasarrufidagi irrigatsiya tizimini taʼmirlash va tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, tashkilotlarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, jumladan lizing toʻlovlarini amalga oshirish hamda kadrlar malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008- son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik suv yetkazib berilganligi uchun xizmat haqini hisoblashda 0,1 koeffitsiyenti qoʻllaniladigan sanoat va energetika tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. “Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Taxiatash issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkent issiqlik elektr markazi” unitar korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlar zavodi” unitar korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 09/18/1008/2304-son, 13.12.2018-modda; 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son; 22.11.2019-y., 09/19/935/4061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son; 19.10.2022-y., 09/22/609/0937-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)