Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga kiritish haqidagi qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar toʻgʻrisidagi Nizomning:
1-boʻlimi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kichik korxonalarga hisobot davri (yil)da xodimlarining oʻrtacha cheklangan soni:
sanoat va qurilishda — 50 kishidan;
qishloq xoʻjaligida va ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 25 kishidan;
ilm-fan sohasida va ilmiy xizmat koʻrsatishda — 10 kishidan;
noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishidan;
chakana savdoda — 5 kishidan ortiq boʻlmagan yuridik shaxslar kiradi”;
b) Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash Fondi (Biznes-fond)ni tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 7-son, 24-modda)ning:
2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xususiy korxonalar va kichik biznesning ustav sarmoyasida qatnashish”;
Keyingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qaroriga ilovaning 2-qismi uchinchi xatboshi “mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllari” soʻzlaridan soʻng “shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 16-aprel,
151-son