O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
160-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 253-modda)