O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Qonunni amalga kiritish haqidagi qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to‘g‘risidagi Nizomning:
1-bo‘limi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kichik korxonalarga hisobot davri (yil)da xodimlarining o‘rtacha cheklangan soni:
sanoat va qurilishda — 50 kishidan;
qishloq xo‘jaligida va ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 25 kishidan;
ilm-fan sohasida va ilmiy xizmat ko‘rsatishda — 10 kishidan;
noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishidan;
chakana savdoda — 5 kishidan ortiq bo‘lmagan yuridik shaxslar kiradi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(b-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(“v” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 16-aprel,
151-son