27.03.1992 yildagi 151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON-AMERIKA “ZARAFSHON-NYUMONT” QOʻSHMA KORXONASINING SAMARALI ISHLASHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI VA UNGA HUKUMAT KAFOLATLARINI BERISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, 1992-yilning 16-yanvaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Nyumont Mayning Korporeyshn” firmasi oʻrtasidagi “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini tuzish toʻgʻrisida shartnoma bayonnomasiga asoslanib, shuningdek, chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishni, Muruntov konidagi minerallashgan jins uyumlarini xalq xoʻjaligi tasarrufiga jalb qilishni jadallashtirish uchun real asoslarni taʼminlash, oltin qazib chiqarishni koʻpaytirish, valyuta tushumlarini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Oʻzbekiston tomonidan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Amerika tomonidan “Nyumont Mayning Korporeyshn” firmalari taʼsis etgan “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasiga valyuta tushumlarini jadallashtirish, “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasining samarali ishlashi bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, bayonnomada koʻrsatilgan huquqlar bilan bir qatorda, unga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishlab chiqargan oltinni, uning kamida 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasida realizatsiya qilinishini nazarda tutib, dunyo bozori narxlarida erkin realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston banklarida yoki undan tashqarida hisob-kitob schyotlarini ochish, oʻz mulki yoki mulkka egalik huquqi kafolati asosida istalgan valyutada qarz olish, mazkur qarzlar boʻyicha bitta yoki bir necha xalqaro moliya muassasasiga kerakli toʻlovlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun ahamiyatini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga eng qulay boʻlgan rejim yaratilsin, bunda agar u roʻyxatga olingan paytdan boshlab uch yil mobaynida foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash sohasida chet el investitsiyasiga ega boʻlgan boshqa har qanday korxonaga mazkur qarorda nazarda tutilganidan ham qulayroq soliq imtiyozlari berilsa, aynan shunday imtiyozlar “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi uchun ham taalluqli boʻlishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi foyda toʻplashga erishish davrigacha qoʻshma korxona muassislarining dastlabki investitsiyalari summasi miqdorida, shuningdek, shu maqsadlar uchun jalb qilingan kreditlardan soliq toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilsinki, soliq toʻlashdan ozod qilingan davr oʻtgach, “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasidan olinadigan soliqlarning umumiy miqdori qoʻshma korxona daromadining 10 foizidan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona oʻzining ishlab turishini taʼminlash bilan bogʻliq chet eldan keltiriladigan mahsulot uchun soliq toʻlashdan, mulkdan olinadigan soliqdan, qoʻshma korxonada chet elliklarning ulush qoʻshib qatnashib oladigan daromadlaridan soliq toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” korxonasi faoliyatiga nisbatan xalqaro meʼyorlarga muvofiq, agar qoʻshma korxona zarar koʻrsa, u holda solinadigan soliq miqdorini keyingi istalgan 7 yil mobaynida koʻrilgan zarar miqdoriga kamaytirish qoidasini qoʻllash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasining bir maromda ishlab turish sharoitini ogʻirlashtiradigan qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilingan taqdirda, qoʻshma korxonani tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolangan paytda amalda boʻlgan qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar hamda mazkur qarorda qabul qilingan meʼyorlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasiga hukumatning quyidagi kafolatlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq oʻzbekistonlik muassislarning barcha mulklari va boshqa majburiyatlari boʻyicha hamda hamkorlikdagi korxonaning mulk huquqlarini uchinchi tomon daʼvolaridan himoyalash kafolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekistonlik muassislarning bayonnomada koʻrsatilgan badallarni qoʻshma korxonaning ustav fondiga toʻlab turish kafolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlar hamda tariflar boʻyicha kelishilgan qoidalar va shartlarga muvofiq ravishda qoʻshma korxonaga kerakli barcha ishlab chiqarish resurslarini respublika hududida belgilangan tartibda berish. Bunga zarur miqdordagi minerallashgan materiallarni sotib olish huquqi, yetarli miqdorda elektr energiyasi, suv limitlari, shuningdek, qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun ijara shartnomasiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasiga kredit bergan xalqlar moliya muassasalarining va boshqa tashkilotlarning mablagʻlarini yetarlicha himoya qilish, shu jumladan, Hukumat qoʻshma korxona tomonidan qarzlar yoki uning ustav faoliyati boʻyicha toʻlovlarga cheklash belgilamasligi ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini huquqiy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonani loyihaga muvofiq oʻz vaqtida qurilishi va ishga tushirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasiga, uning butun faoliyati davomida kelishilgan hajmda, sifatda, shakllangan bahoda minerallashgan massani sotishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi uchun suv taʼminoti hamda ijara shartlari boʻyicha togʻ etagi chegaralarida yer uchastkasi ajratish masalasini hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasini elektr quvvati isteʼmolchilarining birinchi toifasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi yer yoʻldoshi orqali aloqa oʻrnatishga ruxsat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi qurilishini mahalliy qurilish materiallari bilan bir qatorda sement, gʻisht, ohak bilan buyurtmaga muvofiq, amaldagi narxlar boʻyicha taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi xodimlariga malakali tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilishda yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasining butun faoliyati davrida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi sanoati, energetika, kimyo va metallurgiya kompleksi (oʻrtoq Haqqulov)ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-son