Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2005 24.03.1992 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA BOShQARMASI (“O‘ZGEODEZIYA”) FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geodeziya va kartografiya boshqarmasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilingan quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqida Nizom;
(1-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2, 3, 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Geodeziya va kartografiya boshqarmasining manzilgohi “Tabiat” davlat markazi O‘zbekiston filialining binosi, Toshkent shahar, Chilonzor mavzesi, “S” dahasi, 56-uy, deb belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6, 7, 8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar, kimning tasarrufida ekanligi va mulkiy egaligidan qat’i nazar, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqidagi Nizomga amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 24-martdagi 139-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. O‘zbekiston Respublikasida davlat geodeziya nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning o‘rinbosarlari esa — O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining nihoyasiga yetkazilgan topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini nazorat qilish va qabul qilishni amalga oshiruvchi xodimlari geodeziya nazorati davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya va kartografiya faoliyati barcha subyektlarining me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartografiya rejalarida va boshqa hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralari va hududining to‘g‘ri ifodalanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya punktlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kartografik-geodeziya fondining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining doimiy ma’lumotnoma xaritasini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi idoraga bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan topografiya-geodeziya, kartografiya, muhandislik-geodeziya, aero suratga olish (jumladan, muhandislik, yer osti kommunikatsiyalari va makonlarni grafik suratga olish) ishlarining tashkil etilishi, qo‘yilishi, ularning texnik darajasi va sifatini, ular tomonidan ishlarni bajarishda va geodezik ma’lumotlar, materiallar, rejalar va xaritalar, kosmik va aero suratlardan foydalanishda me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va geodeziya, kartografiya sohasida amaldagi me’yoriy hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natijalarni xalq xo‘jaligi tarmoqlarida va mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanishi kerak bo‘lgan tugallangan topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya ishlarini davlat yo‘li bilan qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘llanilayotgan metodika va texnologiyalarning zamonaviy texnik darajaga mos kelishini hamda loyihalashtirilayotgan ishlardagi boshlang‘ich ma’lumotlar va materiallarni hisobga olishning to‘laligini tekshirish maqsadida topografiya-geodeziya va muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishining texnik loyihalari (dasturlari) ni nazorat qilishni amalga oshiradi. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu ishlarni bajarish uchun oldingi yillardagi ishlar bo‘yicha boshlang‘ich geodeziya ma’lumotlari va materiallarni, topografik kartalar hamda kadastr rejalarini, shuningdek, o‘rganilgan topografiya-geodeziya, aero suratga olingan va kadastr materiallardan foydalanishga ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarining bajarilishi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda jamlanishini nazorat qiladi, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlarini bajaruvchi korxonalar va tashkilotlarning hisobini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli viloyatlar, tumanlar, shaharlar, aholi yashash joylari va sanoat majmualari hududlarining topografiya-geodeziya, kartografiya jihatidan o‘rganilishning ahvolini va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarida koordinatlar va balandliklarning davlat hamda mahalliy tizimlarning qo‘llanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya punktlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini hamda amaldagi qonunchilik va yo‘riqnomalarga muvofiq ularning tiklanishini nazorat qiladi, respublikadagi geodeziya punktlarini hisobga olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosib chiqarilayotgan kartalar va atlaslarda Davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va tumanlar, shaharlar va shaharchalar ma’muriy chegaralarining grafik jihatidan to‘g‘ri chizilishini, xorijiy davlatlar va boshqa elementlarning xaritalar hamda atlaslarning saqlashini, shuningdek, aholi yashash joylari va geografik obyektlarning to‘g‘ri nomlanishi va aniq ifodalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish va bosib chiqarish (ko‘paytirish) ning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya ishlari bajariladigan uchastkalarni bevosita tadqiq etish va texnik hamda loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish yo‘li bilan topografiya-geodeziya ishlarining barcha turlari bo‘yicha materiallar va hujjatlarni nazorat qiladi; bu ishlar va kosmik suratlarning hisobga olinishi, saqlanishi, ko‘paytirilishi va ulardan foydalanilishi ahvolini tekshiradi, tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar (dalolatnomalar) tuzadi, tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ma’muriyatlari ular bilan albatta tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda geodeziya punktlari, texnik hisobotlar, topografiya va topografiya rejalari koordinatlari jamg‘arilishini nazorat qiladi, ushbu fondlarning geodeziya nazorati inspeksiyasi bilan tegishlicha kelishuvsiz to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishida xalq xo‘jaligi tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganadi, materiallar va ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, vazirliklarda, davlat qo‘mitalarida va idoralarda, korxonalar va muassasalarda bu ishlarni rejalashtirishda qatnashadi, xalq xo‘jaligida va mudofaa ehtiyojlari uchun ko‘p maqsadli foydalanish manfaatlari yo‘lida, shuningdek, parallellik va bir-birini takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya va kartografiya ishlarini yuritish masalalari bo‘yicha, shu jumladan, ishlar va aerokosmik suratlarning natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hamma uchun majburiy bo‘lgan yo‘riqnomalar, me’yorlar, qoidalar, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarining qo‘yilishi, tashkil etilishi, nazorat qilinishi va qabul qilinishi hamda ishlar va materiallar ma’lumotlaridan foydalanishga daxldor bo‘lgan majburiy tartibda taqdim etiladigan idoralarga qarashli yo‘riqnomalarni, normativ hujjatlarni, qoidalarni, dalolatnomalarni va tarmoq standartlarni ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarini bajarish uchun normativ-texnik hujjatlarni, yo‘riqnomalar va standartlarni belgilangan tartibda kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan topografiya-geodeziya va kadastr ishlarini hisobga olishni va inspeksiyaning arxiv fondida ro‘yxatdan o‘tkazishni, xalq xo‘jaligida foydalanish uchun bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash va tarqatishni amalga oshiradi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni zarur axborotlar bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodezik punktlar va geografik obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning yoki ko‘rgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi to‘g‘risida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodezik o‘lchovlar, texnologiyalar, ilg‘or tajriba va standartlashtirish birligini ta’minlash uchun topografiya-kartografiya va kadastr ishlarini bajarishda yagona texnika siyosatini va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kartografiya-geodeziya va kadastr fondi hujjatlarini tanlash, to‘ldirish, hisobga olish, saqlash va yo‘q qilish bo‘yicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(1—4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini qabul qilish va nazorat qilish tartibi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi (“O‘zdavkadastr”)” tomonidan tasdiqlanadigan davlat geodeziya nazorati to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasiga quyidagi huquqlar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligini zarur materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda ishlarning parallelligi va bir-birini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining istiqbol rejalarini so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini tayyorlash, shuningdek, bu ishlar bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, ko‘paytirish va ulardan foydalanishga tegishli normativ-texnik hujjatlarni so‘rash va kelishish uchun olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishini, agar ular ruxsatsiz yoki hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar talablari buzilgan holda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, to‘xtatib qo‘yish, bunday hollarda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi ruxsatnomani olib qo‘yadi hamda yuqori tashkilotlarni va mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarni ular tomonidan zarur choralar ko‘rilishi uchun xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar bo‘yicha kartogrammalar, ma’lumotlar va materiallarni hisobga olish va hududning topografik-geodezik o‘rganilishini tahlil qilish uchun, shuningdek, tarmoqlararo davlat topografiya-geodeziya arxiv fondini to‘ldirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, kartogrammalar, ma’lumotlar va materiallarning o‘z vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini o‘tkazish uchun mas’ul shaxslar sifatida bu ishlarni olib borish texnologiyasi va tartibidagi, shuningdek, bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni to‘plash, hisobga olish, saqlash, ko‘paytirish va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining roziligi bilan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq tugallangan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari va tekshirishlarini qabul qilib olish uchun mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga doir faoliyati natijalarini tahlil etish va umumlashtirish, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga takliflar kiritish va ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning texnologiyasini tashkil etish, tannarxini pasaytirish ularning sifatini oshirish, shuningdek, bu ishlarning ma’lumotlari va materiallarini to‘plash, hisobga olish, saqlash, ko‘paytirishni va ulardan foydalanishni yaxshilash yuzasidan belgilangan tartibda kengash chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish tartibi va bu ishlarning materiallaridan foydalanish masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolarni hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish huquqini berish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geodeziya nazoratining mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga egadirlar.
(6-band o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish uchun, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishni, bu ishlar bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni to‘plash, hisobga olish, saqlash, ko‘paytirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarning obyektiv ko‘rib chiqilishi uchun javob beradi, davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshiruvchi yoki bu ishlar va kosmik suratga olishlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar)ning rahbarlari nazorat qiluvchi shaxslarga-geodeziya nazorati davlat inspektorlariga tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur sharoitlar (avtotransport, xizmat binolari, aloqa vositalari bilan ta’minlash)ni yaratib berishga, shuningdek, ularga ishlab chiqarish-texnika va loyiha-smeta hujjatlari taqdim etishga hamda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tushuntirish berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasining faoliyati respublika budjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)