25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3079
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3079]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30/13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining, shu jumladan mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankining banklar bilan depozit operatsiyalari (bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) — Markaziy bank tomonidan banklarning pul mablagʻlarini depozitlarga jalb qilish operatsiyalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning banklar bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh bitim — depozit operatsiyalarini amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi Markaziy bank bilan banklar oʻrtasida tuziladigan oʻzaro harakat;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdo platformasi — banklararo pul bozorida elektron shaklda birja savdolarini oʻtkazish imkonini beruvchi hamda qabul qilingan buyurtmalarni roʻyxatga olish, birja bitimlarini tuzish, joriy maʼlumotlarni savdo ishtirokchilari ish oʻrinlarida aks ettirish, savdo jarayonini bayonlashtirish va yakuniy birja hujjatlarini shakllantirishni taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni — banklarning pul mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha Markaziy bank tomonidan banklar oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatli ariza — depozit auksionida ishtirok etish uchun banklar tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan ariza;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatsiz ariza — depozit auksionida ishtirok etish uchun banklar tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgarmas foiz stavkasi — pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda banklarning depozit mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladigan stavka;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegirish foiz stavkasi — depozit auksioni natijalariga koʻra banklarning qondiriladigan raqobatli arizalari boʻyicha taklif etilgan maksimal stavka.
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozit operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Depozit operatsiyalari Markaziy bank bilan banklar oʻrtasida tuziladigan Markaziy bankning depozit operatsiyalarida qatnashish toʻgʻrisidagi Bosh bitimga asosan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Depozitlar boʻyicha foiz stavkalari ularning muddatidan kelib chiqqan holda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 5/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3079-2, 13.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 10/25/3079-2/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda banklar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning majburiy rezerv talablarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank oldida muddati oʻtkazib yuborilgan qarz majburiyatlari, jumladan, Markaziy bankning kreditlari va ularning foizlari boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bank depozit operatsiyalari boʻyicha banklar tomonidan joylashtiriladigan depozitlar miqdoriga va har bir bankdan depozit auksioniga qabul qilinadigan arizalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun arizalarni taqdim etish valyuta birjasining elektron savdo platformasi orqali, shuningdek Bosh bitimda koʻrsatilgan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Depozit operatsiyalari amalga oshirilganda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlarini talab qilish huquqini uchinchi tomonga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan depozitlar muddatini uzaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Depozit operatsiyalarining turlari, oʻtkazilishi va depozitlarga foizlar hisoblanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank tomonidan quyidagi turdagi depozit operatsiyalari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni (foizli va miqdoriy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Depozit auksioni oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot auksion oʻtkaziladigan kundan kamida bir ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Ushbu maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 27/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3079-1, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/3079-1/1701-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni oʻtkazish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni turi (foizli yoki miqdoriy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion oʻtkazish usuli (“amerikacha” yoki “gollandcha”);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni depozitga oʻtkazish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni qaytarish va depozit boʻyicha foizlarni toʻlash sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatsiz arizalarning maksimal ulushi (foizli depozit auksioni amalga oshirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni foiz stavkasi (foizli depozit auksioni amalga oshirilganda oʻrnatilmasligi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdori (oʻrnatilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ariza boʻyicha taklif etiladigan minimal va maksimal miqdor (oʻrnatilgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta bankdan depozit auksioniga qabul qilinadigan arizalar soni (oʻrnatilgan hollarda);
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni boʻyicha arizalarni qabul qilish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit auksioni natijalari yoki oʻtkazilishi bekor qilinganligi haqida maʼlumotlarni eʼlon qilish vaqti.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Depozit auksionini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kuni valyuta birjasining elektron savdo platformasi orqali banklarga yetkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Depozit operatsiyalari oʻtkaziladigan kunda banklar tomonidan depozit operatsiyalarida ishtirok etish uchun arizalar elektron savdo platformasida elektron shaklda shakllantiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banklar tomonidan depozit operatsiyalarida qatnashish uchun taqdim etilayotgan arizalarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza tartib raqami va sanasi va joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning nomi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit operatsiyasi turi (depozit auksioni yoki oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit operatsiyasida ishtirok etish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit muddati (standart shartlar asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan foiz miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitni joylashtirish va qaytarish sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Foizli depozit auksioni banklarning arizalarida taklif etilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, miqdoriy depozit auksioni banklarning arizalarida taklif etilgan depozit hajmidan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Depozit auksioni ikki yoki undan ortiq banklar tomonidan arizalar taqdim etilgan hollarda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Depozit auksioni quyidagi standart shartlar asosida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 hafta” — muddati yetti kalendar kunidan iborat boʻlgan depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2 hafta” — muddati oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 oy” — muddati bir oydan iborat depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3 oy” — muddati uch oydan iborat depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shartlar asosida — bunda depozit muddati Markaziy bankning depozit auksioni oʻtkazilishi haqidagi maʼlumotida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Foizli depozit auksionlari Markaziy bank tomonidan depozit auksionida jalb qilinadigan pul mablagʻlarining maksimal miqdori oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Bunda, depozitlar boʻyicha maksimal foiz stavkasi ham oʻrnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Banklar foizli depozit auksionlarida ishtirok etishlari uchun raqobatli hamda raqobatsiz arizalar berishlari mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Banklarning raqobatli arizalaridagi taklif etilgan foiz stavkalari Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan maksimal foiz stavkasidan yuqori boʻlgan hollarda ushbu arizalar foizli depozit auksioniga qabul qilinmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Raqobatsiz arizalar foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan foiz stavkasida qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Banklarning raqobatsiz arizalari boʻyicha taklif etilgan jami depozit mablagʻlari miqdori Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan depozit auksioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdoriga teng boʻlgan yoki oshgan hollarda ushbu foizli depozit auksioni bekor qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi depozit auksioni yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondiriladigan raqobatli arizalar foiz stavkasi hamda jalb qilinadigan miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markaziy bank banklar tomonidan foizli depozit auksionida ishtirok etish uchun taqdim qilingan raqobatli va raqobatsiz arizalar roʻyxatini shakllantiradi va raqobatli arizalarni ularda taklif etilgan foiz stavkalariga koʻra oʻsib borish tartibida tasniflaydi. Ushbu tasniflangan arizalardan kelib chiqib, Markaziy bank chegirish foiz stavkasini belgilaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha chegirish foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan foizli depozit auksioni boʻyicha maksimal foiz stavkasiga (oʻrnatilgan hollarda) teng boʻlmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaziy bank tomonidan foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha avval banklarning raqobatsiz arizalari toʻliq, shuningdek taklif etilgan foiz stavkasi chegirish stavkasidan yuqori boʻlmagan raqobatli arizalari qondiriladi. Raqobatli arizalar taklif qilingan minimal foiz stavkalaridan chegirish foiz stavkasigacha boʻlgan tartibda qondiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Foizli depozit auksionlari ikki xil usulda oʻtkazilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“amerikacha” usul — banklarning raqobatli arizalari ularda taklif etilgan foiz stavkalari boʻyicha;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gollandcha” usul — banklarning raqobatli arizalari chegirish stavkasi boʻyicha qondiriladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Foizli depozit auksioni natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan arizalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan belgilangan maksimal miqdordan oshgan hollarda, taklif etilgan foiz stavkasi chegirish stavkasiga teng boʻlgan raqobatli arizalar ularda koʻrsatilgan hajmlardan kelib chiqib, mutanosib ravishda qisman qondiriladi. Bunda banklarning arizalari miqdori soʻmgacha yaxlitlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Miqdoriy depozit auksionlari Markaziy bank tomonidan depozitlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasini oʻrnatgan holda amalga oshiriladi. Bunda, jalb qilinadigan pul mablagʻlarining maksimal miqdori ham oʻrnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Banklar miqdoriy depozit auksionida ishtirok etish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan foiz stavkasida arizalar taqdim etadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Elektron savdo platformasi banklar tomonidan miqdoriy depozit auksionida ishtirok etish uchun taqdim qilingan arizalar roʻyxatini unda taklif etilgan hajmlar boʻyicha pasayib borish tartibida shakllantiradi va ularning jami hajmi aniqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Markaziy bank shakllantirilgan roʻyxatni tahlil qilgan holda miqdoriy depozit auksioni yakuni boʻyicha jalb qilinadigan mablagʻlar miqdorini aniqlaydi. Ushbu jalb qilinadigan mablagʻlar miqdori Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan maksimal miqdorga (agar oʻrnatilgan boʻlsa) teng kelmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Miqdoriy depozit auksioni natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan arizalardagi jami miqdor depozit auksioni yakuni boʻyicha jalb qilinadigan mablagʻlar miqdoridan oshgan hollarda arizalar ularda koʻrsatilgan hajmlar ulushidan kelib chiqib mutanosib ravishda qisman qondiriladi. Bunda banklarning arizalari miqdori soʻmgacha yaxlitlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Miqdoriy depozit auksioni natijalariga koʻra banklarning arizalari Markaziy bank tomonidan belgilangan foiz stavkasida qondiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Depozit auksionlari boʻyicha banklardan yetarlicha arizalar qabul qilinmagan taqdirda yoki Markaziy bank Kredit qoʻmitasining qaroriga koʻra depozit auksionlarini oʻtkazish bekor qilinishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻtkazilgan depozit auksion natijalari yoki oʻtkazilishi bekor qilinganligi haqida maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Markaziy bank tomonidan oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyalari quyidagi standart shartlar asosida amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“overnayt” — muddati bir kalendar kunidan iborat depozit operatsiyasi (bunda, overnayt depozitlarini jalb qilish va qaytarish kunlari oʻrtasidagi muddat bir kundan ortiq boʻlgan hollarda foiz toʻlovlari kalendar kuni boʻyicha hisoblanadi);
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 27/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3079-1, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/3079-1/1701-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 hafta” — muddati yetti kalendar kunidan iborat boʻlgan depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2 hafta” — muddati oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 oy” — muddati bir oydan iborat depozit operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3 oy” — muddati uch oydan iborat depozit operatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Markaziy bank oʻzgarmas foiz stavkalari boʻyicha depozit operatsiyalarini oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Markaziy bank tomonidan jalb qilingan depozitlar boʻyicha foizlar Markaziy bankka pul mablagʻlari kelib tushgan kundan boshlab depozit qaytarib berilgan kungacha (bunda depozit qaytarilgan kun hisobga olinmaydi), yillik 365 kalendar kunidan kelib chiqib, quyidagi formula asosida hisoblanadi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 27/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3079-1, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/3079-1/1701-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I = D * R * (T / 365),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda: I — depozit boʻyicha hisoblangan foizlar miqdori; D — depozit miqdori; R — depozit boʻyicha foiz stavka; T — depozit jalb qilingan kunlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Depozit operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblarning amalga oshirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Banklarning depozit operatsiyalari boʻyicha majburiyatlari tegishli depozit hisobvaraqlardan Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada belgilangan miqdorning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi hisoblanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Banklarning depozit operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarining bajarilganligi Markaziy bankdagi tegishli depozit hisobvaraqdan olingan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markaziy bankning depozit operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha majburiyati banklarning arizalarida koʻrsatilgan tegishli hisobvaraqlarga depozit mablagʻlari va jalb qilingan depozitlarga hisoblangan foizlarini oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazib berilishi bilan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Markaziy bankning depozit operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi banklarga depozit mablagʻlari va ularga hisoblangan foizlarning oʻtkazilganligi boʻyicha tegishli hisobvaraqlardan olingan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Banklar tomonidan Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordan koʻproq mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa, Markaziy bank keyingi ish kunidan kechikmagan holda bankning depozit hisobvaragʻiga depozit miqdoridan ortiqcha mablagʻni qaytaradi va ushbu ortiqcha miqdor uchun foizlar hisoblanmaydi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Agar banklar tomonidan depozitni joylashtirish sanasida Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordan kam mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa, bir ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan bank depozitning toʻliq oʻtkazilishi yuzasidan elektron tartibda (telefonogramma yoki lotus notes dasturi orqali) ogohlantiriladi.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻliq joylashtirilmagan depozitlar boʻyicha foizlar hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan ogohlantirish olingan kuni Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ toʻliq oʻtkazib berilmasa ushbu depozit operatsiyasi bekor qilinadi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Depozitlarni qaytarish va ularga hisoblangan foiz toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Depozit operatsiyalarining buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markaziy bankda joylashtirilgan depozit mablagʻlarining muddatidan oldin qaytarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Banklar depozit hisobvaragʻiga joylashtirilgan depozit mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarilishi boʻyicha Markaziy bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ushbu ariza Markaziy bank tomonidan bir ish kuni davomida koʻrib chiqiladi va qondiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Banklar tomonidan joylashtirilgan depozitlar:
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3841, 26.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan kunida qaytarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Depozit operatsiyalari boʻyicha pul mablagʻlari muddatidan avval qaytarilgan hollarda ular boʻyicha foiz toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/3079/2122-son; 31.12.2020-y., 10/20/3079-1/1701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.03.2025-y., 10/25/3079-2/0237-son; 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)