26.10.2018 yildagi 877-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Vazirlar Mahkamasining ““Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
877-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 877-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish)ga, shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish) uchun, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan mikrofirmalarga, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xoʻjaliklariga — 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikrolizing xizmatlari kichik tadbirkorlik subyektlariga — texnologik uskunalar va texnikalar sotib olish uchun 3 yilgacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorda koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Beriladigan mikrokreditlar va koʻrsatiladigan mikrolizing xizmatlari boʻyicha foiz stavkalari “Mikrokreditbank” ATB siyosatiga asosan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son)