Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 06.05.2006 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli siyosatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatini, shu jumladan kredit berish va mablag‘larni investitsiyalashning omonatchilar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan tizimi joriy etilishini va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda korporativ boshqaruvning ahvolini va uning Boshqaruvi faoliyatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka yuklangan vazifalarni va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish uchun uning yetarli darajada kapitallashtirilishini va likvidligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali faoliyat ko‘rsatadigan, ayniqsa qishloq joylarda, filiallar va minibanklar tarmog‘ini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mikrokreditbank” markaziy apparat tuzilmasida Mikrokreditlar qaytarilishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha maxsus monitoring guruhi tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Monitoring guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligini muntazam ravishda puxta tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy bo‘limlarda mikromoliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, biznes-reja parametrlariga muvofiq kredit portfelining holati hamda mikrokreditlar bo‘yicha ta’minlanishning holati monitoringini olib borish va ularni xolisona baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokreditlarning qaytariluvchanlik darajasini oshirish, ular bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mikrokreditbank”ning Kuzatuvchi kengash va Boshqaruvi:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va bank faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun zarur hujjatlar paketini bir hafta muddatda tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zaruriyatidan kelib chiqqan holda, o‘n kun muddatda bank va uning filiallari tuzilmasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda bank xodimlarini to‘liq attestatsiyadan o‘tkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning markaziy apparatini hamda uning filiallarini bank bo‘limlarida va mikromoliyalash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-apreldagi 165–f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki mol-mulki kompleks xatlovdan o‘tkazilganligi, uning filiallari va mini-banklarining asbob-anjomlar, hisoblash texnikasi va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganilganligi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda “Mikrokreditbank”ning, ayniqsa qishloq joylardagi filiallari va mini-banklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2006—2008-yillar mobaynida o‘qitish uchun to‘lov undirmasdan “Mikrokreditbank” mutaxassislari uchun mikromoliyalashtirish xizmatlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Banklar uyushmasi, “Mikrokreditbank”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, birinchi navbatda qishloq joylarda mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilar, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaligida band bo‘lganlar tomonidan mikrokreditlar olish uchun biznes-rejalar tayyorlash bo‘yicha doimiy asosda seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Mikrokreditbank” O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2006-2007-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini keng yoritishga doir kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ularda respublika ommaviy axborot vositalarida reklama materiallarining to‘lov undirmasdan e’lon qilinishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 894-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 163-modda; 2007-y., 33-34-son, 344-modda; 2008-y., 51-son, 501-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2017-y., 34-son, 894-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)