|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarori ijrosi doirasida: Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 154,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2017 — 2021-yillarda amalga oshirishga moʻljallangan Qarz bitimi imzolangani; oʻtgan ikki yil davomida 151,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilgan, shuningdek, loyihani boshqarish va monitoring qilish uchun 3,0 mln. AQSH dollari ajratilgani; ajratilgan mablagʻlar hisobidan 161 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan: 137 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlari hamda zamonaviy issiqxonalarni joriy etish bilan 3370 gektar maydonda intensiv bogʻlar; 67 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan 58 ta sovutish omborlari, yillik quvvati 121 ming tonnaga teng boʻlgan 28 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash liniyalari hamda 3500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgani; Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining 2018-yil 14-iyunda qoʻshimcha 198,0 mln. AQSH dollari miqdorida loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 25 yil boʻlgan qarzni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etilishini maʼqullagani maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq; “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga muvofiq; “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini uzish, ular boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin. 5. Quyidagilarga: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot banki qarziga mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratishni va unga tegishli ravishda xizmat koʻrsatishni taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov va J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G.K. Saidova zimmalariga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 16-oktabr, PQ-3974-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 1-ILOVA “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasiga tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash, tovarlarni (ish va xizmatlar) yetkazib berishga tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 2-ILOVA “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 3-ILOVA “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini soʻndirish va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 4-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-bandda: uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin; toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin. b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin; g) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstva po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin; d) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin; 2. Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandida: toʻrtinchi xatboshidan “v inostrannoy valyute” soʻzlari chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshidagi “osushestvlyayutsya tolko v svobodno konvertiruyemoy valyute” soʻzlari “mogut osushestvlyatsya kak v inostrannoy, tak i v natsionalnoy valyute” soʻzlari bilan almashtirilsin. (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3974/2066-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О дополнительных мерах по реализации проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» с участием Азиатского банка развития В целях своевременной и эффективной реализации мер, направленных на развитие плодоовощеводства, а также повышения финансовой устойчивости сельскохозяйственных предприятий: 1. Принять к сведению, что в рамках реализации постановления Президента Республики Узбекистан от 2 марта 2017 года № ПП-2813 «О мерах по реализации проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» с участием Азиатского банка развития» обеспечена реализация следующих мероприятий: подписано Заемное соглашение между Республикой Узбекистан и Азиатским банком развития па сумму 154,0 млн. долларов США со сроком реализации проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» (далее — проект) в 2017 — 2021 гг.; в течение двух лет выделенные ресурсы для кредитной линии в размере 151,0 млн. долларов США освоены в полном объеме, также для управления и мониторинга проектом выделено 3,0 млн. долларов США; за счет выделенных ресурсов 161 фермерским хозяйством и сельскохозяйственным предприятием созданы: интенсивные сады на площади 3 370 га с установкой систем капельного орошения и современные теплицы на площади 137 га; 58 холодильных хранилищ вместимостью 67 тыс. тонн; 28 линий по переработке сельскохозяйственной продукции годовой мощностью 121 тыс. тонн; более 3500 новых рабочих мест; 14 июня 2018 года Совет директоров Азиатского банка развития одобрил предоставление Республике Узбекистан займа в размере 198,0 млн. долларов США для дополнительного финансирования проекта со сроком погашения 25 лет, включая льготный период 5 лет. 2. Утвердить: скорректированное технико-экономическое обоснование с основными технико-экономическими параметрами проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» согласно приложению № 1; схему обслуживания займа Азиатского банка развития, выделяемого в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства», согласно приложению № 2; прогнозный график погашения займа Азиатского банка развития, выплаты процентов и комиссии по нему в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» согласно приложению № 3. 3. Уполномочить министра финансов Республики Узбекистан подписать от имени Республики Узбекистан заемное соглашение между Республикой Узбекистан и Азиатским банком развития в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства». 4. Министерству юстиции Республики Узбекистан в установленном порядке выдать юридическое заключение по заемному соглашению между Республикой Узбекистан и Азиатским банком развития в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства». 5. Возложить персональную ответственность на: заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан — министра финансов Д.А. Кучкарова — за обеспечение своевременного выделения средств и надлежащего обслуживания займа Азиатского банка развития; заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан — председателя Государственного комитета Республики Узбекистан по инвестициям С.Р. Холмурадова — за обеспечение своевременного и эффективного освоения средств займа Азиатского банка развития. 6. Внести изменения в некоторые постановления Президента Республики Узбекистан согласно приложению № 4. 7. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на заместителей Премьер-министра Республики Узбекистан С.Р. Холмурадова, Д.А. Кучкарова и заместителя советника Президента Республики Узбекистан Г.К. Саидову. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 16 октября 2018 г., № ПП-3974 ПРИЛОЖЕНИЕ № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2018 года № ПП-3974 Скорректированное технико-экономическое обоснование с основными технико-экономическими параметрами проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства»
* Окончательные стоимостные показатели будут определены по результатам подготовки детальной проектно-сметной документации, тендерных торгов на поставку товаров (работ, услуг) ПРИЛОЖЕНИЕ № 2 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2018 года № ПП-3974 Схема обслуживания займа Азиатского банка развития, выделяемого в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства»
ПРИЛОЖЕНИЕ № 3 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2018 года № ПП-3974 Прогнозный график погашения займа Азиатского банка развития, выплаты процентов и комиссии по нему в рамках дополнительного финансирования проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства»
ПРИЛОЖЕНИЕ № 4 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2018 года № ПП-3974 ИЗМЕНЕНИЯ, вносимые в некоторые постановления Президента Республики Узбекистан 1. В постановлении Президента Республики Узбекистан от 2 марта 2017 года № ПП-2813 «О мерах по реализации проекта «Развитие цепочки создания добавленной стоимости в секторе плодоовощеводства» с участием Азиатского банка развития»: а) в пункте 2: в абзаце третьем слова «Министерство сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан» заменить словами «Агентство по реализации проектов в области агропромышленного комплекса и продовольственного обеспечения»; абзац четвертый исключить; абзац пятый считать абзацем четвертым; б) абзац второй пункта 3 исключить; в) в абзаце третьем пункта 6 слова «Агентством по реструктуризации сельскохозяйственных предприятий при Министерстве сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан» заменить словами «Агентством по реализации проектов в области агропромышленного комплекса и продовольственного обеспечения»; д) приложение № 1 считать утратившим силу. 2. В пункте 2 постановления Президента Республики Узбекистан от 29 ноября 2016 года № ПП-2663 «О мерах по реализации проекта «Поддержка развития малого бизнеса и частного предпринимательства» с участием Азиатского банка развития»: из абзаца четвертого слова «в иностранной валюте» исключить; в абзаце седьмом слова «осуществляются только в свободно конвертируемой валюте» заменить словами «могут осуществляться как в иностранной, так и в национальной валюте». (Национальная база данных законодательства, 17.10.2018 г., № 07/18/3974/2066) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||