Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2902-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85 va 2017-33-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda) Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin:
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-sentabr,
129-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-sentabr,
2018-73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-sentabrdagi 129 va 2018-73-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 6-bandda “qayta hisob-kitob qilinadi” degan soʻzlardan keyin “yoki oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61 va 62-bandlar bilan toʻldirilsin:
“61. Ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlarning oʻzaro hisob-kitob qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Isteʼmolchilar, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJga hamda uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda (“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJning rasmiy veb-sayti) ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) bilan murojaat qiladi.
Isteʼmolchilarning mazkur arizasiga asosan “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJning hududiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi tomonidan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi hamda mazkur boʻlinmalarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi.
Ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma ikki ish kuni ichida “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJga taqdim etiladi.
Hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalar asosida, bir ish kuni ichida “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ tomonidan isteʼmolchilarning ortiqcha (xato) toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar roʻyxati tuziladi va mazkur roʻyxat Jamgʻarmaga taqdim qilinadi.
Jamgʻarma, taqdim etilgan roʻyxat asosida ikki ish kuni davomida “Oʻzbekenergo” AJ hududiy boʻlinmalarining maxsus hisobvaragʻiga (22604) yoki “Oʻztransgaz” AJning asosiy hisobvaragʻiga (20210) mazkur Nizomning 62-bandida keltirilgan formulaga muvofiq hisob-kitob qilib, ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytaradi.
“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ bir ish kuni davomida Jamgʻarma tomonidan qaytarilgan mablagʻlarga ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarning qolgan qismini qoʻshgan holda (dalolatnomada koʻrsatilgan mablagʻ) isteʼmolchilarning hisobvaragʻlariga oʻtkazib beradi.
“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlar isteʼmolchilarning hisobvaragʻiga qaytarishda banklar tomonidan xizmat haqi undirimaydi.
62. Jamgʻarma tomonidan qaytiralidigan mablagʻ miqdori quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
S (qaytarish) = (S ortiqcha(xato)) — ((S ortiqcha(xato)) x 20/120) x 10/100
Bunda:
S (qaytarish) = Jamgʻarma tomonidan qaytarib berish lozim boʻlgan mablagʻ miqdori;
S ortiqcha(xato) = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻ;
20/120 = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻda qoʻshimcha qiymat soligʻi hissasi;
10/100 = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻda Jamgʻarma hissasi.”.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika majmuasi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftegaz” Boshqaruv raisi A. SULTONOV
2018-yil 10-sentabr
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 10-sentabr
“Oʻzbekenergo” AJ raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 10-sentabr
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari U. SAYIDOV
2018-yil 10-sentabr
“Oʻztransgaz” AJ raisi Sh. TURSUNOV
2018-yil 10-sentabr
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Z. IVATOV
2018-yil 10-sentabr
Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B. KUDRATXODJAYEV
2018-yil 10-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/2902-1/2040-son)