11.10.2018 yildagi PQ-3965-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining Buxoro viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushini va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini tegishli ravishda oʻtkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan KSZ faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korxonasi shaklida yagona KSZ direksiyasini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Buxoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga KSZ hududida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisidagi 2018-yil 15-noyabr va 2019-yil 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi uch hafta muddatda KSZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish va masʼuliyatini kuchaytirishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Buxoro viloyati hokimi U.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3965-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PQ-3965-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkil etilayotgan KSZning nomi

Obyektning nomi

Hududi
(ga)*

Bino-inshootlar maydoni
(kv.m)*

1.

Kogon shahar KSZ

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi)

2,2

6 067

“Toshneftgazqurilish” AJ “Montajchi” UK binolari**

1,9

4 246

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism)

6,6

-

2.

Kogon tumani KSZ

“Amirobod” massivi “Yangiobod” MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi (A380 yoʻli boʻyida)

9,6

-

3.

Qorovulbozor tumani KSZ

Qorovulbozor tumani hokimligi balansidagi “Kogon paxta tozalash” AJ sobiq paxta tozalash zavodining bino va inshootlari

4,7

2 317,9

4.

Buxoro shahar KSZ

Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxorouyqurilish” AJ)

9,2

26 255,7

Buxoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxoro-DOZ” MCHJ)

2,4

6 523

Buxoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “985-sonli Buxoro ishlar boshqarmasi” AJ)

6,43

2 731

“Oʻtror” massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

6,1

-

5.

Jondor tumani KSZ

“Yakkatut” MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

10

-

Jami:

59,13

48 140,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PQ-3965-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdor/

Quvvat

Xarajatlar miqdori*

(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Kogon shahar KSZ

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi)

Mavjud 63 kVa quvvatli transformatorni 160 kVa quvvatli transformatorga almashtirish, VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari liniyalarini qurish va 160 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,5

2

300

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
Buxoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

2

256

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,1

50

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

JAMI:

606

“Montajchi” UK binolari

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,8

1

150

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
Buxoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

2

256

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

JAMI:

406

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism)

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

1

2

250

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
Buxoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,15

80

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

7

1 300

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

JAMI:

1 630

HAMMASI:

2 642

Kogon tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

1,5

1

150

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

3

500

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

11

1 600

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

2 250,0

Qorovulbozor tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,12

1

150

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
Buxoro viloyati hokimligi

“Doʻstlik A380” avtomobil yoʻlidan 4N-253 qismidan 0-1/0-3 km kesimda KSZga kirish yoʻlni taʼminlash

km

3

75

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Buxoro viloyati hokimligi

d=160 mm va d=1000 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,8

230

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

455

Buxoro shahar KSZ

Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxorouyqurilish” AJ)

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

1,5

1

250

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
Buxoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

0,4

44

“Oʻztransgaz” AJ oʻz mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

JAMI:

294

“Oʻtror” massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

1,7

1

170

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

0,6

1 000

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=160 mm boʻlgan suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmogʻini qurish

km

km

1

0,4

1 650

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

JAMI:

2 820

HAMMASI:

3 114

Jondor tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

1,1

1

130

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

15

1 200

“Oʻztransgaz” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

1 330

“Buxorotexnopark” DUK yer uchastkasi va ishlab chiqarish maydonlari

Suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmogʻini, shuningdek suv gidrantlarini qurish

km

km

km

7,0

7,7

2,0

14 650

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

14 650

VILOYAT BOʻYICHA HAMMASI:

24 441,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 07/18/3965/2037-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)