10.10.2018 yildagi 816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy taʼlim muassasalarini ilgʻor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun oʻquv adabiyotlarini yaratishga qoʻyilgan talablar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tizimini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash mavjud boʻlgan zarur oʻquv adabiyotlarini xarid qilish, yangilarini yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish (foydalanilayotgan adabiyotlarni qayta nashr qilish) hamda oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlariga joylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlarini xarid qilish hamda yaratish va nashr qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlarini xarid qilish, yaratish va nashr qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari hamda homiylar mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq tegishli buyruq va boshqa ichki hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlarini markazlashgan holda nashr qilish jarayonining belgilangan tartibda amalga oshirilishini tizimli taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari oʻz ixtisosligiga muvofiq yetakchi xorijiy va mahalliy davriy nashrlarni (jurnallarni) xarid qilishi va ularga obuna boʻlishi jarayonini tizimli muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari ushbu qarorga toʻliq amal qilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish va bu borada talabchanlikni oshirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
816-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob.Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish vazifasi tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalariga kiritilgan fanlar boʻyicha quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oliy taʼlim muassasasida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha rektor boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlar, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, axborot-resurs markazi rahbari, oliy taʼlim muassasasining mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlarining vakillari hamda turdosh oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan muayyan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassislik oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar boʻyicha oʻn kun muddatda professor-oʻqituvchilar tarkibidan mutaxassislar guruhlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mutaxassislar guruhlari mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tegishli oʻquv faniga oid zamonaviy, ilgʻor nazariy va amaliy bilim, uslubiyot, maʼlumot, ilmiy va texnologik yangiliklarni oʻz ichiga olgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni izlab topadi va aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha mutaxassislar guruhlari aniqlagan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar oʻn besh kun muddatda komissiya tomonidan jamlanadi, umumiy roʻyxatga kiritiladi va belgilangan talablarga javob berishi tahlil qilinadi,zarur hollarda umumiy roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritiladi va rektor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)belgilangan tartibda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan kiritilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatlarini ikki oy muddatda umumlashtiradi, umumlashtirilgan roʻyxatda bilim va taʼlim sohalari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari boʻyicha takrorlanadigan xorijiy adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan roʻyxatga kiritilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va yakuniy umumlashtirilgan roʻyxatni hamda tayanch oliy taʼlim muassasalaridan Markazga taqdim etilgan roʻyxatlarni belgilangan tartibda Vazirlikka taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, Markaz tomonidan taqdim etilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning umumlashtirilgan roʻyxatini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayanch oliy taʼlim muassasalarida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning umumiy roʻyxatini shakllantirishda unga faqat chet eldan markazlashgan holda xarid qilish zarur boʻlgan oʻquv va ilmiy adabiyotlar kiritilishini, internet va boshqa yoʻllar orqali oliy taʼlim muassasasi tomonidan xarid qilinadigan, chet eldan yakka tartibda olib kelinadigan,homiy va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar umumiy roʻyxatga kiritilmasligini tayanch oliy taʼlim muassasasining komissiyasi nazorat qiladi va bunga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlangan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish jarayonida ular tijorat maqsadlarida ishlatilmasligi, ulardan faqat bakalavriat va magistraturaning oʻquv jarayonida foydalanilishi, shuning uchun ularning elektron nusxalarini yaratish, ularni oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarga qisman yoki toʻliq tarjima qilish, elektron nusxada koʻpaytirish, ular asosida milliy oʻquv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish tadbirlari toʻlovsiz amalga oshirilishi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlarida alohida belgilanishiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlashgan tartibda xarid qilinib olib kelingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar belgilangan tartibda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlashgan tartibda xarid qilingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish uchun oliy taʼlim muassasalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga markazlashgan tartibda keltirilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlaridan kelib chiqib, ulardan foydalanish (tarjima qilish, elektron nusxalarini koʻchirish, koʻpaytirish, xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar asosida milliy oʻquv adabiyotlarni yaratish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy taʼlim muassasasining rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan belgilangan meʼyorlar va berilgan koʻrsatmalarga toʻliq amal qilgan holda xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan belgilangan tartibda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob.Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida xorijdan keltirilgan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish, tahrir qilish va ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashda quyidagi mablagʻlardan foydalanish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari, grantlar, jumladan xalqaro grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida har bir fan boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibidan hamda jalb etilgan mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruhlar deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi guruhlar tarkibiga kiritiladigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi guruhlar aʼzolari xizmatiga haq toʻlash tariflarini meʼyorlashtirish xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning mualliflik bosma tabogʻi hajmiga muvofiq, eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyentlarda tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonlari uchun alohida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi guruh tomonidan bajariladigan xizmatlarga haq toʻlash ishchi guruh aʼzolari bilan tuziladigan fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh aʼzolari xizmatiga haq toʻlash masalalari boʻyicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan ishchi guruh aʼzolariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ishchi guruh aʼzosi

Maʼlumoti boʻyicha talablar

Malakasi boʻyicha talablar

1.

Tarjimon

Tarjimon quyidagi uchta talabdan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:

1. Tarjimonlik, filologiya yoʻnalishlari(mutaxassisliklari) boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega chet tili va ona tilini mukammal biladigan oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr.

2. Mazkur yoʻnalish boʻyicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega olim-mutaxassis.

3. Tarjimon huquqiga ega (sertifikat yoki boshqa rasmiy hujjat bilan tasdiqlangan) boʻlgan, chet tilini IELTS-6.0va undan yuqori darajada(shu jumladan, boshqa chet tillaridan tarjima qilishda muvofiq daraja nazarda tutiladi)biladigan (tasdiqlovchi hujjat bilan) mutaxassis.

Tarjimon tarjima predmetini har ikkala til vositalarida oson ifoda qila oladigan, til xususiyatlarini biladigan va uni tarjimada toʻlaqonli amalga oshira oladigan boʻlishi hamda quyidagi malaka talablaridan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:

1. Professional tarjimon yoki professional xorijiy til filologi malaka talablariga javob beradigan mutaxassis.

2. Chet tilini oʻzlashtirishning Umumevropa xalqaro standarti boʻyicha kamida V2+ yoki S1 darajasida biladigan yuqori malakali, ogʻzaki va yozma tarjima yoʻnalishida tajribaga ega boʻlgan mutaxassis.

3. Respublikada yoki xorijiy mamlakatlarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik (sohalar boʻyicha) matnlarni tarjima qilish tajribasiga ega, tarjimalari rasmiy matbuotda, ilmiy va ommabop nashrlarda chop etilgan va tan olingan mutaxassis.

4. Chet el oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati yoki magistraturasini bitirgan yoxud kamida 2 yil davomida PhD dasturi boʻyicha oʻqigan yoki malakasini oshirgan mutaxassis.

2.

Muharrir

Muharrir quyidagi talabdan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:

1. Fan, taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi.

2. Mazkur yoʻnalish boʻyicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan soha mutaxassisi.

Muharrir quyidagi malaka talabidan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:

1. Tegishli fan yoki turdosh oʻquv fanlaridan kamida 5 yil dars berib kelayotgan professor yoki oʻqituvchi.

2. Sohani mukammal biladigan, ilmiy maqola, oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlab nashr qilgan mutaxassis.

Chet tilini biladigan fan yoki yoʻnalish mutaxassislariga afzallik beriladi.

3.

Ekspert

Sohaga oid taʼlim muassasasi, ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassis (rahbar).

Sohani mukammal biladigan, sohaga oid respublika va jahondagi tendensiyalardan xabardor boʻlgan mutaxassis.

Chet tilini biladigan fan yoki yoʻnalish mutaxassislariga afzallik beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan ishchi guruh aʼzolari mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARIFLARI

Ish nomi

Oʻlcham birligi

Eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bir mualliflik tabogʻi uchun mehnatga haq toʻlashning minimal stavkasi

1.

Tarjima qilish

Mualliflik tabogʻi

*

2.

Tahrir qilish

Mualliflik tabogʻi

1,2

3.

Ekspertizadan oʻtkazish

Mualliflik tabogʻi

1,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mualliflik tabogʻi — 40 000 bosma belgilarga, grafik materialni (rasmlar, diagrammalar, jadvallar, musiqa notalari va hokazolar) nashr etishda 3000 kv. santimetrga teng boʻlgan nashr etiladigan asar hajmini oʻlchash birligi. Harflar, tinish belgilari, raqamlar va boshqalar hamda soʻzlar oʻrtasidagi har bir oraliq bosma belgilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh aʼzolari mehnatiga haq toʻlash ish tugallangandan soʻng, nashrga tavsiya etilgan hajmdan kelib chiqqan holda belgilangan tariflarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar asosida haq toʻlash amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlimning oʻquv adabiyotlari darslik, oʻquv qoʻllanma, uslubiy qoʻllanma, uslubiy koʻrsatma, uslubiy tavsiyanoma, maʼlumotlar toʻplami (banki), maʼruzalar kursi, maʼruzalar toʻplami, mashqlar (masalalar) toʻplami, lugʻat, daydjest kabi turlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlarini yaratish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquv adabiyotlarini yaratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalariga kiritilgan fanlar boʻyicha yaratilishi zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlariga muvofiq yaratilishi zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlarining roʻyxatini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oliy taʼlim muassasalari tomonidan kiritilgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatlarini oʻquv reja va fan dasturlariga mosligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi, bilim va taʼlim sohalari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari boʻyicha takrorlanadigan adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan roʻyxatga kiritilgan turli oʻquv adabiyotlarini tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va maqbul holatga keltirilgan oʻquv adabiyotlarining roʻyxatlarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga oʻz tavsiyalari bilan yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlari roʻyxatlarini shakllantirgan oliy taʼlim muassasalarining rektorlari Markaz tomonidan tahlil qilingan tegishli oʻquv adabiyotlari roʻyxatlarini Vazirlik tomonidan belgilanadigan yagona shakldagi jadval koʻrinishida ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va Markazga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarida sohaning yetakchi mutaxassislari, professor-oʻqituvchilari va olimlar tarkibidan muallif (mualliflar jamoasi) tayinlanadi. Mualliflar tarkibiga turdosh oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilari hamda xorijiy olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zarur hollarda, oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun mualliflar tanlov asosida belgilanishi mumkin. Tanlovda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ishlab chiqarish, fan, taʼlim va tegishli boshqa sohalarning yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek xorijiy mamlakatlar mutaxassislari ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquv adabiyotlari davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan talablarga mos holda tayyorlanishiga tegishli tayanch oliy taʼlim muassasasi masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻquv adabiyotlari matbaa va noshirlik meʼyorlariga amal qilgan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini tayyorlash va ularni nashr qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oliy taʼlim muassasalarida muallif (mualliflar jamoasi) tomonidan oʻquv adabiyotining qoʻlyozmasi tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan qoʻlyozmaga fanning yetuk mutaxassislari, taʼlim yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari, tegishli soha tashkilotlarining taqrizlari olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oliy taʼlim muassasasining kengashida oʻquv adabiyoti qoʻlyozmasi atroflicha muhokama qilinadi va nashr qilishga tavsiya etish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasi kengashining bayoni rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizadan oʻtkazish maqsadida oʻquv adabiyotining qoʻlyozmasi tegishli tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan Markazga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan kiritilgan oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini taʼlim sohalari va yoʻnalishlariga muvofiq jamlab, Vazirlik huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalar deb ataladi) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalar oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlariga qoʻyilgan talablarga mosligi, talabalarga mukammal zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni berishga xizmat qilishi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi, har biri boʻyicha asoslangan xulosa hamda uning oʻzbek, rus, qoraqalpoq tilidagi adadi va nashr etish manbalari (markazlashgan budjet mablagʻlari, oliy taʼlim muassasalarining mablagʻlari va boshqalar) yuzasidan tavsiya beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalarning oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalari yuzasidan bergan xulosasi Vazirlik huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) majlisida muhokama qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama natijasida ijobiy deb topilgan oʻquv adabiyotlarning qoʻlyozmalari Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi bayoni bilan nashr etishga tavsiya qilinadi, salbiy baholangan oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalari qayta ishlash uchun tegishli tayanch oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan nashr etishga tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlar qoʻlyozmalarining roʻyxati ularni tayyorlagan oliy taʼlim muassasasi, mualliflar familiyasi va ismi, oʻquv adabiyotining turi, uning hajmi, adadi va moliyalashtirish manbasi koʻrsatilgan holda Vazirlikka taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlarni Vazirlik buyrugʻi bilan nashr etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashr etishga ruxsat berilgan oʻquv adabiyotlari belgilangan tartibda nashr qilinadi va ehtiyojga muvofiq tegishli oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chop etilgan oʻquv adabiyotlaridan talabalar foydalanishi uchun mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlariga oʻquv adabiyotlarining bosma hamda elektron nusxalari joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalar tomonidan oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini ekspertizadan oʻtkazish, muhokama qilish va xulosa ishlab chiqish tartibi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy taʼlim muassasalarida tayyorlangan oʻquv adabiyotlari qoʻlyozmalarini Markazga kiritish, ushbu qoʻlyozmalarni oʻquv-uslubiy birlashma va komissiyalarga taqdim etish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan, zaruratga koʻra, koʻzi ojiz talabalar uchun axborot-resurs markazlariga joylashtirilgan oʻquv adabiyotlari asosida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tegishli oʻquv adabiyotlarining tinglab oʻrganadigan audio-darsliklari yaratiladi va axborot-resurs markazida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash meʼyori va ularni yangilab borish davriyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquv adabiyotlarining matbaa usulida nashr qilingan nusxalari hamda mualliflar bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda oʻquv adabiyotlarining elektron nusxalari saqlanadigan oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari taʼlim jarayonini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlaydigan asosiy manba hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquv adabiyotlari bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash meʼyorlari muayyan oliy taʼlim muassasasining axborot-resurs markazida mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlari soni tegishli taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligida taʼlim olayotgan talabalar soni bilan nisbat koʻrinishida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy taʼlimning bakalavriat bosqichi uchun oʻtilayotgan fanlar boʻyicha har 6 nafar talabaga kamida 1 (bir) dona oʻquv adabiyoti toʻgʻri kelsa, mazkur taʼlim yoʻnalishi oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlangan hisoblanadi. Bunda taʼlim jarayonining oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanishi axborot-resurs markazida oʻquv adabiyotlarining elektron nusxalari mavjudligini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nashr qilinayotgan oʻquv adabiyotlarining adadi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha har 6 nafar talabaga kamida 1 (bir) dona hamda har 2 (ikki) nafar talabaga koʻpi bilan 1 (bir) dona oʻquv adabiyoti toʻgʻri kelishi miqdorlari oraligʻida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashr qilinadigan oʻquv adabiyotlarining adadi ushbu meʼyorlarga amal qilgan holda, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oʻquv-uslubiy birlashma yoki komissiyalar xulosasi asosida belgilanadi va Vazirlikka tavsiya qilinadi. Vazirlik tomonidan bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlari fondidagi oʻquv adabiyotlari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, yangilanish, fan, texnika va texnologiyalarning soʻnggi yutuqlari, ilgʻor xalqaro tajriba va taraqqiyot tendensiyalari, yangi fanlar va taʼlim yoʻnalishlari kiritilishi, davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari takomillashtirilishi va oʻzgartirilishiga muvofiq yangilanib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquv adabiyotlarini yangilab borish davriyligi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlarining turkumlari (oʻquv reja bloklari)dan kelib chiqib ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi va tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari ilk bor kiritilishi yoki yangilanishi, yangi fanlar kiritilishi hamda Hukumat qarorlari va koʻrsatmalari asosida oʻquv adabiyotlari tavsiya etilgan davriylikdan mustasno tarzda yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yangilanishi zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan chop etilishi rejalashtirilayotgan roʻyxatga kiritiladi. Bunda oʻquv adabiyoti yangilanishining sabablari, mavjud oʻquv adabiyoti nechanchi yilda chop etilgani koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash hamda darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlarni yaratish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash hamda darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv adabiyotlarini yangilab borish davriyligi boʻyicha tavsiyaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻquv bloklari boʻyicha adabiyotlar uchun

(yil)

Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari

Tabiiy-ilmiy va matematik fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari

Umumkasbiy fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari

Maxsus fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari

5

10

7

6

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun oʻquv adabiyotlarini yaratishga qoʻyilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Talablar oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun oʻquv adabiyotlarini yaratishga qoʻyilgan umumiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talablarning asosiy maqsadi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimining barcha taʼlim turlari uchun zamonaviy oʻquv adabiyotlarining shakli, turi, funksiyasi, yaratish tamoyillari va talablarini belgilash hamda oʻquv adabiyotlarini yaratish jarayonida asosiy uslubiy va meʼyoriy vosita boʻlib xizmat qilishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquv adabiyotlarining shakli va turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquv adabiyotlari oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari asosida muayyan oʻquv fani boʻyicha zarur nazariy va amaliy bilimlar, oʻquv materiallari, uslubiyot va didaktik maʼlumotlar ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, jahon tajribalari asosida tizimli bayon etilgan nashr boʻlib, asosan ikki xil shaklda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy (bosma) oʻquv adabiyotlari — taʼlim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari, oʻquv materiallari va maʼlumotlar hajmi, shriftlar, qogʻoz sifati, muqova turi va boshqa koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda matbaa usulida tayyorlanib chop etilgan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron oʻquv adabiyotlari — zamonaviy axborot texnologiyalari asosida maʼlumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan elektron majmua.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻquv adabiyotlarining quyidagi turlari mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv qoʻllanma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy qoʻllanma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy tavsiyanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar toʻplami (banki);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzalar kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzalar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashqlar (masalalar) toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lugʻat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daydjest.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv adabiyotlarining turlari quyidagicha ifodalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik — muayyan oʻquv fanining mavzulari tizimli, chuqur va toʻliq yoritilgan, tegishli fan mazmunini belgilangan hajmda mukammal oʻzlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, oʻquvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan asosiy oʻquv nashridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv qoʻllanma — darslikni qisman toʻldiruvchi, muayyan fan dasturi boʻyicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal oʻzlashtirilishini taʼminlovchi, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashq va mashgʻulotlarga moʻljallangan, oʻquvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan oʻquv nashridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy qoʻllanma — professor-oʻqituvchilar va bilim oluvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bir darsning maqsadi, dars oʻtish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy koʻrsatma — muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni, shuningdek bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan boʻyicha bilim oluvchilarda zarur amaliy koʻnikmalar hosil qilishga moʻljallangan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy tavsiyanoma — muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha mavzularning asosiy mazmunini yoki ayrim murakkab mavzular va masalalarni oʻzlashtirish, nazariy va amaliy vazifalar, topshiriqlarni bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish va pedagogik tavsiya berishga qaratilgan yordamchi oʻquv adabiyoti hisoblanadigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar toʻplami (banki) — foydalanishga qulay shaklda yaratilgan, muayyan fanni yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan, isbot talab qilmaydigan maʼlumotlar, ilmiy koʻrsatkich va oʻlchamlar, turli belgi va raqamlardan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, texnika, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ilmiy, amaliy, maʼlumotlardan tashkil topgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzalar kursi — fanning oʻquv dasturi boʻyicha maʼruzalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan, undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzalar toʻplami — muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari koʻrsatilgan, oʻzini oʻzi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, ilmiy-tadqiqot izlanishlari asosida muntazam yangilanib turiladigan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashqlar (masalalar) toʻplami — muayyan fanning mavzulari boʻyicha amaliy mashqlar, masalalar, shuningdek taʼriflash, ifodalash, shakllantirish, hisoblash, ishlab chiqish boʻyicha misollar keltirilgan, mavzularga oid meʼyoriy, uslubiy, sonli va tayanch maʼlumotlar bilan toʻldirilgan, oʻquvchi va talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lugʻat — aniq bir tartibda joylashgan soʻzlar (yoki soʻz birikmasi va hokazo) toʻplami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi yoki soʻzning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi, taʼlim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etilgan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daydjest — ilmiy, ilmiy-uslubiy, oʻquv, davriy adabiyotlar, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid maʼlumotlar toʻplami sifatida foydalaniladigan nashr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquv adabiyotlarini yaratishga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquv adabiyotlari rivojlantirish strategiyasining demokratik, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yoʻnalishlarida mamlakat taraqqiyotining ustuvor masalalariga asoslangan holda yaratiladi va oʻquvchi yoki talabaning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi, shuningdek soha boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalar, jahon ilm-fani, uslubiyot, texnika va texnologiyalarning soʻnggi yutuqlari, taraqqiyot tendensiyalarini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquv adabiyotlari tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari asosida tayyorlanadi. Oʻquv adabiyotlarining nomi oʻquv rejalaridagi fanlar nomi bilan mos kelishi maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻquv adabiyotlarini yaratishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda joriy etilgan uzluksiz taʼlim tizimining taʼlim turlari (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura)) oʻrtasidagi uzviylik va uzluksizlik taʼminlanadi hamda fanlar mavzularining asossiz takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlarda mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka oʻtib borish tamoyillariga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yaratilayotgan oʻquv adabiyotlarining mazmuni taʼlim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil taʼlim olish, yangi bilimlarni oʻquv adabiyotlaridan izlab topish koʻnikmalarini oʻquvchi va talabalarda shakllantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻquv adabiyotlari tushunarli, sodda va ravon tilda yozilishi, maʼlumotlar oʻquvchi va talabalar tomonidan imkon darajasida oson va qiyinchiliksiz qabul qilinadigan, xotirada saqlanadigan tarzda berilishi hamda taʼlim oluvchilarning bilim va koʻnikmalarini nazorat qilish imkoniyatini yaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektron oʻquv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qoʻshimcha maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangan boʻlib, koʻpincha chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha yaratiladi. Uzluksiz taʼlim tizimida fan va texnologiyalar rivojlangani sari mazmuni tez oʻzgaruvchan, chuqurlashtirib oʻqitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar boʻyicha elektron oʻquv adabiyotlari tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan talablar va uning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taʼlim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qatʼi nazar, barcha oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan fanning mohiyati, mazmuni va mavzularini fan dasturida belgilangan hajmlarda izchillik bilan yoritilishi, oʻquv materiallarining mazkur fan orqali taʼlim oluvchilarga berilishi zarur boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan tartibda tizimli bayon qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy bilimlarga asoslangan maʼlumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi, illustratsiyalarga boy, zamonaviy koʻrgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy va amaliy maʼlumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy va qiziqtiruvchan shaklda ifoda qilinishi, zarur hollarda fanga oid keng qamrovli misol va masalalar, uzoq va yaqin oʻtmishdagi boy intellektual merosimiz namunalari bilan boyitilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng soʻnggi yutuqlarini inobatga olishi, uning ahamiyatini ifodalashi, soha va fanga oid milliy va xorijiy tajriba va maʼlumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tushuncha va xulosalarning taʼriflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va oʻqitishning interfaol uslublarini tatbiq qilishga koʻmak berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirish, qiziqish uygʻotish va mustaqil fikrlashga yoʻnaltira oladigan xususiyatlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilim oluvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil taʼlim olishga qiziqish uygʻotishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning bilimi, uquvi va koʻnikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual insonparvarlik gʻoyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda oʻta masʼuliyatliligini anglatishga qaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatanparvarlik hissi, maʼnaviy-axloqiy sifatlar shakllantirilishi, taʼlim va tarbiya uzviyligini taʼminlashga eʼtibor berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qatʼi nazar, barcha oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlaridagi mavzu, mazmun va matnlar uzluksiz taʼlimning boshqa turlari va bosqichlaridagi turdosh fanlarning mavzu, mazmun va matnlarini takrorlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv materiallarining mazmuni dalillardan namunalarga, namunadan farazga, farazdan izlanishga, izlanishdan amaliy qoʻllashga, abstrakt ilmiy bilimdan aniq kasbiy bilimga, bilimdan amaliy koʻnikmaga oʻtishga yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzularda “oddiydan murakkabga”, “umumiydan xususiyga” kabi tamoyillarga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmlar, grafiklar, jadvallar, sxema va diagrammalar mantiqan maqbul darajada joylashtirilishi, berilgan maʼlumotlar va tushuntirishlar bilan uzviy bogʻlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnlar dizayni maqbul va mukammal bajarilishi, takrorlanuvchi tushunchalar, rioya qilinishi kerak boʻlgan qoidalar, eʼtiborni jalb etish uchun zarur boʻlgan jumlalar, misollar va xulosalarni ajratish maqsadida maxsus belgilardan hamda taʼsirchan grafik vositalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy xarakterga ega boʻlgan va bilim oluvchilar mustaqil ishlashi uchun moʻljallangan muammoli savollar, topshiriqlar, mashqlar, loyihalar bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlar va vazifalar keng koʻlamli bilim oluvchilar bajaradigan amaliy ishlarni juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etish imkoniyatini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv materiallarida talabalarni faol boʻlish va tanqidiy fikrlashga undash va ularning fanga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytiruvchi jihatlarning mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning turli hududlaridagi oʻziga xos madaniy xususiyatlar, tabiiy iqlim sharoitlari hisobga olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga qiziqishni kuchaytirish, uni mustahkam egallashga va zamonaviy bilimlar asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanishiga xizmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil va erkin fikr yuritish, masʼuliyatli qarorlar qabul qilishga qodir shaxslarni tarbiyalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi fanga tegishliligidan qatʼi nazar, nazariy bilimlarning amaliyot bilan keng bogʻliqligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchida yaxlitlikni idrok qilish hissining shakllanishi uchun barcha maʼlumotlar mantiqiy bir tizimda berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan fan sohasiga xos xususiyatlardan kelib chiqib, estetik va dizayn koʻrsatkichlarda ilm-fan yutuqlarini tasvirlaydigan koʻrgazmali maʼlumotlar-qurilma, apparatlar yoki ularning maʼlum qismlari va boshqalar turli rangda berilishiga eʼtibor qaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnni tushunarli va mantiqiy usulda tuzish, oʻrganish jarayonini osonlashtirish uchun rasmlar, sxemalar va chizmalarni qoʻshib joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotida oʻrganiladigan mavzu va mashgʻulotlar guruhda oʻquvchilarning turli qobiliyatga ega ekanligi inobatga olingan holda berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlararo va fan ichida oʻzaro bogʻliqlik taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning mustaqil ishlashi uchun amaliy topshiriqlar, mashqlar, loyihalar bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnda atrof-muhit, uning ifloslanishi va jamiyat salomatligi muammolari hamda ularni hal qilish yoʻllari aks ettirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy taʼlimning oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitiladigan fanlar va ularga tegishli oʻquv adabiyotlarining mazmun-mohiyati nihoyatda chuqur ilmiy-uslubiy, yuqori sifat koʻrsatkichlarda boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlaridagi har bir bob yoki mavzuning mazmuni tushunarli, ilmiy gʻoya va tushunchalarning mohiyati aniq va ravshan bayon etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnni xotirada saqlashni osonlashtirish, mavzular ixcham chizmalar, turli tasviriy ifodalar, jadval, infografika hamda rasmlar bilan muvofiq tarzda taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq va tabiiy fanlar boʻyicha ilmiy tushuncha va gʻoyalar, qonun va qonuniyatlar, tarixiy hodisa va ijtimoiy jarayonlarning hayotiyligiga eʼtibor qaratilishi, tahliliy munosabatning yetarli darajada boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallif va talaba oʻrtasida fikrlarning mantiqiy bayoni jarayonida oʻzaro bogʻliqlik taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy va tajriba mashgʻulotlarini bajarish hamda mashqlarni yechish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar berilishi, matn, illustratsiya va grafiklar yordamida bilim olish orqali kengaytirilgan amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniyati boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv maqsadlari va vazifalarining aniq belgilanishi, fanlararo va fan ichida oʻzaro bogʻliqlikni taʼminlanishi, nazariy va amaliy mazmunning oʻzaro maqbul va bogʻliq holda taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazmun ishonchli va salohiyat bilan yoritilishi, unda mualliflarning fan, texnika va texnologiyalarning soʻnggi yutuqlaridan foydalanganligi koʻrinib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy materiallardan maksimal foydalanish, dinamik jarayonlarni oʻrganishni osonlashtirish maqsadida elektron taʼlim vositalarini (multimedia, animatsiya, virtual stendlar va x.k.) qoʻshimcha material sifatida ishlatish imkonini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv materiallarida talabalarni faol boʻlish va tanqidiy fikrlashga undash va ularning fanga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytiruvchi jihatlarining mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining yaratilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun yaratiladigan oʻquv adabiyotlarining asosiy funksiyalari quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot funksiyasi — taʼlim oluvchi muayyan fan boʻyicha egallashi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar mazmunini qamrab olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlovchi funksiyasi — oʻquv fani mazmuni tizimlangan shaklda qatʼi ketma-ketlikda va izchillikda oddiydan murakkabga rioya qilingan holda bayon qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtiruvchi funksiyasi — fan oʻquv materialini loyihalash jarayonida boshqa oʻquv manbalarida keltirilgan materiallarni oʻrganish, ular orasida uzviylikni taʼminlash, axborot oqimini tez oʻzlashtirish, olgan bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy faoliyat jarayonida qoʻllash yoʻllarini topishga xizmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislikka yoʻnaltirilganlik funksiyasi — oʻquv adabiyotining mazmuni oʻquvchi-talabaning mutaxassislik boʻyicha ishlab chiqarish jarayonlari, obyektlari, texnika va texnologiyalar toʻgʻrisidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega boʻlishini taʼminlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi maʼlumotlarni mustaqil tahlil qilish va oʻzlashtirish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
didaktik funksiyasi — taʼlim oluvchining qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda oʻquv materialini mustaqil oʻzlashtirishga hamda asosiy mazmunni ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash koʻnikmalarini shakllantirish uchun xizmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va oʻzini oʻzi nazorat qilish funksiyasi — taʼlim oluvchining oʻqituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib, oʻzining bilimini tekshirishi hamda bilimiga tayangan holda amaliy mashgʻulotlarni bajara olishiga qaratilgan faoliyatlarga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarni mustaqil taʼlim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi funksiyasi — taʼlim oluvchilarda mustaqil tarzda taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruratni uygʻotishi, yetishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda toʻldirishga yordam berishga yoʻnaltirilganligi. Taʼlim oluvchilarga mustaqil ravishda bajarishi lozim boʻlgan loyihalar, muammoli savollar va topshiriqlar berilishi orqali ularda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi funksiyasi — oʻquv materiallari asosida shaxsning davlat va xalqiga eʼtiqodni, maʼnaviy-insoniy xislatlarni, vatanparvarlikni, mehnatsevarlik kabi boshqa ijobiy fazilatlarning faol shakllanishiga koʻmak berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bir bilim va taʼlim sohalari xususiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalarining kengashi qarori asosida oʻquv adabiyotlariga qoʻshimcha maxsus talablar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron oʻquv adabiyotlarini yaratish tamoyillari va ularga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektron oʻquv adabiyotlarini (darsliklarni) yaratish tamoyillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modullilik tamoyili — oʻquv materialini hajmi boʻyicha kichik, ammo tarkibi boʻyicha bir butun boʻlgan modullardan (boʻlimlardan) iborat boʻlgan boʻlaklarga boʻlib chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliqlik tamoyili — har bir yaratilayotgan boʻlim (modul) uni tashkil etuvchi nazariy va amaliy qismlar, nazariy bilimlarni tekshirish boʻyicha tuzilgan nazorat savollari (testlar), mustaqil yechish uchun topshiriq va amaliy koʻnikmalarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan mashqlar, tajribalar va tegishli sharhlardan iborat boʻlishi maqsadga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmalilik tamoyili — har bir boʻlimda (modulda) yangi tushunchalar, fikrlar hamda uslublarni tushunarli va eslab qolishni yengillashtiruvchi matnlar hajmi oʻlchamlari kichik boʻlgan kadrlarning ketma-ketligidan iborat boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlanish tamoyili — har bir boʻlimlardan (modullardan) gipermatnli havolalar orqali boshqa boʻlimlar bilan bogʻlanish imkoniyatlari mavjudligi, oʻrganilayotgan fan materiallari cheklanmagan holda bosqichma-bosqich oʻzlashtirib borish imkoni boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvchanlik tamoyili — taʼlim oluvchilar ekranda tasvirlanadigan kadrlarning almashuvini oʻzlari mustaqil boshqara olishlari, istalgan mavzu yoki maʼlumotlarni, tushunchalar, fikrlar, illustratsiya materiallari va multimediyalarni ekranga chiqarish imkoniga ega boʻlishi, oʻquvchi va taʼlim oluvchilarga bilim va koʻnikmalarni nazorat savollari, testlar va amaliy mashgʻulotlar orqali tekshirish imkoniyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻnikuvchanlik tamoyili — elektron darslik oʻquv jarayonida aniq foydalanuvchi ehtiyojlariga koʻnikib borishini taʼminlashi, oʻrganilayotgan materialning chuqurligi va murakkabligini hamda taʼlim oluvchining kelgusi taʼlim bosqichiga bogʻliq holda amaliy yoʻnaltirilganligini oʻzgartirib borishga imkoniyat yaratishi, foydalanuvchilar oʻz ehtiyojlariga koʻra qoʻshimcha illustratsiya materiallarini yuzaga keltira olishlari, oʻrganilayotgan tushunchalarni chizma va geometrik jihatdan talqin qila olishlariga xizmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuterli qoʻllab quvvatlash tamoyili — taʼlim oluvchilar oʻrganish jarayonining istalgan paytida oʻquv materialining mohiyatiga oʻziga diqqatni jalb etishga undovchi topshiriq va masalalarni qarab chiqish hamda ularni bajarishda kompyuterdan foydalanishlari uchun sharoit mavjudligi. Elektron oʻquv adabiyotini kompyuterda oʻrganishda murakkab almashtirish amallarini, turli xil hisoblashlarni va grafiklarni tuzib chiqish, rasm va sxemalarni chizish, murakkab darajadagi turli amallarni bajarish imkoniyatlari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻiluvchanlik tamoyili — elektron darslikni yangi boʻlimlar va mavzular, fan va texnika yangiliklari bilan kengaytirib va toʻldirib borishga imkon berishi hamda maxsus va alohida fanlar boʻyicha elektron kutubxonalarni yoki taʼlim oluvchilar, (u oʻqiyotgan mutaxassislik va kursga mos holda) oʻqituvchilar yoki tadqiqotchilarning xususiy elektron kutubxonalarini shakllantirishiga imkon yaratishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron darslikka qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslikning mazmuni va tarkibi taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlariga mos kelishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslikning tuzilmasi va mazmuni oʻquv materialini chuqur oʻrganishga moʻljallash bilan bir vaqtda oʻrganilayotgan fanning oʻquv dasturiga mos kelishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarning soʻnggi yutuqlarini hisobga olishda oʻquv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini taʼminlash, oʻquv materialini elektron darslik yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslik taʼlim oluvchilarning yoshi hamda alohida xususiyatlariga xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlashi zarur, oʻquv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklashga yoʻl qoʻymasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchiga anʼanaviy oʻquv adabiyotlarida imkoni boʻlmagan muammoli topshiriqlar, mashqlar, amaliy mashgʻulotlarni bajarishga imkon yaratishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning koʻrgazmaliligini taʼminlashi, taʼlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obyektlar, ularning maketlari, uch oʻlchamdagi modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatish imkonini berishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslikdan foydalanishda bilimlarni oʻzlashtirish mustahkamligi taʼlim oluvchilarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslik oʻquv faoliyatining izlash, yigʻish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi koʻrinishlarini avtomatlashtirishni, hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni koʻzda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron darslik murakkab obyektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining imitatsiyasini, turli jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida oʻtish vositalarini tarkibida saqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektron darslikka qoʻyiladigan oʻziga xos didaktik talablar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moslashuvchanlik talabi — elektron darslik taʼlim oluvchining xususiy imkoniyatlariga, yaʼni oʻqitish jarayonida taʼlim oluvchining bilimi, koʻnikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning interfaollik talabi — elektron darslik oʻqitish jarayonida taʼlim oluvchi bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlashi, interfaol muloqot va qaytarma aloqani taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizuallashtirish talabi — elektron darslik oʻquv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talabi — fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishga imkon berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlilik talabi — elektron darslik oʻquv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bogʻliqligini, toʻliqligi va uzluksizligini taʼminlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron darslik oʻzida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual oʻrgatuvchi tizimiga ega boʻlishi, oʻquv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga tayangan holda qurilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Elektron darsliklarga qoʻyiladigan umumiy texnik, texnologik talablar. Elektron darslik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal va boshqa tashqi axborot tashuvchilarda, tarmoqli tartibotda harakatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
multimediya va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini maksimal qoʻllash imkonini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlash qobiliyati puxta va barqaror boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli elektron tashuvchilarni qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal va tarmoqli tartibda ishlash imkoniyati mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy ishlash imkonini (oʻqituvchi taʼlim oluvchilar bilan interaktiv va qaytarma aloqada boʻlishi) berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Elektron darsliklarni yaratishning oʻquv-uslubiy, texnik, texnologik tartibi tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Talablarning bajarilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/816/2032-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)