1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy taʼlim muassasalarini ilgʻor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazadigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tizimini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash mavjud boʻlgan zarur oʻquv adabiyotlarini xarid qilish, yangilarini yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish (foydalanilayotgan adabiyotlarni qayta nashr qilish) hamda oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlariga joylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari hamda homiylar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq tegishli buyruq va boshqa ichki hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlarini markazlashgan holda nashr qilish jarayonining belgilangan tartibda amalga oshirilishini tizimli taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari oʻz ixtisosligiga muvofiq yetakchi xorijiy va mahalliy davriy nashrlarni (jurnallarni) xarid qilishi va ularga obuna boʻlishi jarayonini tizimli muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari ushbu qarorga toʻliq amal qilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish va bu borada talabchanlikni oshirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
816-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob.Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish vazifasi tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalariga kiritilgan fanlar boʻyicha quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oliy taʼlim muassasasida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha rektor boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlar, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, axborot-resurs markazi rahbari, oliy taʼlim muassasasining mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlarining vakillari hamda turdosh oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan muayyan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassislik oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar boʻyicha oʻn kun muddatda professor-oʻqituvchilar tarkibidan mutaxassislar guruhlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mutaxassislar guruhlari mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tegishli oʻquv faniga oid zamonaviy, ilgʻor nazariy va amaliy bilim, uslubiyot, maʼlumot, ilmiy va texnologik yangiliklarni oʻz ichiga olgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni izlab topadi va aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha mutaxassislar guruhlari aniqlagan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar oʻn besh kun muddatda komissiya tomonidan jamlanadi, umumiy roʻyxatga kiritiladi va belgilangan talablarga javob berishi tahlil qilinadi,zarur hollarda umumiy roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritiladi va rektor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)belgilangan tartibda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan kiritilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatlarini ikki oy muddatda umumlashtiradi, umumlashtirilgan roʻyxatda bilim va taʼlim sohalari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari boʻyicha takrorlanadigan xorijiy adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan roʻyxatga kiritilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va yakuniy umumlashtirilgan roʻyxatni hamda tayanch oliy taʼlim muassasalaridan Markazga taqdim etilgan roʻyxatlarni belgilangan tartibda Vazirlikka taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, Markaz tomonidan taqdim etilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning umumlashtirilgan roʻyxatini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayanch oliy taʼlim muassasalarida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning umumiy roʻyxatini shakllantirishda unga faqat chet eldan markazlashgan holda xarid qilish zarur boʻlgan oʻquv va ilmiy adabiyotlar kiritilishini, internet va boshqa yoʻllar orqali oliy taʼlim muassasasi tomonidan xarid qilinadigan, chet eldan yakka tartibda olib kelinadigan,homiy va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar umumiy roʻyxatga kiritilmasligini tayanch oliy taʼlim muassasasining komissiyasi nazorat qiladi va bunga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlangan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish jarayonida ular tijorat maqsadlarida ishlatilmasligi, ulardan faqat bakalavriat va magistraturaning oʻquv jarayonida foydalanilishi, shuning uchun ularning elektron nusxalarini yaratish, ularni oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarga qisman yoki toʻliq tarjima qilish, elektron nusxada koʻpaytirish, ular asosida milliy oʻquv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish tadbirlari toʻlovsiz amalga oshirilishi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlarida alohida belgilanishiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlashgan tartibda xarid qilinib olib kelingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar belgilangan tartibda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlashgan tartibda xarid qilingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish uchun oliy taʼlim muassasalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga markazlashgan tartibda keltirilgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlaridan kelib chiqib, ulardan foydalanish (tarjima qilish, elektron nusxalarini koʻchirish, koʻpaytirish, xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar asosida milliy oʻquv adabiyotlarni yaratish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy taʼlim muassasasining rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan belgilangan meʼyorlar va berilgan koʻrsatmalarga toʻliq amal qilgan holda xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlardan belgilangan tartibda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob.Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida xorijdan keltirilgan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish, tahrir qilish va ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashda quyidagi mablagʻlardan foydalanish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari, grantlar, jumladan xalqaro grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida har bir fan boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibidan hamda jalb etilgan mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruhlar deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi guruhlar tarkibiga kiritiladigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi guruhlar aʼzolari xizmatiga haq toʻlash tariflarini meʼyorlashtirish xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarning mualliflik bosma tabogʻi hajmiga muvofiq, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonlari uchun alohida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi guruh tomonidan bajariladigan xizmatlarga haq toʻlash ishchi guruh aʼzolari bilan tuziladigan fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh aʼzolari xizmatiga haq toʻlash masalalari boʻyicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan ishchi guruh aʼzolariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ishchi guruh aʼzosi
Maʼlumoti boʻyicha talablar
Malakasi boʻyicha talablar
1.
Tarjimon
Tarjimon quyidagi uchta talabdan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:
1. Tarjimonlik, filologiya yoʻnalishlari(mutaxassisliklari) boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega chet tili va ona tilini mukammal biladigan oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr.
2. Mazkur yoʻnalish boʻyicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega olim-mutaxassis.
3. Tarjimon huquqiga ega (sertifikat yoki boshqa rasmiy hujjat bilan tasdiqlangan) boʻlgan, chet tilini IELTS-6.0va undan yuqori darajada(shu jumladan, boshqa chet tillaridan tarjima qilishda muvofiq daraja nazarda tutiladi)biladigan (tasdiqlovchi hujjat bilan) mutaxassis.
Tarjimon tarjima predmetini har ikkala til vositalarida oson ifoda qila oladigan, til xususiyatlarini biladigan va uni tarjimada toʻlaqonli amalga oshira oladigan boʻlishi hamda quyidagi malaka talablaridan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:
1. Professional tarjimon yoki professional xorijiy til filologi malaka talablariga javob beradigan mutaxassis.
2. Chet tilini oʻzlashtirishning Umumevropa xalqaro standarti boʻyicha kamida V2+ yoki S1 darajasida biladigan yuqori malakali, ogʻzaki va yozma tarjima yoʻnalishida tajribaga ega boʻlgan mutaxassis.
3. Respublikada yoki xorijiy mamlakatlarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik (sohalar boʻyicha) matnlarni tarjima qilish tajribasiga ega, tarjimalari rasmiy matbuotda, ilmiy va ommabop nashrlarda chop etilgan va tan olingan mutaxassis.
4. Chet el oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati yoki magistraturasini bitirgan yoxud kamida 2 yil davomida PhD dasturi boʻyicha oʻqigan yoki malakasini oshirgan mutaxassis.
2.
Muharrir
Muharrir quyidagi talabdan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:
1. Fan, taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi.
2. Mazkur yoʻnalish boʻyicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan soha mutaxassisi.
Muharrir quyidagi malaka talabidan kamida bittasiga loyiq boʻlishi lozim:
1. Tegishli fan yoki turdosh oʻquv fanlaridan kamida 5 yil dars berib kelayotgan professor yoki oʻqituvchi.
2. Sohani mukammal biladigan, ilmiy maqola, oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlab nashr qilgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yoʻnalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
3.
Ekspert
Sohaga oid taʼlim muassasasi, ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassis (rahbar).
Sohani mukammal biladigan, sohaga oid respublika va jahondagi tendensiyalardan xabardor boʻlgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yoʻnalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan ishchi guruh aʼzolari mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARIFLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mualliflik tabogʻi — 40 000 bosma belgilarga, grafik materialni (rasmlar, diagrammalar, jadvallar, musiqa notalari va hokazolar) nashr etishda 3000 kv. santimetrga teng boʻlgan nashr etiladigan asar hajmini oʻlchash birligi. Harflar, tinish belgilari, raqamlar va boshqalar hamda soʻzlar oʻrtasidagi har bir oraliq bosma belgilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh aʼzolari mehnatiga haq toʻlash ish tugallangandan soʻng, nashrga tavsiya etilgan hajmdan kelib chiqqan holda belgilangan tariflarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar asosida haq toʻlash amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)