OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
NAVOIY VILOYATINING QAYTA TASHKIL ETILISHI BILAN BOGʻLIQ TASHKILIY MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Navoiy viloyatini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-yanvardagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlari Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 1992-yilning 15-martigacha belgilangan tartibda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar yuzasidan boʻlinish vedomostlarini rasmiylashtirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilsinlar.
2. Navoiy viloyati hokimi bir oy muddat ichida Navoiy viloyati hokimligining tegishli qoʻmitalarini, boshqarmalarini, boʻlimlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini shakllantirish va toʻldirishni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Navoiy viloyati hokimi bilan kelishuvga koʻra, belgilangan tartibda Navoiy shahrida ilovaga muvofiq viloyat tashkilotlarini tuzsinlar, shuningdek, tasarruflaridagi tashkilotlarni zarur transport, mebel, jihozlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlasinlar.
4. Navoiy viloyati davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari haq toʻlash shartlari boʻyicha viloyatlarning II guruhiga kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Navoiy viloyati hokimi huzuridagi apparatni, tasdiqlangan tuzilmaga koʻra uning qoʻmitalarini, boshqarmalari va boʻlimlarining xodimlari sonini va ular uchun mablagʻ ajratish masalasini hal qilsin.
6. Navoiy viloyati hokimiga hokimlikning, uning qoʻmitalari, boshqarmalari va boʻlimlarining avtotransportini saqlash uchun garaj tashkil qilishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilgan avtotransportni saqlash uchun zarur limit ajratsin.
7. Navoiy viloyati hokimi oʻn kun muddat ichida Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga zarur mebel, tashkiliy texnika, jihozlar, asbob-uskunalar va avtotransport uchun limitlar ajratish yuzasidan tegishli hisob-kitoblar bilan talabnomalarni taqdim etsin.
Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi bir oy muddat ichida taqdim qilingan talabnomalarni koʻrib chiqsinlar va ularga muvofiq limitlar ajratsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Umumiqtisodiyot kompleksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-fevral,
88-son
NAVOIY VILOYATIDA TUZILADIGAN VILOYAT TASHKILOTLARINING
ROʻYXATI
Mahalliy budjet hisobidan
Navoiy viloyati hokimi huzuridagi apparat
Viloyat taraqqiyotni belgilash hamda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va iqtisodiyotni muvofiqlashtirish boshqarmasi
Sogʻliqni saqlash boʻlimi
Ijtimoiy taʼminot boʻlimi
Shaharsozlik va meʼmorchilik boshqarmasi
Xalq taʼlimi boshqarmasi
Kapital qurilish boshqarmasi
Mehnat, ish bilan bandlik va aholini himoya qilish boshqarmasi
Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi
Madaniyat boshqarmasi
Viloyat davlat arxivi
Respublika budjeti hisobidan
Adliya boshqarmasi
Viloyat sudi
Viloyat moliya boʻlimi
Viloyat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi
Viloyat fuqarolik holati hujjatlarini yozish (ZAGS) boʻlimi
Viloyat hakamlik sudi
Viloyat soliq boshqarmasi
Viloyat notarial idorasi
Viloyat davlat nazorati qoʻmitasi
Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
Fuqaro mudofaasi shtabi
Ichki ishlar boshqarmasi
Viloyat prokurori
Viloyat harbiy komissarligi
Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi
Xoʻjalik hisobida turuvchi birlashmalar, boshqarmalar va boʻlimlar
Savdo boshqarmasi
Maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish birlashmasi
Avtomobil transporti ishlab chiqarish birlashmasi
Avtomobil yoʻllari ishlab chiqarish birlashmasi
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi birlashmasi
Nashriyot, matbaa va kitob savdosi boshqarmasi
Yoʻllardan foydalanish boshqarmasi
Neft mahsulotlari ishlab chiqarish birlashmasi
Aloqa ishlab chiqarish birlashmasi
Hududiy moddiy-texnika taʼminoti birlashmasi
Viloyat statistika boshqarmasi
Gazlashtirish boʻyicha ishlab chiqarish boshqarmasi