Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TARKIBIDA NAVOIY VILOYATINI QAYTADAN TIKLASh HAQIDA
Mehnatkashlarning koʻp sonli murojaat va istaklarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq nohiyalari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi nohiyalarini kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Navoiy shahri viloyatning maʼmuriy markazi qilib belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Buxoro va Samarqand viloyat Kengashlarining qaytadan tiklanayotgan Navoiy viloyati hududida joylashgan okruglardan saylangan deputatlari xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining deputatlari boʻladilar.
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi tiklangan Navoiy viloyati davlat hokimiyatining muxtor vakillik idorasi deb hisoblansin.
2. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-yanvar,
535-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 209-modda)