05.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3065
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3065]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. ISROILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport tadbirlari — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlar (xalq sayillari, festivallar, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar, koʻrgazmali chiqishlar)ni oʻtkazish maqsadida sport inshootlarida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport jamoalari — ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat ommaviy sport tadbirlariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasining hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan jamoalar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport tadbiri tashkilotchilari — oʻz tashabbusi bilan sport tadbiri oʻtkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda oʻtkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs(lar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport tadbiri ishtirokchilari — ommaviy sport tadbirlari tashkilotchilari, sport jamoalari, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ommaviy sport tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda tegishli vazirliklar deb yuritiladi) va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish talablariga muvofiq tegishli ruxsatnoma olinganidan soʻng boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ommaviy sport tadbirlari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ommaviy sport tadbirlari jarayonlari videotasvirga tushirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi jamoalarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ommaviy sport tadbirida ishtirok etuvchi sport jamoalari hakamlar hayʼatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda sport jamoasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan talabnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta polisi (ishtirokchining xohishiga koʻra).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichlarida avvalgi bosqichlarda ishtirok etgan sport jamoalarining tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichiga yoʻllanma olgan sport jamoasidagi oʻquvchi sogʻligʻi sababli keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emasligi toʻgʻrisidagi tibbiyot muassasasining xulosasi hakamlar hayʼatiga taqdim etilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi sport jamoalari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga, musobaqa oʻtkazilayotgan vaqtda jamoat tartibi va intizomiga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkiliy qoʻmitalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona uslubiy yondashuvni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport jamoalarining ommaviy sport tadbirlariga kelishi bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishi yuzasidan ishlarni tashkillashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda hakamlar hayʼatlari tarkibi tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hakamlar hayʼatlari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan gʻoliblarni aniqlaydi va ommaviy sport tadbirlari yakunlarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Musobaqa natijalaridan norozi boʻlgan sport jamoalari musobaqa natijalari eʼlon qilingandan keyin 2 kun davomida tegishli vazirliklar hamda ularning hududiy boʻlinmalari buyruqlari bilan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼatlari tarkibida boʻlmagan kamida uchta mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda sport jamoalari ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tomonidan sportchining musobaqadagi natijalari hakamlar hayʼati tomonidan toʻgʻri qoʻyilganligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror 24 soat ichida sport jamoasiga yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (taʼlim muassasasi bosqichi) — umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda (shahar) joylashgan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademik litsey, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (akademik litsey va professional taʼlim muassasasi bosqichi) — akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda joylashgan barcha akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan barcha oʻquvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻzi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasasining jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga murojaat qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ommaviy sport tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan oʻquvchilardan sport jamoalarini shakllantiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasalarida birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sport jamoalari keyingi bosqichga yoʻllanma olishadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblarini aniqlash va musobaqalarini yakunlash shartlari har bir ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan musobaqa nizomida belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Musobaqa nizomi sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplom, medal va kuboklar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

___________________(F.I.O.)

20______ yil “___”_________

Sport jamoasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan

TALABNOMA

T/r

F.I.O.

Tugʻilgan yil, oy, kun

Oʻquvchi qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasasi nomi

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki professional taʼlim muassasasi shifokorining xulosasi

Oʻquvchining 3x4 sm oʻlchamdagi fotosurati

1.

2.

3.

Zaxira

1.

2.

Sport jamoasi rahbari va trenerlar roʻyxati

1.

2.


Musobaqada ishtirok etuvchi oʻquvchilar soni: ____________

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey

yoki professional taʼlim muassasasi shifokori:____________ ___ (F.I.O., imzo)

Jamoa bosh treneri: __________ ____ (F.I.O., imzo)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3065/1849-son; 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/3065-2/1020-son; 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son; 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)