O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3065]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ISROILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
10-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy sport tadbirlari — 100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida sport musobaqalarini, o‘quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlar (xalq sayillari, festivallar, milliy namoyishlar va o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmali chiqishlar)ni o‘tkazish maqsadida sport inshootlarida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
sport jamoalari — ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat ommaviy sport tadbirlariga tayyorlanish va ularda O‘zbekiston Respublikasining hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan jamoalar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
ommaviy sport tadbiri tashkilotchilari — o‘z tashabbusi bilan sport tadbiri o‘tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda o‘tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs(lar);
ommaviy sport tadbiri ishtirokchilari — ommaviy sport tadbirlari tashkilotchilari, sport jamoalari, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 17-noyabrdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-4, 24.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ommaviy sport tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi (bundan buyon matnda tegishli vazirliklar va idora deb yuritiladi) va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq tegishli ruxsatnoma olinganidan so‘ng boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ommaviy sport tadbirlari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
4. Ommaviy sport tadbirlari jarayonlari videotasvirga tushirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi jamoalarga qo‘yiladigan talablar
6. Ommaviy sport tadbirida ishtirok etuvchi sport jamoalari hakamlar hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda sport jamoasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan talabnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quvchining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
sug‘urta polisi (ishtirokchining xohishiga ko‘ra).
7. Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichlarida avvalgi bosqichlarda ishtirok etgan sport jamoalarining tarkibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichiga yo‘llanma olgan sport jamoasidagi o‘quvchi sog‘lig‘i sababli keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emasligi to‘g‘risidagi tibbiyot muassasasining xulosasi hakamlar hay’atiga taqdim etilgan hollar bundan mustasno.
8. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi sport jamoalari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga, musobaqa o‘tkazilayotgan vaqtda jamoat tartibi va intizomiga amal qilishlari lozim.
3-bob. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, hakamlar hay’atlari, apellyatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
10. Tashkiliy qo‘mitalar:
ommaviy sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona uslubiy yondashuvni ta’minlaydi;
hakamlar hay’atlari, apellyatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
sport jamoalarining ommaviy sport tadbirlariga kelishi bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishi yuzasidan ishlarni tashkillashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish uchun tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda hakamlar hay’atlari tarkibi tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
12. Hakamlar hay’atlari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan g‘oliblarni aniqlaydi va ommaviy sport tadbirlari yakunlarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Musobaqa natijalaridan norozi bo‘lgan sport jamoalari musobaqa natijalari e’lon qilingandan keyin 2 kun davomida tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy bo‘linmalari buyruqlari bilan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
14. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hay’atlari tarkibida bo‘lmagan kamida uchta mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda sport jamoalari ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tomonidan sportchining musobaqadagi natijalari hakamlar hay’ati tomonidan to‘g‘ri qo‘yilganligiga baho beriladi va uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Qaror 24 soat ichida sport jamoasiga yetkazilishi lozim.
4-bob. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish
15. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich (ta’lim muassasasi bosqichi) — umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda (shahar) joylashgan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
to‘rtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Akademik litsey, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi bosqich (akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkiloti bosqichi) — akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda joylashgan barcha akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
uchinchi bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi;
to‘rtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘zi tahsil olayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkilotining jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga murojaat qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ommaviy sport tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan o‘quvchilardan sport jamoalarini shakllantiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sport jamoalari keyingi bosqichga yo‘llanma olishadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ommaviy sport tadbirlarining g‘oliblarini aniqlash va musobaqalarini yakunlash shartlari har bir ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirliklar va idora tomonidan tasdiqlangan musobaqa nizomida belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Musobaqa nizomi sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
22. Ommaviy sport tadbirlarining g‘oliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplom, medal va kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishlari mumkin.
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan.
Xalq ta’limi vaziri Sh. SHERMATOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
2018-yil 9-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ___________________(F.I.O.) 20______ yil “___”_________ | |||||
Sport jamoasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan TALABNOMA | |||||
T/r | F.I.O. | Tug‘ilgan yil, oy, kun | O‘quvchi qatnashayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkiloti nomi | Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkiloti shifokorining xulosasi | O‘quvchining 3x4 sm o‘lchamdagi fotosurati |
1. | |||||
2. | |||||
3. | |||||
Zaxira | |||||
1. | |||||
2. | |||||
Sport jamoasi rahbari va trenerlar ro‘yxati | |||||
1. | |||||
2. | |||||
Musobaqada ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni: ____________ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy ta’lim tashkiloti shifokori:____________ ___ (F.I.O., imzo) Jamoa bosh treneri: __________ ____ (F.I.O., imzo) | |||||
(ilovaning matniO‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3065/1849-son; 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/3065-2/1020-son; 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son; 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)