Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021 02.09.2018 yildagi PQ-3927-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tugatishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarida investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa resurslarni birlashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar faoliyati sohasidagi eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv tadbirlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi uchun platformalar tashkil etish hisobiga yanada rivojlantirish borasidagi, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari (startaplari)ni qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etishda, shu jumladan yuqori malakali chet el mutaxassislarini jalb etishda texnik ko‘makni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning Agentlik direktori tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Jamg‘armaga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish, kripto-aktivlar aylanmasini va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida tuziladigan yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ustav kapitali (ustav fondi)dagi aksiya va ulushlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ko‘chmas mulk obyektlari, transport vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan o‘quv tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, iqtidorli talabalar va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun stipendiya va grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida jalb etiladigan yuqori malakali chet el mutaxassislari xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) ular bilan tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini quyidagilarda bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutgan holda “yo‘l xaritasini” ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlarning investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishini, davlat organlarida to‘lov intizomiga rioya etilishini nazorat qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim va madaniyat sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda, shuningdek, ajratilayotgan budjet mablag‘larining taqsimlanishini monitoring qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan idoralararo hamkorlikda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kadastrlari, reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini yuritishda, shu jumladan ularga kiritilgan axborotning dolzarbligini ta’minlash va undan foydalanishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitali (ustav fondi)da davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan yirik tijorat tashkilotlarida, shu jumladan biznes jarayonlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy menejment va resurslarni boshqarishni joriy etish maqsadida korporativ boshqarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va moliya sektorlarida tranzaksiya operatsiyalarini, shu jumladan kliring operatsiyalari, elektron to‘lovlar, sug‘urtalash, savdoni moliyalashtirish (akkreditiv) va loyihalarni kreditlashni monitoring qilishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni tanlash mezonlari, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik shartlari Kengash tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalar Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik Agentlik direktori lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan direktor rahbarligidagi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan jalb etiladigan grantlarga texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobiga amalga oshirish uchun nazarda tutiladigan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish tartibi tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘armaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va ularning rasmiy dilyerlari (distribyutorlari) bilan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va amalga oshirilayotgan loyihalar uchun zarur uskunalar, texnika va materiallar, ehtiyot qismlari, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlarni yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish va ularga Agentlik bilan kelishilgan miqdorda ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lashga;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan qo‘llamaslikka ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik (D.R. Li):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Jamg‘armaning ta’sis hujjatlari, ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jamg‘armaning faoliyatini tashkil etish, shu jumladan mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar 2021-yil 1-iyulga qadar muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma, yagona ijtimoiy to‘lov va to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan, Jamg‘arma tomonidan uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamg‘arma tomonidan o‘z faoliyati, shu jumladan amalga oshirayotgan loyihalar doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ularni oluvchi tomonda yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasini Agentlikka beg‘araz o‘tkazish hamda uning nomini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasining faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasining belgilangan tartibda Agentlikka o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining buyurtmanomalariga binoan Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida jalb etiladigan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘arma Toshkent shahri, I. Karimov ko‘chasi, 1-uyga beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3927-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3927-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori, Kengash raisi

A.A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

M.P. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari

M.B. Nurmuratov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi

Sh.M. Sadikov

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

P.R. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

A.Y. Haydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

J.O. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

F.Z. Ibragimov

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” MChJdirektori

lavozimi bo‘yicha

“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi direktori, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3927-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan, jumladan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatining tashkiliy masalalari to‘g‘risida”gi F-5137-son farmoyishi rus tilidagi matnining 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ispolzovat sredstva, postupayuщiye v vide blagotvoritelnix pojertvovaniy na scheta v kommercheskix bankax, na priobreteniye tovarno-materialnix tsennostey, osuщestvleniye remontno-stroitelnix rabot, oplatu konsultatsionnix uslug i prochix rasxodov v sootvetstvii so spetsialnim poryadkom, opredelyayemim Agentstvom, v ramkax vipolneniya vozlojennix na nego zadach, v tom chisle dlya sobstvennix nujd;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaklyuchat kontrakti na zakupku tovarov (rabot, uslug) s postavщikami tovarov (rabot, uslug) ili ix ofitsialnimi dilerami (distribyuterami) na osnove otbora nailuchshix predlojeniy, a takje osuщestvleniye oplati avansovix platejey v razmerax, opredelyayemix v kontraktax (dogovorax)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3833-son qarori rus tilidagi matnining 3-bandi “, za isklyucheniyem obyektov GUP “Sentr radiosvyazi, radioveщaniya i televideniya” i AK “Uzbektelekom” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 07/18/3927/1824-son, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)